O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov qishloq xo’jaligi



Download 1,75 Mb.
bet15/196
Sana16.06.2021
Hajmi1,75 Mb.
#68203
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   196
Bog'liq
qishloq xo'jalik iqtisodiyoti (копия)

To’rtinchidan, bozorgina jamiyatdagi mavjud va o’zgaruvchan bo’lgan talabni o’rganish imkonini berib, avvalam bor bozor mexanizmlari orqali tovar ishlab chiqaruvchilarni bozor aniqlagan talabni qondirishga yo’naltiradi.

Beshinchidan, faqatgina tovar-pul munosabatlari va bozorning rivojlanishi tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasida va ularning o’zlarida iqtisodiy aloqalarning demokratlashuviga kafolat bera oladi. Ishlab chiqarish resurslarini, ulgurji savdosiga o’tmay turib va ishlab chiqarish vositalari bozorini yuzaga keltirmay hamda tovar ishlab chiqaruvchilarga mavjud resurslardan xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish uchun erkin foydalanishiga yo’l ochmay turib na o’zi o’z harakatlarini, mablag’ bilan qoplashni va na o’zi o’zini mablag’ bilan ta’minlashni yuzaga keltirib bo’lmaydi.

Qishlok xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari keng erkinligi mavjud bo’lgan va bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda davlat rejalashtirishi faqatgina iqtisodiy omillar orqali ta’minlanadi.

Bozor o’zining rag’batlantiruvchi va tartibga soluvchi faoliyatini raqobatsiz yuzaga keltira olmaydi. Raqobat bozor iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo’lib, unda g’olib kelish uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, tovar sifatini oshirish, tovar sotilishini xaridor uchun qulaylashtirish ko’zda tutiladi, aks holda tovarlarni sotishdan yuqori foyda olib bo’lmaydi. Bozor iqtisodiyotini rivojlantirishning bosh sharti bo’lib, kishloqda bozor iifratuzilmasini shakllantirish hisoblanadi.

Bozor infratuzilmasi ko’p qirrali tizimlardan tashkil topib, ularning tarkibi quyidagilardan iborat:



1.Tadbirkorlarni tayyorlash va o’qitish (ixtisoslashgan liseylar, hunar texnika maktablari va bilim o’choqlari, biznes markazlari, biznes inkubatorlari, ixtisoslashgan teleradio ko’rsatuv va eshittirishlari, matbuot).

2.Xususiy tadbirkorlarni hisobga olish va ro’yxatga olish (hokimiyatlar, tadbirkorlar palatasi, statistika va audit muassasalari).

3.Moliya-kredit tizimi (tijorat banklari, xususiy banklar, ixtisoslashgan banklar, xususiy investisiya jamg’armasi, davlat sug’urta tizimlari, xycyciy sug’urta kompaniyalari, o’zaro kredit ta’minoti jamiyatlari, lombardlar).

4.Ulgurji-dallolchilik bo’g’inlari (qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi, O’zmevasabzavotuzum-sanoatxolding, mahsulotni tayyorlash, ulgurji savdo qilish assosiasiyalari tizimlari, dehqon bozorlari, ulgurji savdo tizimlari, ulgurji savdo do’konlari, konsignasiya omborlari).

5.Birja bozorlari (jamg’arma, ko’chmas mulk, tovar xom-ashyo birjalari bo’linmalari, doimiy faoliyat ko’rsatuvchi yarmarkalar, auksionlar).

6.Agroxizmat bozori (qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tizimidagi, O’zqishloqxo’jaliktexnikataminotta’mir, O’zkimyota’minotxizmat, texnika lizingi, nav sinash muassasalari, urug’chilik, naslchilik).

7.Xizmat bozori (maishiy xizmat, yangi turdagi xizmatlar, maxsus birja notarial shohobchalari, advokatura shahobchalari, konsalting va injiniring xizmati muassasalari, loyiha hisob-kitob markazlari, reklama va malumotlar markazi, notarial xizmati, ilmiy-tadqiqot sinov markazlari, lizing kompaniyalar).

8.Transport ta’minoti (avtotransport korxonalari, yuk tashish mashinalari egalari, yuk mashinalari egalari ittifoqi (uyushmalari), temir yo’l shahob­chalari).

9.Tashqi iqtisodiy aloqalarni ta’minlash, tashqi iqtisodiy aloqalar agentligining hokimiyatlar qoshidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bo’limlari, Davlat mulk qo’mitasining hududiy boshqarmalari qoshidagi tashqi iqtisodiy faoliyat bo’linmalari, tadbirkorlar ittifoqining bo’lim yoki bo’linmalari.

Bugungi kunda qishloq infratuzilmasini rivojlantirish birinchilar qatorida yechilishi zarur vazifalardan hisoblanib, bu yo’nalishda respublika hukumati tomonidan maishiy xizmat sohalari bilan bir qatorda, bank va sug’urta tashkilotlari, xarid qiladigan ulgurji savdo bozorlari, fermer va dehqon xo’jaliklarini ta’minlaydigani do’kon va firmalarning rivojlantirilishiga katta e’tibor berilmoqda.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ayirboshlashda tovar birjalarining o’rni katta. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotish tovar birjalari - bu muntazam ravishda faoliyat qiluvchi o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini xarid qilish va sotish bo’yicha kelishuvlarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotidir.

Amaliyotda birjalar alohida don, sabzavot, paxta, tamaki, pilla va universal tovar birjalari holida ham faoliyat qiladilar. Bu birjalarning a’zolari bo’lib davlat, jamoa xo’jaliklari, shirkatlar, fermer xo’jaliklari, ijara xo’jaliklari, yakka holda fao­liyat yurituvchi fuqarolar va banklar qatnashishi mumkin. Birja orqali tovar ayirboshlash uchun tovar ishlab chiqaruvchilar albatta birja a’zosi bo’lishi shart emas, faqat bu holda kelishuvlar birjaga teng a’zo bo’lgan korxonalarga topshiriladi va oldi-sottidan foizli ulush to’lanadi. Aholining qishloq xo’jaligi mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirish maqsadida mamlakatlararo va hududiy auksion va yarmarkalar tashkil etiladi.


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish