O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o. T. Hasanova, V. V. Zаyniddinоv hayot faoliyati xavfsizligi


Shovqin darajasini meyorlashtirish va o’lchash



Download 7,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/236
Sana23.04.2022
Hajmi7,48 Mb.
#577571
TuriУчебник
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   236
Bog'liq
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma

Shovqin darajasini meyorlashtirish va o’lchash. 
Shovqin 
darajasini me’yorlashtirish – shovqinni insonga salbiy ta’sirini 
kamaytirishga qaratilgan asosiy tadbirlardan biri hisoblanadi. 
Shovqinning inson sog’ligiga ta’siri uning chastotasiga bog’liq
bo’lganligi sababli, har bir shovqin oktava polosasi uchun alohida
ruxsat etilgan shovqin darajasi belgilangan. SHovqinning eng yuqori 
ruxsat etilgan darajasi past chastotalar uchun, past ruxsat etilgan 
darajasi esa yuqori chastotali shovqinlar uchun kabul qilingan. 


196 
Masalan, eng kichik tovush bosimi nazariy va ilmiy ishlar 
bajariladigan ish joylari uchun belgilangan bo’lib, u o’rtacha 
geometrik chastota 8000 Gts bo’lganda 30 dB deb kabul qilingan. 
Eng yuqori tovush bosimi esa doimiy ish joylarida, ishlab chiqarish 
binolari, mashina va traktorlarning kabinalari uchun belgilangan 
bo’lib, u o’rtacha geometrik chastota 63 Gts bo’lganda 99 dB ga 
tengdir. Tonal va impulsli shovqinlarda ruxsat etilgan shovqin 
darajasi keng polosali shovqinga nisbatan 5dB kamaytiriladi. 
Shovqin darajasini aniqlash uchun SHum –1, ISHV-1 markali 
shovqin o’lchagichlardan foydalaniladi. SHovqinni spektr chastotasi 
bo’yicha baholash uchun ASH-2M, AS-3 markali chastotali 
analizatorlar ishlatiladi. Ushbu analizatorlar o’tkazish kengligi 
bo’yicha oktavali, yarim oktavali, 1/3 oktavali va qisqa oktavali 
bo’ladi. Tovush spektrlarini viziual kuzatish (ko’z bilan kuzatish) va
rasmga tushirish maqsadida S-34 va SP-1 spektrometrlari hamda N-
110, N327-3 markali o’zi еzar jihozlar ishlatiladi. 
 
9.7.2. Shovqindan himoyalanish vositalari va usullari.
Shovqindan himoyalanish usullari turlicha bo’lib, u birinchi 
navbatda shovqin manbasiga hamda shovqin darajasiga bog’liq
holda tanlanadi. Shovqinni inson sog’lig’iga va ish qobiliyatiga 
salbiy ta’sirini bir usul orqali bartaraf etish mushkul bo’lganligi 
sababli, amalda kompleks usullardan foydalaniladi. Bunday 
kompleks usul o’z ichiga quyidagi tadbirlarni birlashtiradi: shovqinni 
shovqin manbasida kamaytirish; shovqinni tarqalish yo’nalishini 
o’zgartirish; binolarga akustik ishlov berish; ishlab chiqarish binolari 
va maydonlarining joylashishini rаsiоnаl rejalashtirish; shovqinni 
tarqalish yo’lida kamaytirish. Ushbu usullar ichida shovqinni shovqin 
manbaida kamaytirish eng samarali hisoblanadi. Mashina va 
mexanizmlar shovqinini kamaytirish, detallarni tayyorlash sifatini 
oshirish, kam shovqin hosil qiluvchi materiallardan foydalanish, 
uzatmalarni to’g’ri tanlash, ishdan chiqqan detallarni o’z vaqtida 
almashtirish va shu kabi yo’llar orqali amalga oshiriladi. Masalan, 
dumalash podshipniklarini ishqalanish podshipniklariga almashtirish 
shovqin darajasini 10...15 dB ga, to’g’ri tishli shesternyalarni
shevronli shesternyalarga almashtirish – 10...12 dB ga , zanjirli 


197 
uzatmalar o’rniga ponasimon tasmali uzatmalardan foydalanish – 
10...15 dB ga, tishli uzatmalarni yig’ish sifatini oshirish – 5 - 10 dB 
ga kamaytirishga imkon beradi. Bundan tashqari shovqin darajasini 
kamaytirishda aylanuvchi detallarni balansirlash ham muhim rol 
o’ynaydi. 
Ma’lumki, gazlar va suyuqliklarni quvurlarda harakatlanishi 
natijasida aerogidrodinamik shovqin hosil bo’ladi. Bundan tashqari, 
bunday shovqinlar shamollatkichlar, kompressorlar, nasoslar va ichki 
yonuv 
dvigatellarini 
ishlashi vaqtida ham 
yuzaga 
keladi. 
Aerogidrodinamik shovqinlar gazlar va suyuqliklarni uyurmasimon 
harakati natijasida sodir bo’lganligi sababli, ularni shovqin 
manbasida kamaytirish uncha samara bermaydi. SHu sababli 
bunday shovqinlar darajasi shovqin yo’liga shovqin susaytirgichlar 
o’rnatish orqali kamaytiriladi. 
29 - rasm. Shovqinga qarshi quloqchin 
 
Elektr qurilmalari va mashinalarida elektromagnit xarakterdagi 
shovqinlar yuzaga keladi. Bunday shovqinlar hosil bo’lishining 
asosiy sababi - o’zgaruvchan magnit maydonlari ta’sirida ferromagnit 
massalarning 
titrashi
hisoblanadi. Transformatorlardagi bunday 
shovqinlar paketlarni zich joylashtirish va dempfer (tebranishni 
pasaytiruvchi, 
yutuvchi) 
materiallardan 
foydalanish 
orqali 
kamaytiriladi. 
O’ta kuchli shovqinda ishlovchi qurilmalarni izolyasiyalashda 
tovush kamaytiruvchi ekranlar ishlatiladi. Ishlab chiqarish binolarida 
shovqinni susaytirish yo’llaridan yana biri binolarga akustik ishlov 
berish, binolar va sexlarni to’g’ri joylashtirish hisoblanadi. Tovush 
yutuvchi materiallar sifatida kapron tolalari, porolon, mineral momiq, 
shishatola g’ovak polivinilxlorid kabilar ishlatiladi. Bunday g’ovak 
materiallar o’ta va yuqori chastotali shovqinlarni maksimal darajada 
yutadi va susaytiradi. Agar yuqorida ko’rsatilgan usullar orqali 


198 
shovqin darajasini susaytirish va me’yorlashtirish imkoniyati 
bo’lmasa, shaxsiy himoya vositalari – quloqchin (“naushnik”)lar va 
maxsus tamponlardan foydalaniladi. 

Download 7,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish