Iqtisodiy xavfsizlik - iqtisodiy xavfsizlik deganda, mamlakatdagi ishlab chiqarishning shunday holatini tushunish kerakki, qaysiki, unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va iqtisodiyotning mustaxkam rivojlanishi tashqiomillarning mavjudligi va harakatiga bog’liq bo’lmagan holda, ta’minlanadi.
Kapitallashuv foizi — yerlardan iqtisodiy-xo’jalik maqsadlarida foydalanish orqali olingan foydani normativ qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan ko’rsatkich.
Kapital quyilmalar - qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar deb harakatdagi asosiy vositalarni tiklashga va kengaytirishga yo’naltirilgan pul vositalariga aytiladi. Kapital qo’yilmalar - bu potensial asosiy vositalar bo’lib, ular ma’lum obyektlarni foydalanishga topshirilgandan keyin asosiy vositalarga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |