3. Go’ngni go’ngxonalarga chiqarish texnik vositalari
Qattiq (to’shamali) go’ng olishda uni go’ngxonalarga chiqarish uchun traktorli pritseplar, buldozerlar, skreperli qurilmalar, kurakli transportyorlar va pnevmatik qurilmalardan foydalaniladi.
Suyuq va yarim suyuq shaltoqlar pnevmatik qurilmalar, markazdan qochma, Shnekli va porshenli nasoslar, skreperli qurilmalar yoki o’zioqar sistemalari qo’llanilib chiqariladi.
Traktorli pritseplardan foydalanishda, odatda har bir binoga pritsep qo’yiladi va bitta traktor ulardagi go’ngni saqlagichga tashiydi. Agar traktor telejkasi bilan bir necha ishlab chiqarish binosiga xizmat ko’rsatsa, go’ng yig’ish va chiqarish vaqti cho’ziladi.
Go’ngni go’ngxonalarga chiqarishda US-10, USN-8 skreperli qurilmalar, TS-1 ko’ndalang transportyori, KPN-10 konveyeri, UTN-10 qurilmalari ishlatiladi.
US-10 skreperli qurilmasi qoramollar bokslarda saqlanganda ko’ndalang kanallarda yig’ilgan go’ngni chiqarishda ishlatiladi. Go’ng bir yoki ikkita parallel ko’ndalang kanallardan chiqariladi. Qurilma US-15 qurilmasiga o’xshash, lekin unda skreperlar soni ko’proq. Uning texnik ma’lumotlari 5.3-jadvalda keltirilgan.
USE-8 qurilmasidan ham binolardan o’zoqligi 50 m dan oshiq bulmagan go’ngxonalarga go’ngni chiqarigishdan foydalaniladi. U cho’mich, yuritma, tortish qanoti, bloklar sistemasi, estakada, taranglash qurilmasi, qayta qo’shgich va elektr uskunalardan tashkil topgan. Skreperli qurilma avtomatik rejimda ishlaydi. Reversivlash uchun arqonga tugmacha maxkamlangan. U qayta qo’shgichga ta’sir qilganda skreper teskari yo’nalishda harakatni boshlaydi.
Go’ngni o’zatuvchi UTN-10 qurilmasi go’ngni quvur bo’ylab chorvachilik binolaridan go’ngxonalarga yetkazishga xizmat qiladi. U porshenli nasos, gidroyuritma stantsiyasi, go’ng quvuri va boshqarish qutisidan tuzilgan (5.6-rasm).
5.6-rasm. UTN-10 qurilmasi texnologik jarayonining sxemasi: 1-go’ng kanalining quvuri; 2-yuklanish quvuri; 3-ishchi kamera. 4-klapan; 5-nasos porsheni; 6-kurakli transportyor.
Binolarda doimiy o’rnatiladigan go’ng yig’ish transportyorlari yor-damida yig’ilib kelayotgan go’ng yuklash quvuri 2 (sxemadagi) orqa i og’irlik kuchi va nasos hosil qilgan vakuum ta’sirida ishchi kamera 3 gg tushadi. Bu paytda go’ng kanali 1 klapan 4 bilan yopiq bo’ladi. Ishchi kamera go’ng bilan to’lgandan keyin klapan yuklash quvurini berkitadi, go’ng kanalini esa ochadi. Porshen 5 ta’sirida go’ng ishchi kameradan go’ng kanaliga va u orqali go’ngxonaga haydaladi.
Qurilmadagi ishchi bosim -2.. 10 MPa, ish unumi -7.. 10 t/soat, tsikl vaqti - 26 s, elektr dvigateli quvvati - 13 kVt bo’lib, porshen har bir yurishida 55...75 kg go’ngni suradi. UTN-10 qurilmasi namligi 76% dan yuqri bo’lgan to’shamali va to’shamasiz shaltoqni ko’chirishga mo’ljallangan.
Chorvachilik binolaridan kurakli transportyorlar yoki gidravlik sistemalar bilan yig’ilgan go’ngni go’ngxonalarga chiqarish uchun har xil pnevmatik qurilmalar keng qo’llaniladi (5.7-rasm).
5.7.rasm. Vertikal kamerali ta’minlagichli pnevmatik qurilma sxemasi: 1-kompressor; 2-resiver; 3-qiya tarnov; 4-kamerali ta’minlagich; 5-klapanli quti; 6-vertikal quvur;
7-go’ngxona.
Agar go’ng kurakli transportyorlar yordamida yig’ishtirilganda kamerali ta’minlagichga tashlanguncha suv qo’shiladi. Kamerali ta’minlagich puflash qozoni tubiga o’rnatiladi. To’siq ochiq bo’lganda go’ng puflash qozoniga to’kiladi, to’lgandan keyin to’siq yopiladi va havo ventili ochiladi. Havo resiverdan puflash qozoniga yunaltiriladi va go’ng qisilib go’ng quvuri orqali go’ngxonaga haydaladi.
5.8-rasm. NSH-50-1 Shnekli nasosning go’ng yig’gichlari ko’rinishi: 1-aralashtirgich; 2-shnek; 3-ko’prik; 4-markazdan qochma nasos; 5-elektr uskunalar qutisi; 6-elektr dvigateli; 7-dastali chig’irigi; 8-go’ng quvuri.
5.8-rasmda shaltoq ichiga o’rnatilgan NSH-50-1 Shnekli nasos qurilmasi ko’rsatilgan. U dastali chig’iriq 7 bilan jihozlangan. Qurilma shaltoqni gomogenizatsiya (aralashtirish) va transport vositasiga yuklash uchun xizmat qiladi. Kerak hollarda go’ngni go’ngxonalarga dam uzatish mumkin. Nasosning doimiy o’rnatiladigan varianti elektrdvigateli 6 dan foydalanib ishlaydi. Bunda shnek 2 va markazdan qochma nasos 4 bir valga o’rnatilgan. Ular ishlaganda suyuq shaltoq, go’ng quvuri 8 yoki transport vositasiga haydaladi. Go’ngga tushgan nishhurdlar Shnekning yuqorigi qis-mida joylashgan maydalagichning barmoqlari bilan maydalanadi. Shnekning uchiga o’rnatilgan parrak tipidagi aralashtirgich shaltoqni suyuq va quruq qismlarga ajralishiga yo’l qo’ymaydi. Nasosning modifikatsiyasi NSH-50-1 bo’lib, 14 kN sinfli traktorlarga osiladi hamda harakatni traktorning quvvat olish validan oladi (5.4-jadval)
Shnekli nasoslar texnik maxdumotlari
5.4-jadval
Ko’rsatkich
|
NSH-50-1
|
NSH-50-11
|
Ish unumi, t/soat
|
70
|
100
|
Olish Chuqur ligi, m
|
3,0
|
2,5
|
Bosim, kPa
|
150
|
200
|
Ishchi organning aylanishlar chastotasi, min-1
|
1500
|
965
|
Nominal quvvati, kVt
|
10
|
20
|
Gabarit o’lchamlari, mm; uzunligi
kengligi
balandligi
|
4360
760
1300
|
3310
800
1010
|
Massasi, kg
|
595
|
485
|
4. Go’nglarga ishlov berish va qayta ishlashni mexanizatsiyalash
Go’ngni organiq o’g’it sifatida ishlatish - tuproq unumini ko’tarishning muhim omillaridan biridir. Go’nglarga tez ishlov berish muhimligi, Ayniqsa aholi yashash joylarida va suv havzalariga yaqin joylarda ekskrementlarning katta miqdorda yig’ilishi atrof muxitni ifloslash xavfini keltirib chiqaradi. Hozirgi kunda go’nglarni util-lashtirishning ikki yo’nalishi keng tarqalgan; dalada yoki go’ng saqlagichlarda o’g’it uchun kompostlash; anaerob achitib yoqilgi biogazi olish va qattiq qismidan esa o’g’it tayyorlash.
Go’nglarni 2...2,5 m balandlikdagi shtabellarda zichlangan holda saqlansa ular tarkibidagi organiq moddalar va azot kam yo’qoladi.
Go’nglarni kompostlashda tuyimli moddalarning kerakli miqdorda qorishma bo’lishini ta’minlash uchun go’ngni torf bilan aralashtirib va mineral o’g’itlar qo’shilib, shtabel qilib yig’iladi. Kompostlashda nam-likni tortadigan materiallar: maydalangan somon, payraxa va torfdan foydalaniladi.
Texnik vositalar sifatida o’zi to’kuvchi transport mashinalari, suyuq go’ng uchun RJT-8, RJT-16 sisternalari, D-585, D-606 buldozerlari, aralashtirgich-aerator yoki uzluksiz harakatlanadigan yuklagich PND-250 va boshqalar qo’llaniladi.
Katta Chorvachilik fermalarida kompost tayyorlash uchun 10, 20, 40, 60, 100 va 200 ming tonnaga mo’ljallangan maxsus punktlar yoki kengligi 18...20 m bo’lgan KKS kranidan foydalanilib mexanizatsiyalash tirilgan go’ng-saqlagichlarni qurish maqsadga muvofiqdir. O’rta va kichik fermalarda go’nglarni maxsus yarim Chuqur lashtirilgan va yuzalariga plitalar yotqizilgan, Chorvachilik xonalariga yaqin joylashgan va go’nglarni buldozer yoki transportyor bilan chiqarib yetkazish mumkin bo’lgan go’ngxonalarda saqlash maqsadga muvofiqdir. Go’nglarga yog’in-sochin tushmasligi uchun go’ng saqlagich ustini yopishning maqsadga muvofiqligi tasdiqlangan.
Gidravlik usulda yig’ilgan go’ng (o’zi oqib, gidravlik bosim bilan oqizib) fraktsiyalarga; suyuq, va qo’yuq qismlarga ajratiladi, suyuq qismi o’simliklarni sug’orishda suv bilan aralashtirilib ishlatiladi, qo’yuq qismi esa kompost tayyorlash uchun foydalaniladi.
5.9-rasm. Kompost tayyorlashda mexanizatsiyalash gan go’ng saqlagichning joylashish sxemasi: 1-avtotarozi; 2-uycha; 3-qorishma tayyorlash sig’imi; 4-go’ng yig’gich; 5- qayta yuklagich POU-40; 6,7-joriy sarflanadigan torf va maydalangan somonni saqlash maydonchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |