O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Avtomobil yollardagi avariyalar
 
ham katta fojiali hodisalarni 
keltirib chiqaradi.


343 
63 - rasm.Аvtоmоbil trаnspоrtdаgi аvаriya
Bunday ofatlar yuz berishining bir qancha sabablari bor: 
-
yo’l qoidalarining buzilishi; 
-
avtomobilni texnik nosozligi; 
-
tezlikning haddan tashqari yuqori bо’lishi;
-
avtomobil haydovchining etarli malakaga ega bо’lmasligi; 
-
avtomobilni mast holda boshqarilishi; 
-
avtomobilda xavfli yuklarni tashish va ularni tashish qoidalariga 
rioya qilmaslik; 
-
yo’lovchining to’satdan avtomobil yo’lda paydo bo’lishi.
Avtomobil transportida bо’ladigan ofatlarda jabrlanganlarga 
birinchi navbatda tibbiy yordami kо’satiladi va og’irlari kasalxonaga 
yoki tibbiy yordam kо’rsatish shahobchalariga yuboriladi. Avariyaga 
uchragan avtomobillar tezlikda davlat avtomobil nazoratining maxsus
joyga eltib qо’yiladi. 
Havo yo’llardagi avariyalar
. Aviatsiyada avariyalar kо’pchilik 
hollarda fojialar bilan yakunlanadi. Havo transportlarida bо’ladigan 
favqulodda 
vaziyatlarda 
О’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq «О’zbekiston havo 
yo’llari» milliy aviakompaniyasi va unga qarashli «Avariya-
qutqaruv» va «Qidiruv xizmatlari»ga parvozlar xavfsizligini 
ta’minlash vazifalari yuklatilgan.
Havo yo’llardagi avariyalarni keltirib chiqaradigan sabablar: insonning 
hatosi - 50 - 60%; aviatexnikani biror elementlarning ishlamay qolishi 
- 15-30%; bevaqt ob-havoni о’zgarishi oqibatida - 10 - 20%; boshqa 
sabablar ( aviatexnikaning bir-biri bilan tо’qnashishi yoki еrga, 
qushlarga urilishi oqibatida sodir bо’ladi). 


344 
64 - rasm.Аviаsiyatrаnspоrtdаgi аvаriya 
Aviatsiyadagi avariyalarining ko’pi aerodrom va uning atrofidagi 
hududlarida sodir bo’ladi: aviatexnikani еrdan ko’tarilish paytida – 
30%; kreyser porvozi paytida – 18%; еrga ko’nishga tayyorgarlik 
qilish paytida - 16%; еrga ko’nish paytida – 36%. 
Aviatsiyadagi avariyalarda qutqarish va tuzatish ishlarini 2 
guruhga bо’lish mumkin: 
-
boshqarayotgan ekipaj xodimlari tomonidan kamchilikni tugatish 
ishlari; 
-
еrdagi xizmatchilarning olib boradigan ishlari.
Aviatsiyadagi avariya juda tezlik bilan hal qilinishi lozim. Imkoni 
boricha aviatexnikadagi kamchilikni tо’g’rilash, iloji bо’lmasa darhol 
еrga qо’ndirish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta ekipaj 
komandiri va aerodrom boshlig’i butun mas’uliyatni о’z zimmalariga 
oladilar.
Aviatexnikani qо’ndirish chog’ida qidiruv, avariya-qutqaruv, 
birinchi tibbiy yordami kо’rsatish, evakuatsiya hamda fuqarolar 
muhofazasining boshqa qismlari qatnashadilar. 
Bu xildagi avariyalar еr yuzida tez-tez uchrab turadi. Jumladan, 
О’zbekiston aviatsiyasida ham bunday hodisa rо’y bergan va 
mudhish halokat bilan yakunlangan holatlar mavjud. Masalan, 1979 
yil avgust oyida «Paxtakor» futbol jamoasi a’zolari tushgan samolyot 
Minskka ketayotganda osmonda boshqa samolyot bilan tо’qnashib,
fojia bilan yakunlangan edi. Buni albatta, Respublikada yashovchi 
har bir fuqaro yaxshi biladi. 
1999 
yilda 
Toshkent-Tо’rtkо’l 
yo’nalishidagi 
YAK-40 
samalyotining Tо’rtkо’l aerodromiga qо’nish paytida samolyot 
shassisining ishlamay qolishi oqibatida favqulodda vaziyat yuzaga 


345 
kelib, 2 kishi qurbon bо’lgan va 8 kishi turli darajadagi tan jarohatini 
olgan.

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish