O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Nаzоrаt sаvоllаri 
1.
Odam tanasi qanday hollarda jarohat oladi? 
2.
Odam tanasining mexanik tolerantligi nima? 
3.
Odam tanasining mexanik tolerantligi aniqlash nima uchun 
nisbiy xarakterga ega? 
4.
Mexanik zo’riqishlar odam tanasiga etish shkalasi necha 
gradatsiyaga ega? 
5.
Odam tanasining mexanik tolerantligi aniqlashning qanday 
usullari mavjud? 
6.
Jarohatlarni kamaytirish uchun qanday tadbirlarni amalga 
oshirish kerak? 
 
18.3. Respublikada tibbiy xizmatining tashkil etilishi, uning 
asosiy vazifalari.
Ma’lumki, sobiq Ittifoq davrida favqulodda vaziyatlar yuz 
berganda jabrlanganlarga tibbiy xizmat kо‘rsatish tizimi о‘zining 
samarasizligini kо‘rsatdi. Buning asosiy sababi, bir tomondan tez 
tibbiy yordam kо‘rsatish bilan tibbiy ta’minot (sog‘liqni saqlash 
muasasalarining kuch va vositalari) imkoniyatlari о‘rtasidagi 
nomutanosiblikning barcha sog‘liqni saqlash tizmlarida yuzaga 
kelishi bо‘lsa, ikkinchi tomondan esa, tinchlik davrida bо‘ladigan 
tabiiy ofatlar, yirik avariya va halokatlar oqibatida talofot olganlarga 
tibbiy yordam kо‘rsatish yetarli tashkil etilmaganligidandir. Mana 
shu kamchiliklar natijasida sanitariya talofoti ommaviy tusga kirib, 
katta miqyosidagi ham moddiy, ham ma’naviy zararlarni keltirib 
chiqargan hamda atrof-muhitni izdan chiqishiga olib kelgan. Bunday 
kamchiliklarni 
tugatish 
maqsadida 
mamlakatimizda 
Birinchi 
Prezidentimizning 1998 yil 10 noyabrdagi Farmoniga muvofiq 1999-
2005 yillarda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishga mо‘ljallangan 
dastur qabul qilinib, unda «Halokatlar tibbiyoti» xizmatini tashkil 
etish kо‘zda tutilgan. Dasturda tez tibbiy yordam xizmatini 
rivojlantirishga katta e’tibor berilgan. Shularga asoslangan holda, 
Toshkent shahrida Shoshilinch Tibbiy yordam Davlat Ilmiy Markazi 
(ShTYoDIM) tashkil etildi. О‘z navbatida respublikaning barcha 
viloyatlarida ham ShTYoDIMning filialllari tashkil etilib, ular 
ShTYoDIM tarkibiy qismlarini tashkil etadi. Bu markazda asosan 


430 
reanimatsiya-jarrohlik 
va 
reanimatsiya-intensiv 
davolash 
muolajalarini bajaradi. ShTYoDIM va uning mintaqavi filiallari 
tarkibiga tez tibbiy yordam va sanitar aviyatsiyasi xizmatlari kiradi.
ShTYoDIM huzuridagi tez yordam xizmatida 2 ta bо‘linma:
1 – tez yordam xizmati (doimiy brigadalar); 
2 – maxsus yordam xizmati (reanimatsiya brigadalari) faoliyat 
kо‘rsatadi.
Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy vazifasi shikastlangan 
о‘choqlarda avariya-qutqarish ishlarini olib borish hamda tibbiy-
sanitariya ta’minoti samaradorligini oshirish hisoblanadi. Ya’ni uning 
bosh maqsadi - shikastlanganlarni iloji boricha kо‘p qutqarishdir.
Halokatlar tibbiy xizmati, amaldagi tibbiy xizmatning kuch va 
vositalaridan samarali foydalanadi, u uch tarkibiy qismdan tashkil 
topadi. Birinchi qismga – boshqaruv tizimi, bu tizim respublika 
darajasida faoliyat kо‘rsatib, u sog‘liqni saqlash vaziri boshchiligida 
turli vazirlik va idoralar vakillaridan tashkil topgan idoralararo 
muvofiqlashtiruvchi hay’atdan iborat. Mahalliy darajadagi bunday 
hay’atlarga, sog‘liqni saqlash boshqarmalari va mahalliy 
bо‘limlarning rahbarlari boshchilik qiladi.
Boshqaruv tizimlari favqulodda vaziyat yuz bergan vaqtdan ish 
boshlab to uning oqibatlari tо‘liq bartaraf etilguncha faoliyat 
kо‘rsatadilar.
Halokatlar tibbiy xizmatining ikkinchi tarkibiy qismini – 
amaldagi tez tibbiy yordam tizimi tashkil etadi. Halokatlar tibbiy 
xizmatining 
asosiy 
bо‘g‘inini 
kechiktirib 
bо‘lmaydigan 
ixtisoslashgan 
tibbiy 
yordam 
xizmati 
(1-bosqich), 
hamda 
ShTYoDIM, va uning mintaqaviy filiallari va tuman markaziy 
kasalxonalari (2-bosqich) tashkil etadi. Bunda ShTYoDIM – saralash 
– evakuatsiya gospitallari tarzida, tuman markaziy kasalxonalari esa 
– ixtisoslashgan kasalxonalar sifatida faoliyat kо‘rsatadi.
Halokatlar tibbiy xizmatining uchinchi tarkibiy qismini – 
ixtisoslashgan xizmatlar tashkil etib, u doimo tayyor turadigan 
maxsus tuzilmalarni о‘z ichiga oladi. Bunday tuzilmalarga: ikkinchi 
bosqichni kuchaytirishga mо‘ljallangan ixtisoslashgan shoshilinch 
tibbiy yordam brigadalari; 1-bosqichni kuchaytirishga mо‘ljallangan 
shoshilinch tibbiy yordam brigadalari kiradi. Bu tuzilmalar asosan 


431 
о‘rtacha halokatlar sodir bо‘lganda faoliyat kо‘rsatadi. Katta 
halokatlar yuz berganda zaxirada qolgan, ixtisoslashgan kо‘chma 
gospitallar ishga solinadi.
Halokatlar tibbiy xizmatining asosiy yо‘nalishlaridan biri aholiga 
birinchi tibbiy yordam kо‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda 
xatti-harakat qoidalarini о‘rgatishdan iborat.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish