4-jadval
Dehqon xo’jaliklari faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari(2003-2012 yy.)*
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
Qishloq xo’ja-lik mahsuloti,mlrd so’m
|
2559,5
|
2867,8
|
3689,4
|
4698,7
|
5959,7
|
7367,3
|
8504,6
|
10468,9
|
13453.2
|
15474,2
|
Ekin maydoni,ming ga
|
421,2
|
433,3
|
441,9
|
454,8
|
458,0
|
466,7
|
472,8
|
471,5
|
462,4
|
467,7
|
Shu jumladan:
Donli ekinlar
|
198,5
|
200,0
|
208,2
|
216,8
|
217,4
|
222,3
|
222,3
|
217,6
|
213,7
|
214,9
|
Texnika ekinlari
|
7,8
|
10,4
|
10,1
|
9,7
|
8,9
|
7,8
|
8,0
|
8,0
|
5,4
|
5,7
|
Kartoka va sabzavot –poliz ekinlari
|
153,5
|
157,9
|
160,4
|
165,7
|
168,7
|
173,4
|
177,6
|
187,3
|
191,5
|
201,6
|
Ulardan:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kartoshka
|
43,6
|
45,1
|
45,0
|
46,7
|
47,4
|
49,6
|
51,4
|
54,3
|
57,0
|
60,5
|
Sabzavot
|
94,0
|
97,4
|
99,4
|
102,9
|
104,6
|
105,0
|
105,9
|
112,6
|
114,8
|
118,1
|
Poliz ekinlari
|
15,8
|
15,3
|
15,8
|
16,1
|
16,6
|
18,8
|
20,3
|
20,4
|
19,7
|
23,0
|
Ozuqa ekinlari
|
61,4
|
64,9
|
63,2
|
63,6
|
63,1
|
63,2
|
65,0
|
58,6
|
51,8
|
45,5
|
Qishloq xo’ja-lik mahsulot-lari ishlab chiqarish,ming tonna
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Don(ishlovdan keyingi vaznda)
|
973,8
|
1020,8
|
1118,5
|
1175,6
|
1242,3
|
1308,4
|
1277,4
|
1278,8
|
1306,5
|
1361,5
|
Kartoshka
|
751,2
|
803,5
|
850,8
|
898,1
|
1004,4
|
1166,8
|
1241,2
|
1346,4
|
1449,4
|
1552,8
|
Sabzavot
|
2321,9
|
2577,9
|
2716,0
|
2818,0
|
3081,4
|
3470,0
|
3669,2
|
4086,2
|
4465,7
|
4977,1
|
Poliz ekinlari
|
331,7
|
351,3
|
376,5
|
392,7
|
411,3
|
506,0
|
517,5
|
566,6
|
619,3
|
664,2
|
Go’sht (tirik vaznda
|
878,0
|
937,9
|
1002,4
|
1078,3
|
1147,4
|
1223,2
|
1300,1
|
1389,2
|
1481,6
|
1583,9
|
Sut
|
3865,7
|
4127,6
|
4409,2
|
4709,1
|
4949,7
|
5250,2
|
5582,2
|
5927,8
|
6494,6
|
7008,5
|
Tuxum,mln.dona
|
873,1
|
1000,6
|
1165,8
|
1278,1
|
1383,3
|
1500,8
|
1657,0
|
1775,5
|
1875,5
|
2113,7
|
Jun(fizik vaznda),ming tonna
|
13,5
|
14,7
|
16,0
|
17,3
|
18,5
|
19,7
|
20,7
|
22,0
|
24,2
|
26,8
|
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari. Toshkent 2013 yil
Unda dehqon xo’jaligidagi ekin maydonlari va ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ham natura, ham qiymat shaklida ko’payib borayotganligini ko’rish mumkin.
Tayanch iboralar:
Ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, iste’mol, mulk, xususiylashtirish, davlat tasarrufi, mehnat kollektivi, kooperativ, yollanma xodim, yordamchi xo’jalik, ijara, dividend, konsern, agrokonsorsium, aksiya.
Savollar
1.Mulk nima ?
2.Mulk qanday kategoriya?
3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkning qanday shakllari mavjud?
4.Mulkni xususiylashtirish tartiblari qanday?
5.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish qanday amalga oshiriladi?
6.Xo’jalik yuritish shakllari nima?
7.Ijtimoiy-iqtisodiy tarkib deganda nimani tushunasiz?
8.Fermer xo’jaliklari qanday tartibda tuziladi?
9.Fermer xo’jaligini shirkat, dehqon va boshqa qishloq xo’jalik korxonalaridan farqi nimada?
10.Fermer xo’jaligi namunaviy ustavini mazmunini ayting.
11.Fermer xo’jaligi qanday yerlarda tashkil etiladi?
12.Fermer xo’jaliklarini eng minimum o’lchamlarini ayting.
13.Qanday yerlarda fermer xujaliklari tashkil etilmaydi?
14.Fermer xo’jaligi qanday tartibda soliqqa tortiladi?
15.Fermer xo’jaligininger maydonini maqbullashtirish deganda nima tushuniladi?
16.Dehqon xo’jaligi nima?
17.Dehqon xo’jaligini tashkil etish zaruriyati nimadan iborat?
18.Dehqon xo’jaligini tashkil etish tamoyillari qaysilar?
19.Dehqon xo’jaligi mulkini kim tasarruf etadi?
20.Dehqon xo’jaligi zarur ishlab chiqarish vositalarini kimdan va qaysi mablag’ hisobiga oladi?
21.Dehqon xo’jaligining iqtisodiyotdagi roli qanday?
5-BOB.QISHLOQ XO’JALIGIDA RESURSLAR POTENSIALINING SHAKLLANISHI. MEHNAT RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH
«Har bir ilm ichida, uning o’rganadigan bir narsasi bo’ladi. Bu narsalar ikki tur bo’ladi: birinchisi, borlig’i bizning harakatimizga bog’liq bo’lgan narsalar va ikkinchisi, bizning harakatimizga bog’liq bo’lmagan narsalar. Avvalgisiga bizning qilmishlarimiz misol bo’lsa, ikkinchisiga yer, osmon, hayvon va o’simliklar misol bo’ladi.»
Abu Ali ibn Sino
«...insonning qadr qiymati o’z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iborat: shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o’rni mehnat bilan belgilanadi, inson o’z orzusiga mehnat tufayli erishadi»
Abu Rayxon Beruniy
1.Resurslar potensialining iqtisodiy mohiyati va uning tarkibi
Qishloq xo’jaligi boshqa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari qatori insonning har tomonlama ehtiyojini qondiradigan iste’mol qiymatlar yaratish maqsadida resurslarga bo’lgan ta’sirini ifodalaydi. Bu jarayonni amalga oshirish kompleks obyektiv va subyektiv ishlab chiqarish omillaridan foydalanishni talab qiladi. Ular inson mehnati, mehnat vositalari va mehnat predmetlaridan tashkil topadi.
Fanda ma’lumki, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari qanday bo’lishidan qat’iy nazar, ishchi va ishlab chiqarish vositalari uning doimiy omillari bo’lib qoladi.
Mehnat vositalariga, inson mahsulot olish maqsadida mehnat predmetlariga ta’sir etuvchi, ishlab chiqarishning moddiy elementlari kiradi.
Mehnat predmetlariga, ishlab chiqarish jarayonida, inson mehnati qaratilgan va inson tomonidan kerakli yo’nalishda o’zgartiriladigan, ishlab chiqarishning moddiy elementlari kiradi.
Shu bilan birga, inson, mehnat vositalari va mehnat predmetlari faqat imkoniyat jihatdan ishlab chiqarish omillari hisoblanadi. Umuman ishlab chiqarish uchun ular birlashishlari kerak. Ishlab chiqarish jarayoniga mehnat vositalarini jalb qilib va ular yordamida mehnat predmetlariga ta’sir etib, inson ishlab chiqarish yoki shaxsiy iste’mol uchun foydalaniladigan mahsulot yaratadi.
Moddiy ishlab chiqarish jarayoni uning omillarining mexanik birligini emas, balki organik birligi va bog’liqligini, pirovard natijada, ma’lum bir mahsulotning tarkibi, hajmi va sifati bo’yicha ishlab chiqarish omillari transformasiyasini ifodalaydi.
Qishloq xo’jaligida inson, mehnat vositalari va predmetlari bilan bir qatorda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yer va suv faol ishtiroq etadi. Qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi yerning sifatiga, uning unumdorligiga va suv bilan ta’minlanganligiga bog’liq. Bu esa o’z navbatida qishloq xo’jaligi tarmoqlarining samaradorligini oshirishga sharoit yaratadi.
Inson mehnati, yer, suv, mehnat vositasi va mehnat predmeti qishloq xo’jaligida mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiruvchi zaruriy sharoit va omillardir, binobarin uning resurslaridir. Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari–mehnat, yer, suv va moddiy resurslar-qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish jarayonida foydalaniladi va uning salohiyatini (potensialini) tashkil etadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari, sifat jihatdan bir-biridan farq qilsa ham, ularning bir qator umumiy tomonlari mavjud:
-ishlab chiqarish jarayonida qatnashishning potensial imkoniyatlariga va ularni iste’mol qilishning unumli xarakteriga ega. Mos ravishda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish resurslari ishlab chiqarish jarayoniga kirmaguncha alohida-alohida bo’ladi. Jarayon boshlangandan keyin birlashadi;
-jamiyat iqtisodiy rivojlanishining har bir etapida hajm va tarkib jihatdan chegaralanish xarakterlidir; Demak, xulosa shuki, mahsulot yaratishda qatnashadigan elementlarning hammasi ham, ishlab chiqarish resurslari bo’lavermaydi. Misol uchun, havo ishlab chiqarish jarayonida bevosita va faol qatnashadi, lekin u iqtisodiy ma’noda ishlab chiqarish resursi hisoblanmaydi, chunki u nazariy hamda amaliy jihatdan olganda chegaralanmagan. Shu bilan birga, har bir ma’lum davrda ishlab chiqarish resurslarining chegaralanganligi, jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishi darajasini, absolyut emas balki nisbiy jihatdan xarakterlaydi. Ishlab chiqarish resurslarning nisbiy chegaralanganligi, ba’zi hollarda kamyobligi, bir tomondan, ulardan ancha intensiv va samarali foydalanishni, boshqa tomondan bir resursni boshqa resurs bilan almashtirish, ularning bir-birini o’rnini qoplash imkoniyati zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yerlarning unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishga kompleks mexnizasiya va avtomatlashtirishni qo’llash mehnat resurslari va boshqalar kamyobligini to’ldirishga yordam beradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayoni ishlab chiqarish resurslarini iste’mol qilish bilan xarakterlanadi. Bu esa ularni takror ishlab chiqarish lozimligini bildiradi. Har bir resurs turiga mos ravishda ma’lum takror ishlab chiqarish manbai mos keladi. Masalan, mehnat resurslarining manbai mehnatga yaroqli aholi, asosiy vositalarining manbai - kapital mablag’lar, moddiy oborot vositalarining manbai - mahsulot sotishdan tushadigan pul va boshqalar.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida muhim omil mehnat resurslaridir. Shuning uchun jami ishlab chiqarish qurollari ichida, eng qudratli ishlab chiqaruvchi kuch ishchilarning o’zi. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ishtirok etish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar to’plamini ifodalaydi. Mehnat resurslariga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda band bo’lgan kishilardan tashqari, ma’lum bir sharoitda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida qatnashish imkoniyatiga ega bo’lgan kishilar, ya’ni mehnat zahiralari ham kiradi. Mehnat resurslarining eng harakatchan va bir vaqtning o’zida sosial faol qismi ish kuchidir. U kishining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarining yig’indisidir. Bundan ko’rinadiki, mehnat resurslari shunday holatda ish kuchiga aylanadiki, qachonki kishining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlari mehnat jarayonida ro’yobga chiqsa. Shuning uchun "mehnat resurslari" tushunchasi "ish kuchiga" nisbatan keng va ko’p qirralidir. Fan-texnikaning rivojlanish jarayonida, ishlab chiqarishda mehnat resurslarining, ish kuchining roli o’sib boradi. Mashina ishchining ayrim vazifalarinigina o’rniga almashadi, lekin insonni to’liq almashtira olmaydi, chunki inson ishlab chiqarish vositalarini o’zlashtirib, o’zining qobiliyatini rivojlantira borib, tabiat va jamiyat qonunlaridan o’z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish jarayonida mashinani yaratgan.
Lekin qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining, inson mehnatining roli qanchalik buyuk bo’lmasin uni tabiat kuchlari bilan almashtirib bo’lmasligi, jumladan yer resurlarisiz ro’yobga chiqmasligini bildiradi. Qishloq xo’jaligi yer resurslari deganda, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xususiy mulk sifatida, egalik qiluvchi va foydalanuvchi yer maydonlari tushuniladi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining moddiy asosi sifatida yer resurslari ishlab chiqarishning umumiy omili bo’lib, tarmoqdagi boshqa ishlab chiqarish resurslarini birlashtirish uchun moddiy baza hisoblanadi. Chunki yer qishloq xo’jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hamda mehnat predmeti hisoblanadi.
Yer resurslari bilan bir qatorda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida muhim omil bo’lib suv resurslari hisoblanadi. Suv uglekisliy gaz bilan organik moddalar hosil bo’lish fotosintez jarayonida qatnashib, o’simlik organizmi uchun material hisoblanadi. Bundan tashqari, suv ozuqa moddalarni eritadi va ularni o’simlik tomonidan o’zlashtirishni amalga oshiradi, qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi shakllanishiga imkoniyat yaratib beradi.
Yer resurslaridan keyin ishlab chiqarishning moddiy elementlaridan hisoblangan moddiy resurslar turadi. Moddiy resurslar inson tomonidan yaratilgan bo’lib ikkiga bo’linadi:
1.Asosiy vositalar
2.Moddiy aylanma vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: |