«Halokatlar tibbiyoti» xizmatining tashkil etilishi va uning
vazifalari.
Halokatlar tibbiyoti xizmatini tashkil etishda quydagi
ta’moillarga asoslanadi:
halokatlar
tibbiyoti
xizmati
falokat
о‘choqlarida
shikastlanganlarni maksimal darajada qutqarish;
halokatlar tibbiyoti xizmatiga samarali rahbarlik qilish
(zamonaviy aloqa va boshqa vositalarni qо‘llash);
bosqichma-bosqich tibbiy yordamni kо‘rsatishda saralashni
tashkil etish;
shikastlangan aholini tibbiy evakuatsiyasini amalga oshirish;
tez tibbiy yordam xizmati kuchlarini yaratadigan davolash-
muhofasa muassasalarini kerakli ta’minot bilan ta’minlash
(tibbiy ashyolar, texnika-uskunalar va boshqalar).
Halokatlar tibbiyoti xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga tez tibbiy yordam
xizmatini kо‘rsatish, bu xizmatning kuch va vositalarini
shakllantirish;
tez tibbiy yordam xizmati kuchlari va vositalarini tayyorgarligini
oshirish;
halokatlarni oldini oladigan tibbiy tadbirlarni rejalashtirish va
amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam, birinchi tez
shifokor yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordam
kо‘rsatish usullarini qо‘llash.
Falokat va halokatlarda tibbiy yordam kо‘rsatishni tashkil etishda
halokatning miqyosi va sanitariya talofotining hajmiga qarab
belgilanadi. Albatta tabbiy ofat yoki katta ishlab chiqarish
avariyalardan sanitariya talofoti katta miqyosida bо‘lganda, buning
oqibatlarini tugatishda maxsus yondoshuvlar talab etiladi. Jumladan,
432
bunday holatlarda jabrlanganlarga iloji boricha talofot о‘chog‘ining
о‘zida yoki unga yaqin bо‘lgan joyda tibbiy yordam kо‘rsatilishi
lozim bо‘ladi.
Katta miqyosidagi favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordamni
tashkil etishda quyidagi ishlar bajariladi:
shikastlangan о‘choqlarni tibbiy razvedka qilish;
jabrlanganlarni qidirib topish va ularni qutqarish;
jabrlanganlarni saralash;
jabrlanganlarni evakuatsiya qilish;
tibbiy yordam berish va davolash.
Shikastlangan о‘choqlarni razvedka qilishda – aholini soni, tibbiy
xizmat kuchlari va vositalarining soni, talofot darajasi, yо‘llar va suv
manbalarining mavjudligi, hamda ularning ahvoli haqidagi
ma’lumotlar olinadi.
Jabrlanganlarni qisqa vaqt mobaynida (bir necha soatdan – bir
sutkagacha) qidirib topish va qutqarish talab etiladi, hamda iloji
boricha ularning hayotini saqlab qolish omillari bajariladi. Bu
omillarning bajarilishida qutqaruv tizimlaridan tashqari, о‘t
о‘chiruvchilar, jamoat tartibini saqlovchi, harbiy qismlarning
xodimlari hamda kо‘ngilli fuqarolar bajaradilar.
Jabrlanganlarni saralash tibbiy xizmatining asosiy vazifasi
hisoblanadi. Saralash – tibbiy yordamning hajmini, turini, hamda
yordam kо‘rsatishning keyingi bosqichlarini hisobga olib,
jabrlanganlarni transportlarda tashish imkoniyatlari va navbatini
aniqlaydi.
Jabrlanganlarni evakuatsiya qilish – talofot olganlarning
shikastlangan о‘choqlardan olib chiqish, ularga tibbiy yordam
kо‘rsatish, hamda davolash uchun tibbiyot muassasalariga olib borish
tadbirlaridan iborat. Bunda tibbiy hisobga olish varaqasi tо‘ldiriladi
va yaradorlarni transport vositalari (temir yо‘l, avtomobil, suv va
havo yо‘li) yordamida evakuatsiya qilinadi.
Davolash muassasalariga keltirilgan saralangan jabrlanganlarga
malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordamlar kо‘rsatiladi.
Shunday qilib shikastlangan о‘choqda qolgan jabrlangan aholi
tibbiy yordamning hamma turlari bilan: birinchi tibbiy yordam,
433
birinchi shifokor yordami, malakali va ixtisoslashgan tibbiy yordami
birin ketin kо‘rsatiladi.
Birinchi tibbiy yordam.
Shikastlangan о‘choqlarda talаfot olgan
fuqarolarga shu joyning о‘zida hayotiy kо‘rsatkichlarga muvofiq
kо‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tushuniladi. О‘z vaqtida va
tо‘g‘ri kо‘rsatilgan birinchi tibbiy yordam shikastlangan odamning
hayotini saqlab qoladi va salbiy oqibatlar rivojini oldi olinadi.
Albatta bu yerda favqulodda vaziyatning shikastlovchi omillarni
tо‘xtatish (suvdan olib chiqish, yonayotgan kiyimlarni о‘chirish,
yonayotgan, gazga tо‘lgan uylardan olib chiqish va boshqalar)
choralarni kо‘rgan holda xatti-harakat qilish kerak.
Talаfot olgan kishini tibbiy kо‘rikdan о‘tkazishda shifokor
quyidagi tartibdagi tekshiruvlarni о‘tkazadi:
Og‘iz bо‘shlig‘i va yuqori nafas yо‘llarini tekshirish (og‘izni
begona narsalardan tozalash);
Nafas olish harakatlarini tekshirish (о‘pkaga sun’iy nafas berish
va yurakni bevosita uqalash);
Qon tomirlari butunligini aniqlash (qon tomirlaridan oqayotgan
qonni tо‘xtatish, ayniqsa arterial tomirlardan);
Yurak-qon tomir tizimini tekshirish (tomir urishini);
Sezgi a’zolarini tekshirish;
Shikastlangan kishini nutqini tekshirish.
Birinchi tibbiy yordam berishning eng qisqa vaqti – shikastlangan
vaqtdan boshlab 30 minggacha, nafas olishi tо‘xtagan bо‘lsa 5-7
minutgacha amalga oshirilishi lozim. Zaharlangan hududlarda 30
minut ichida birinchi tibbiy yordam kо‘rsatilsa, ularning umumiy
ahvolining og‘irlashuvi ikki barobarga kamayadi.
Demak, jarohat olganlarga tibbiy yordam kо‘rsatish vaqti
nihoyatda muhim
hisoblanadi.
Ma’lumotlar
kо‘rsatishicha,
jarahotlanganlarga bir soat mobaynida yordam kо‘rsatilmasa о‘limga
sabab bо‘lish 30 %ga, 3 soatgacha yordam kо‘rsatilmasa 60 % va 6
soatgacha yordam kо‘rsatilmasa 90 %gacha ortadi.
Birinchi tibbiy yordamni jarohat olgan kishining о‘zi yoki uning
yonida bо‘lganlar (aholi, san drujinachilar yoki fuqaro muhofazasi
hodimlari) kо‘rsatadi.
434
Birinchi shifokor yordami
–
jarohatning jabrlanganlar hayotiga
bevosita xavf soluvchi oqibatlarini bartaraf qilish, jarohat
infeksiyasini yanada rivoj topishining oldini olish maqsadida
shifokorlar bajaradigan davolash – muhofaza omillaridan iborat.
Bunday yordamni umum shifokorlik tayyorgarligi bо‘lgan va
ixtisoslik jaroh shifokorlari kо‘rsatadi. Birinchi shifokor yordamini
kо‘rsatish vaqti jarohat olgan vaqtdan boshlab 3-6 soat hisoblanadi.
Tibbiy yordamning bu turini hamma ixtisoslikdagi shifokorlar
bilishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |