Go’nglarni anaerob achitish. Suyuq go’nglarni zararsizlantirish va utillashtirish maqsadida qayta ishlashning ilg’or usullaridan biri, ularni anaerob (havosiz) achitib biogaz va sifatli, xidsiz organiq o’g’it olishdir. Bir sigir ekskrementidan yiliga 900 m3 atrofida biogaz olish mumkin.
Suyuq go’nglarni anaerob achitish texnologik jarayonining o’zgachaligi - achitish tsikli davomiyligi 5 sutkagacha bo’lgan anaerob sharoitda, +40°S haroratda, biogazlarni zurlab chiqarishda jihozlarning ikki stadiyali ishlash rejimi hisoblanadi.
Qurilma tarkibiga suyuq go’ng uchun nasos, kollektor, maydalagich, isitgich, fekal nasos, vintli nasos, ikki reaktor va gaz saqlagich kiradi. Jihozlarni boshqarish pulьtidan amalga oshiriladi.
Fermadan suyuq go’nglar go’ng qabul qilgich kollektoriga uzatiladi, u yerda NTSI-100 nasosi bilan gomogenlashtiriladi. Gomogenlashtirilgan go’ng IN-50 maydalagichiga uzatilib, u yerda o’simliklarning uzun tolali qo’shilmalari maydalaniladi, so’ng quvur bo’ylab isitgichga o’zatiladi. U yerda go’ng 40°S haroratgacha qarama-qarshi oqadigan issiq suvli quvurlar yordamida qizdiriladi. Isitgichdagi go’ng fekal nasos bilan doimo ara-lashtirilib turiladi va shu tariqa birlamchi (anaerob sharoitda) achish jarayoni bajariladi.
Qizdirilgan go’ng vintli nasos bilan ikkinchi bosqich achitish re-aktorlariga uzatiladi. Reaktor gorizontal tsilindr idish ko’rinishida bajarilgan va ichidagi go’nglarni gomogen holatda bo’lishini ta’minlash uchun mexanik aralashtirgich bilan jihozlangan.
5.10-rasm. Go’nglarni anaerob achitish texnologik sxemasi va jihozlar
komplektining tarkibi. 1-ferma; 2-suyuq go’ng uchun nasos; 3-kollektor; 4-maydalagich; 5-isitgich; 6-fekal nasos; 7-vintli nasos; 8-reaktorlar; 9-gaz yig’gich; 10-qozon
Achish jarayoni anaerob sharoitda bajarilganda, mikroorganizm-larning aktiv harakati natijasida biogaz ajraladi va suvli aylanma nasos yordamida gaz yig’gichga so’rib olinadi. Go’ngning achigandan qolgan qismi reaktorni yuklash vaqtida to’kish sifoni orqali o’zi oqib go’ng qabul qilgichga chiqariladi. Go’ng qabul kilgichdan go’ng NTSI-100 nasosi yordamida go’ng saqlagichga organiq o’g’it sifatida foydalanish uchun uzatiladi.
"Kobos-1" bioenergetik kompleksini sinash natijalari ishlov berilgan go’ngdagi organiq moddalarning tarqash darajasi 30 dan 60% gacha bo’lishini, yovvoyi o’tlar urug’larining o’nib chiqishi to’liq yo’qolishini, gelьmintlar tuxumlarining yashovchanligi 14% gacha kamayishini ko’rsatdi. Biogaz chiqish miqdori go’ngga ishlov berish ish unumi sutkada 12,5 m3 bo’lganda 150 m3 ni tashkil qildi. Ishlov beriladigan go’ngning namligi 90...96% tarkibidaga organiq moddalar miqdori esa 80% (quruq moddalar) tashkil qilishi kerak. Jihozlar 25x40 m maydonda joylashadi. Ularning ayrim qismlari (reaktorlar, isitgich, nasos) ochiqda joylashadi, ular oynali toladan iborat Issiqik izolyatsiyasi va alyuminiy varaqlardan iborat tashqi g’ilof bilan jihozlangan. Qolgan jihozlar blok-konteynerlarda joylashgan.
Yirik Chorvachilik ferma va komplekslarida go‘ngga ishlov berishning qo’yidagi tizimi qo‘llaniladi (96-chizma). Go’ng saqlash xandag‘idan uni fraksiyalarga ajratuvchi qurilma (vibrogroxot, yoy elak)ga kelib tushadi. Go‘ngning keyingi quritilishi shnek press (PJN-68A), filtrlash va cho‘ktirish, markazdan qochma qurilmalarida amalga oshiriladi.
Qo’yuq fraksiya biotermik zararsizlantirilganidan so’ng dalaga chiqariladi. Suyuq fraksiyani tozalash uchun aerotenk (havo aeratsiyali vertikal yoki gorizontal rotorli aeratorlar) va biologik hovuzlar qo‘llaniladi. Qurilmalar soni va ularning texnologik jarayondagi o‘rni tozalanadigan mahsulot hajmi va tozalanish darajasiga mos ravishda olinadi.
96-chizma. Suyuq go‘ngni chiqarish va ishlov berish texnologik tizimi shakli:
1–ekskrementlar; 2–panjarali pol; 3–go’ng kanali; 4–go’ng yig‘gich; 5–nasos; 6–fraksiyalarga ajratgich; 7–transportyor; 8–qo’yuq fraksiya burti; 9–aerotenk; 10–nasos;
11–zararsizlantirgich; I suyuq go‘ng; II suyuq fraksiya ortiqcha balchiq; IV tozalangan suyuq fraksiya;
V qo’yuq fraksiya168
97-chizma. GIL turidagi inersion tebratgichlar:
1–quti; 2–taqsimlash tarnovi; 3–debalans himoya to’sig’i; 4, 5–pastki va ustki filtrlash to‘siqlari; 6, 9–oraliq va prujina tayanchi; 7–ustun; 8–poddon; 10–tebratgich; 11–ponasimon tasmali uzatma; 12–elektryuritgich;13–uzatma ramasi; 14–tebratgich ramasi GIL-32, GIL-42, GIL-52 inersion qiya tebratgichlari Chorvachilikda go‘ngni suyuq va qo’yuq bo‘laklarga ajratib berish uchun xizmat qiladi (97-chizma).
GIL turidagi tebratgichlar konstruksiyasi bo‘yicha bir xil ostki va ustki saralash to‘siqlardan iborat quti, inersion tebratgich, tayanch va uzatmadan iborat. Tashqi to‘siq teshiklari o‘lchamlari 20x20 mm va pastkisiniki 1,1x2,0 mm.
Tebratgich qutisi bo‘lakli qilib, sifatli taxta prokatdan payvandlab tayyorlanadi. Qutining ichki yon devoriga to‘siqlarni qisib o‘rnatish uchun metall tasmalar payvandlangan. Qutining tashqi yon sirtiga prujinalar tayanchi o‘rnatilgan to‘rtta sapfa qotirilgan. Tebratgich harakat uzatmasi elektryuritgich, ponasimon tasmali uzatma va himoya to’sig’idan iborat. Elektryuritgich ramaga mustahkamlangan. Ramadagi bo‘ylama teshiklar bo‘ylab elektryuritgich siljitilib, tasma tarangligi sozlanadi.
Tebratgich poddoni taxta metalldan tayyorlanib, go‘ngning suyuq bo‘linmasini filtrlash zonasidan chiqarish uchun xizmat qiladi.
Tebratgich ishga tushirilmasdan oldin sozlanadi, ponasimon tasma tarangligi motor osti ramasidagi tortqi vintlar yordamida amalga oshiriladi. Tebratgich amplitudasini pasaytirish uchun debalansdagi yuklardan olib tashlanadi. Tebratgich valining aylanishlar soni elektryuritgich validagi shkivlarni almashtirish orqali o‘zgartiriladi. Quti holati va prujinining siqish darajasi plita ostiga qistirmalar qo‘yish bilan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |