6. Ish bo’yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, jun qirqish agregatlarining tuzilishi va (Yuqoridagi rasmlarga asoslangan holda amalga oshiriladi) ish jarayoni ko’rsatiladi.
23-Amaliy mashg‘ulot
Qorako’l qo'zilarini so‘yish texnologiyalari va texnik vositalarini o'rganish.
1. Ishning maqsadi: Qorako’l qo'zilarini so‘g'ish texnologiyalari va texnik vositalarini ning vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash bo’yicha ko’nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: Qorako’l qo'zilarini so‘y'ish texnologiyalari va texnik vositalarini, ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari.
3.Ishni bajarish tartibi:
Qorako’l qo’zilarini suyish va terisiga birlamchi ishlov berish mashinlari va qurilmalari
Qorako’l qo’zilarini suyish va unga birlamchi ishlov berish jarayonlarini maxsus zamonaviy texnika vositalari bilan jixozlangan, na’munaviy loyihalar asosida qurilgan punktlarda potokli usulda tashkil etish mexnat unumdorligini oshiradi, terilarning sifatli bo’lishini ta’minlaydi va ulardagi turli xil defektlarni kamaytiradi, mavsumni qisqa, belgilangan vaqtda bajarilishini ta’minlaydi. Mavsumni markazlashgan qo’zi suyish punktlarida tashkil etish Ayniqsa, yirik fermalarda va xo’jaliklarda mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, mexnatni zamonaviy ilmiy asosda tashkil etishni ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda qoraro’l qo’zilarini suyish va unga birlamchi ishlov berish punktlari mavsumda 10, 20 va 40 ming qo’zi uchun muljallangan maxsus loyihalar asosida ishlab chiqilgan. Bu punktlar uchun texnika vositalari tizimi mavjud (3.9.1-jadval).
3.9.1-jadval
Qoraro’l qo’zilarini suyish va terisiga birlamchi ishlov berish mashina va qurilmalar tizimi
№
|
Mashina yoki qurilma nomi
|
Mashina yoki qurilma rusumi
|
Unumdorligi,
bosh/smena
|
Fizmat kursatuvchi ishchi lar soni, odam
|
O’rnatilgan quvvat, kVt
|
Mashina yoki kuril- maning massasi. kg
|
1.
|
Qo’zilarni suyish va terisini ajratish qurilma si
|
UZKYA-
2500
|
750...2000
|
5...10
|
2,2
|
1700
|
2.
|
Qoraro’l terisini yoglar qatlami va gusht koldiklaridan tozalovchi stanok
|
|
750 ...2000
|
1...2
|
4,8
|
|
3.
|
Qoraro’l terilarini tuzlash qurilma si
|
|
750 ...20 00
|
2...4
|
1,7
|
|
4.
|
Qoraro’l terilarini quritish qurilma si
|
|
750 ...2000
|
2
|
20
|
|
5.
|
Qoraro’l terisini tozalovchi stanok
|
SCHS-2
AOK
|
400 ..900
|
1...2
|
1,2
|
200
|
6.
|
Qo’zilarning ochqoriniga birlamchi ishlov berish kurulmalari tizimi
|
|
500 ...1000
|
1...2
|
1,2
|
|
7.
|
Qoraro’l qo’zilarining koldik mahsulot lariga tanasiga ishlov be- ruvchi qurilma lar tizimi
|
|
500 1000
|
1...2
|
1,2
|
|
Mavsumda 10 ming bosh Qoraro’l qo’zisini suyish va unga birlamchi ishlov berish punkti undagi texnika vositalarining urnatilishi va uning tarkibiy qismlari 3.9.2-rasmda kursatilgan.
Punktda texnologik jarayonlar qo’yidagi tartibda amalga oshiriladi. Keltirilgan qo’zilar transportyor-qo’tonga tushiriladi va undan suyish va qonini oqizish uchun UZKYA transportyoriga uzatiladi. Suyish va qoni oqizilgan qo’zi stolga olinadi, havo puflanadi, teri standart shaklda tilinib kesiladi va terisini olish transportyoriga osiladi. U yerda terisi ajratiladi, terisi tozalanadi va tuzlash bo’limiga yuboriladi. Tuzlash muddati tugagandan keyin quritish bo’limiga o’tkaziladi. Kuritilgan terilar tozalanib tekis taxlanadi va ma’lum muddatga saqlanadi. Keyin terilar saralanadi, markapanib guruxli holda toyla- nadi va qayta ishlash sexiga yoki zavodga junatiladi. Qo’zining tanasi veterinariya-sanitariya nazoratidan o’tkaziladi va uning holati aniqlanib ochqorini va tanasini qayta ishlash mumkinligi aniqlanadi. Keyin qo’zilarning tanasidan uning ochqorini ajratib olinib maxsus qurilma dan tozalanadi, havo puflab shu holda quritiladi. Kuritilgan qo’zi ochqorini tozalanib taxlanadi, tuda holda o’rab toylanadi.
Qo’zining tanasi maydalanib quritiladi va gusht-suyak uni tayyorla- nadi
qo’zilarni joylashtirish va uzatish transportyori; 2-qo’zilarni suyish (UZ- KYa-2500) qurilma si; 3-stol; 4-telejka (TU-300); 5,6-poddonlar (PCH va PDrusumli); 7-saralash stoli; 8-telejka; 9-teri tozalash stanogi 10-terini mezdrlash joyi; 11-chiqindi konteyneri; 12-idish; 13-kuchma veshel ka; 14 kuti, 15-stollar; 16-qo’zi tanasini osish moslamasi 17-sovituvchi shkaf.
UZKYA-2500 qurilma si. Bu qurilma Qoraro’l qo’zilarini suyish va terisini ajratish uchun xizmat kiladi. Qurilma konveyerli bo’lib, har bir ishlab chiqarish joyida ishchilar qo’yidagi operatsiyalarni bajaradi: qo’zilarni transport vositalaridan tushirib joylashtirish va suyishga uzatish; qo’zilarni suyish va qonini oqizish; qonini yigishtirish; qo’zilarning teri ostiga havo bilan damlash, qo’zilarning terisini standart shaklda kesish, terisini ajratish, qo’zilarning tanasini qayta ishlash bo’limiga uzatish, qo’zilarning och kori ni ga havo puflash va boshkalar kiradi. Qurilma tarkibidagi transportyor-kuton suyilgan qo’zilarning qonini oqizish konveyeri, kon tuplash vannasi, qo’zilarni havo bilan damlash va ularni standart shaklda kesish stoli, kompressor stantsiyasi, qo’zilarning terisini ajratish konveyri, qo’zilarning tanasini tashuvchi kirgichli transportyor harakat uzatish mexanizmlaridan tuzilgan. Transportyor-kuton o’z navbatida rama, plankali transportyor, oldi, orka, ichki va yon tomonlaridagi devorli to’siqlar, harakat uzatish mexanizmidan tuzilgan. Ichki devorli to’siqlar har bir otar yoki fermadan kelayotgan qo’zilarni alohida ajratish uchun xizmat qiladi. Transportyor-qo’tonning harakat uzatish mexanizmi elektr dvigateli, reduktor, tasmali uzatmalardan tuzilgan.
4. Ish bo’yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, qorako’l qo'zilarini so‘g'ish texnologiyalari va texnik vositalarini ning vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash (Yuqoridagi rasmlarga asoslangan holda amalga oshiriladi) ish jarayoni ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |