Nаzоrаt sаvоllаri
1. Antropometrik ko’rsatkich dеgаndа nimаni tushunаsiz
2. Ish joyi tushunchаsigа izоh bеring
3. O’tirib bajariladigan ishlarning ijobiy vа sаlbiy tomonlari
4. Ish o’rinlarida ishlovchilarning kuch imkoniyatlari va maqbul
harakat yo’nalishini hisobga olinishi.
6.3. Ish o’rnini takomillashtirish muammolari
Ishchining orqa еlka tomonini ushlab turuvchi kuch ta’siri
bo’lmasa, bu kuch tananing yuqori tos suyagiga tushib, quymich
nervida shishni olib keladi). Oqibatda inson tos suyagida oldinga
sirg’alib ko’chadigan va gavdani orqa tomonga tortgan holda
ag’darib, tos suyagi mushaklarini sustlashishi natijasida keskin
buruvchi aylanma vujudga keladi.
Bunday davr orqa qism tayanchini ma’lum miqdorda
neytralizatsiya qilib qo’yishi va yuqori darajadagi ishqalanish
koeffisiеnti bilan o’tiruvchi organlarga ta’sir ko’rsatishi mumkin (13
-
rasm). Kuch vaqtining zid ta’siri, ya’ni tos suyakdagi harakatlanish
va shu bilan birga ishda, mehnat holatini saqlash katta miqdordagi
muskullarni o’z ichiga oladi. Zero, bunday pozani uzoq vaqt saqlab
turish odamni charchatadi(o’tirish holatini saqlab turuvchi muskullar
muvozanat rejimida ishlaydi), shuning uchun ishchi o’z tanasini
oldinga joylashtirishga majbur, ya’ni imkon qadar tana ustki qismi
sof og’irligi va tayanch ta’sirining sof kuchi imkon qadar harakat
chizig’iga yaqinroq turishi kerak.
Buni ikki xil yo’l bilan bajarish mumkin. Birinchi vaziyatda orqa
qism to’g’ri holatda qolib, bo’yinning egilgan joyi (umurtqa burilishi
old tomonga) saqlanib qoladi va ishlayotgan inson o’tirib ishlash
holatini, to’g’ri,- deb tan olingan va qad-qomatga mos ravishda o’zi
uchun o’zlashtirib oladi (16
-
rasm
)
.
92
16-rasm . O’rindiq profilini umurtqa suyagi holatiga ta’siri: a-
yassi o’rindi; b-egri shaklli o’rindiq
Bunday poza bir qancha ijobiy tomonlarga egа, u faqatgina
estetik emas, balki bo’yinning egilgan qismini saqlash, bosim va ikki
umurtqa gardishi nisbatan katta emasligi bilan ahamiyatlidir. Biroq,
bu darajadagi pozada muskullar faolligi deyarli yuqori bo’lgani
uchun
poza
charchashni
keltirib
chiqaradi.
Uning
asosiy
kamchiliklaridan biri: ish ko’zdan ish yuzasigacha juda katta
miqdordagi masofani, ya’ni ish jarаyonida mayda detallar, o’qish va
yozishda qiyinchiliklar tug’diradi.
Ishlovchi kuch markazini tanasining old tomonga qarab, ya’ni
ish yuzasiga ko’zini yaqinlashtirgan holda egаdi va taxminan
bo’yinning egilgan tomoni ustida joylashgan holda (taxminan, 17-
rasmda ko’rsatilib o’tilgandek) bukiladi. Ko’pincha, aynan shu
holatda ishlatiladi. Bunday darajada muskullarning ko’pchiligini
faolligi pasayadi. Biroq, bel dumg’azasi harakatining kuchi o’sishi
mumkin. Bundan tashqari tananing muayyan holatida ikki umurtqa
gardishida paydo bo’ladigan salbiy nagruzka vujudga keladi.
Ikki umurtqa gardishi ikkita vazifani bajaradi: tayanch va
yurishda yoki yugurishda еrga qo’yilgan oyoq joylashuvining zarba
nagruzkasini yumshatish uchun, tebranishni pasaytiruvchi tana
qismlarini yuqorisida joylashgan og’irlikni ushlab turuvchilardir. Har
bir gardish tolasimon halqadan, o’zakdan va kemirchak plastinadan
iborat bo’lib, gardish tana umurtqasini tutashmasi orqali ajratiladi.
SHuning uchun ham gardishda , o’zak pulpasi “do’ppaytirish” va
ichki gardish bosimini o’stirish yo’li bilan sof kuchni ajratish orqali
deformasiya yuzaga keladi.
93
17-rasm. Kurak muskulari EMGsi tik holat (a) va tana sal egilshan
holat (b): 1-trapetsiyasimon mushak; 2-kurakning keng mushagi; 3-
umurtqani to’g’rilovchi o’ng mushak; 4-umurtqani to’g’rilovchi chap
mushak
O’tirib ishlash holati umurtqa gardishining orqa va old qismlari
nagruzkasini bir tekisda tarqatishga imkon yaratadi, bu bosimni
konsentrasiyalaydi.
Ichki gardishda bosimning o’ta ko’tarilib ketishi xavfli
hisoblanadi; ular gardishni muddatidan oldin еmirilishiga olib keladi
va osteoxondroz va buning natijasida radikulit, ishias va hokazolarni
vujudga keltiradi.
18-rasmda turli turdagi egri umurtqa qozig’i egilishini qanday
o’zgartirishni ko’rsatib bergan- turgan holatdan (poza A) oldinga
egilishda bel lordozi deyarli yo’qolib ketadi. Bu dalillar,
rengenogramma orqali olingan bo’lib, dumg’aza qismidagi umurtqa
qozig’iga mos tushib, bir-birini ustini qoplaydi. Bel umurtqasining
serqiltiq organlari orqali rasmda ko’rsatib o’tilganidek, urinma olib
borilmoqda. Ko’rinib turibdiki, o’tirishning bir qancha holatlarining
ko’rinishlari yo’q bo’lib ketmoqda.
O’tirgan holatda ishlash holatida bel lordozini saqlash darajasi,
faqatgina kreslo tuzilishiga emas, balki tana holatiga, jumladan, tizza
bo’g’imlaridagi oyoqni qayirishga ham bog’liqdir. SHundan kelib
chiqqan holda, ikki bo’g’inli son yuzasining bir qancha muskullari:
ular son suyagining oxirigacha-yonboshdagi bellar va tizzalarni
mustahkamlaydi. Orqa son yuzasi muskullari еtarli darajada yaxshi
ishlamaydigan odamlarda (bu oyoqlar to’g’irlashda oldinga
94
chuqurroq egilishni aniqlashtirishi mumkin) o’tirgan holatda gavdani
holatida tizza bo’g’inlaridagi to’g’ri oyoqlar bel lordozini saqlashi
mumkin. O’tirgan holatda tanani ushlab turishda ichki gardishga
ta’sir ko’rsatuvchi ko’pchilik omillar, kresloda o’tirish va gavdaning
o’tirgan holatda ushlab turishning turli variantlarida ikki umurtqa
gardishi bosimini taxminiy aniqlash uchun belgilangan mexanik-
matematik modellarni tuzishga va hech bo’lmasa uni baholashni
tashkillashtirishga olib keladi. O’lchov uskunasi va mikrokompyuter
yordamida o’lchangan(kuch o’lchov asbobi, shu bilan birga
tirsakqo’ygich o’rnatilgan datchik) uslub ishlab chiqarish sharoitida
ham qo’llanilishi mumkin. Hisob-kitoblar natijasi bir-necha
soniyalarda ma’lum bo’ladi.
18-rasm. Umurtqa suyagini turli gavda holatida turlicha egilishi
O’tirish jihozining qo’layligi tananing pastki qismlarining qon
aylanish tizimiga ham ta’sir ko’rsatadi. Ko’p hollarda sonning pastki
qismida keraksiz yuqori bosim bo’lgan taqdirda yuz beradi(bunda
95
ko’pincha kalta oyoqli insonlar bezovtalanadilar, chunki ularni
oyoqlari polga еtmasdan keragidan ortiq darajada polga intiladilar).
Sonning orqa tomonidagi bo’g’imlardagi qon tomirlari, son
suyaklarining qattiq yuza qismida еngil siqiladi. Sonning bu joyida
joylashgan sust muskullar tizimi tomirlarni siqilishini oldini
ololmaydi. Bunga isbot sifatida tana pastki organlaridagi va sonning
yumshoq qismidagi qon aylanishining yomonlashuvi o’rtasidagi
ijobiy bog’liqlik keltirib o’tsak bo’ladi, bundan tashqari old tomonga
egilishning iloji bo’lmagan o’tirg’ichning old tomoni qismlari ham
misol bo’la oladi(hech bo’lmasa, qoplamaning old tomoni eskirgan ).
Ish kreslolarining antropometrik o’lchovlari inson tanasining
o’lchoviga mos tushushi lozim. Ular uch yo’nalish bo’yicha
o’lchanadi: vertikal, bo’ylama (sagittal) va ko’ndalang (frontal) (19-
rasm).
19-rasm. O’tirgan odamning vertikal, sagital va frontal
antropometrik o’lchamlari
Har xil materiallarda va tajriba ishlari so’rovnomalarida o’rindiq
balandligida foydalanishning har xil variantlari berilgan. Jumladan,
standartlashtirish bo’yicha Xalqaro tashkilot (ISO) o’rindiq
balandligi 460 mmga teng bo’lishini maslahat beradi. Boshqa
mualliflar esa bu o’lchov 350... 500 mm bo’lishi kerakligini
ta’kidlaydilar. Idora o’rindiqlarida esa bu o’lchov 420... 470 mm da
o’rnatilishi lozim, maktabda ishlaydiganlar uchun esa 440...450 mm
bo’lishi lozim. O’z-o’zidan ma’lumki, tanasi har-xil o’lchovda
96
bo’lgan insonlar uchun o’rindiqlar ham aynan ularga moslashtirilishi
kerak. Maktab o’quvchilari uchun esa stullar ularni uchtasidan birini
uzunligiga mos tushushi va bu o’lchov 400...600 mmni tashkil etishi
lozim. Eng to’g’ri variant shundan iboratki, o’rindiq balandligi oyoq
kaftidagi boldir uzunligidan oshmasligi kerak (tizza ostidagi
chuqurcha balandligi).
Do'stlaringiz bilan baham: |