O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

 
Nazorat savollari 
1.
Terrorizm va terrorchilik xarakatlari qanday tushunchalar? 
2.
Terrorizmning qanday turlari mavjud? 
3.
Terrorizmning salbiy illatlari nimalardan iborat? 
4.
Xalqaro terrorizmning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat? 


415 
5.
O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash 
to’g’risidagi” qonunning moxiyatini tushintirib bering? 
6.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro terrorizimga qarshi olib 
borayotgan siyosatlari nimalardan iborat?
 
 
17. YONG’IN XAVFSIZLIGI ASOSLARI 
17.1- Yong’in xavfsizligini ta’minlash choralari. Yong’in ofati, 
uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va 
ularning xususiyatlari.
Tеxnоlоgik jаrаyondа pоrtlаydigаn, оsоn yonib kеtаdigаn hamda 
bоshqа yong’in uchun xаvfli mоddаlаr vа mаteriаllаr ishlаtilаdigаn 
yoki sаqlаnаdigаn оb’еktlаrdаgi, оdаmlаrning mеxаnik vа termik 
shikаstlаnishigа, zаharlаnishigа vа o’limigа, аsоsiy ishlаb chiqаrish 
fоndlаrining nоbud bo’lishigа, fаvqulоddа vаziyatlаr hududlаridа 
ishlаb chiqаrish muhitining vа оdаmlаr hаyotining buzilishigа оlib 
kеlаdigаn аvаriyalаr, yong’inlаr vа pоrtlаshlаr.
56-jadval 
Yong’inning kеlib chiqish sаbаblаri 
ijtimоiy 
Insоn оlоv vа еngil yonuvchi buyumlаrdаn 
fоydаlаn- gаndа 
tехnоlоgik 
Mаshinа vа uskunаlаrni nоsоzligi, ishdаn 
chiqishi, mаtеriаl vа mоddаlаrning qаytа ishlаsh 
tехnоlоgiyalаr tаkоmillаshtirilmаgаnidа 
tаbiiy 
Tаbiiy tusdаgi fаvqulоtdа vаziyatlаrdа 
bоshqаlаr 
Tа’lim, tаrbiya vа turli sinоv ishlаrini оlib 
bоrish kаbilаrdа 
 
Hozirgi vaqtda yong’inlar inson uchun eng xavfli tabiiy ofatlar 
qatoriga kirib bormoqda, chunki yong’indan keladigan zarar juda 
katta miqdorni tashkil qilishi bilan birga inson hayotiga ham tahdid 
soluvchi omillardan biriga aylanib qolmoqda. 
Yong’in
– bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo’ladigan va 
katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz 
yonish jarаyonidir. 


416 
Ob’ektning yong’in xavfliligi
deganda, ob’ektning yong’in sodir 
bo’lishi mumkin bo’lgan holati va yong’inning oqibatlari 
tushuniladi. 
71 - rasm. Yong’in sodir bo’lishi mumkin bo’lgan оb’еkdаgi 
аvаriyalаr 
Ob’ektning yong’in xavfsizligi
deganda, belgilangan me’yorlar va 
talablar asosida ob’ektda yong’in sodir bo’lish xavfi hamda uning 
xavfli va zararli faktorlarini inson hayotiga ta’siri cheklangan, 
ob’ektdagi materiallar to’liq himoyalangan holati tushuniladi. 
Yong’in vaqtida sodir bo’ladigan turli xil xavfli va zararli 
omillar ta’sirida material boyliklar nobud bo’lishi va baxtsiz 
hodisalar ruy berishi mumkin. Yong’inning xavfli va zararli
omillariga asosan qo’yidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, 
atrof-muhitning va yong’inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, 
yonish vaqtida hosil bo’ladigan turli xil zaharli gaz va bug’lar, 
tutunlar, kislorodning kam konsentrasiyada bo’lishi, qurilish 
konstruktsiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, 
yong’in vaqtida sodir bo’ladigan portlash, portlashdagi to’lqin
zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar va zararli 
moddalar va b. 
Yonishda asosan uch omil muhim rol o’ynaydi: yonuvchi modda,
yondiruvchi muhit va qizdirish jarаyoni.
Yonish hususiyatiga qarab – 
gomogen
va 
geterogen
bo’lishi 
mumkin.
Gomogen yonishda yonuvchi moddalar bir xil agregat xolatida 
bo’ladi. Geterogen yonish qattiq va suyuq moddalarning yonishi.
Yonish alanganing tarqalish tezligi va uning parametriga 
bog’langan holda deflagrasion (10 m/s gacha), portlovchi (100m/s) 


417 
va detonasion (1000m/s) bo’ladi. Yong’in asosan deflagrasion 
xolatda o’tadi.
Yonish jarаyonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo’lish 
mumkin: 
-
chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o’chishi. 
bunda yonishning davom etishi uchun aralashma tayyor-lanishining 
imkoniyati yo’q; 
-
qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi; 
-
alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi;
-
o’z-o’zidan yonish-moddalar ichida asosan organik mod-dalarda 
ro’y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan 
qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o’z-o’zidan yonib ketishi; 
-
o’z-o’zidan alangalanish o’z-o’zidan yonishning alanga bi-lan 
davom etishi; 
-
portlash-o’ta tez yonish kimyoviy jarаyonining bosim va 
energiya hosil qilish bilan o’tishi. 
Republikamiz hududida 200 dan ortiq portlashga va yong’inga 
xavfli inshootlar mavjud. Demak, Respublikamiz hududida 
yong’inga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilash eng muhim 
omillardan biri hisoblanadi. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish