Suv ko‘targichlar. Ishlash prinsipi bo‘yicha qo’yidagi turlarga bo‘linadi: havo suv ko‘targichlari; gidravlik taran; tasmali va bog‘ichli suv ko‘targichlar.
Yaylovlarda tasmali suv ko‘gargichlar keng tarqalgan hisoblanadi. Tasmali suv ko‘targich suv 0,5 m qatlamdagi, Chuqur ligi 100 m bo‘lgan quduqlardan ko‘tarib berish imqoniyatiga ega. Tasmali suv ko‘targich (35chizma) suv ko‘taruvchi lenta (3), yetaklovchi (2) va yetaklanuvchi shkiv (4), Yuk (5), ichki vanna (6) va tashqi sirt (1)dan iborat. Ustki yetaklovchi shkiv elektryuritgich yoki ichki yonish Yuritgichi Yordamida katta tezlikda aylantiriladi. Shkivga kiydirilgan tasma ham tez harakatga kelib, quduq tubidagi suvni qamrab oladi va Yuqoriga olib chiqadi. Ko‘tarilgan suv tashqi sirtga tegib ichki vannaga tushadi.
Tasmali suv ko‘targichlar konstruksiYasi bo‘yicha sodda va foydalanish mustahkamligi Yuqori. Foydali ish koeffitsiyenti 20–65 foizni tashkil etadi. Suv ko‘tarish balandligi, tasmani aylanish tezligi qancha baland va tasmani suvga kirishi darajasi qancha past bo‘lsa, suv ko‘targichning foydali ish koeffitsiyenti shu darajada Yuqori bo‘ladi.
31chizma. Tasmali suv ko‘gargich:
1–tashqi sirt; 2–ustki yetaklovchi shkiv; 3–suv ko‘taruvchi tasma; 4–pastki yetaklanuvchi shkiv; 5–yuk; 6–ichki vanna
Havoli suv ko‘targichi (erlift) (32chizma). Quduqqa pastki qismida forsunka (5) o‘rnatilgan ikkita quvur (3, 4) tushiriladi. Quvurlarning biri (4), ostki qismi ochiq holda, diametr jihatida kattaroq tayyorlanadi va suvni ko‘tarish uchun xizmat qiladi. Diametri kichik ikkinchi quvur (3) ustki bilan siqilgan havoli rezervuar bilan tutashgan. Rezervuarga kompressor qurilmasi siqilgan havo yuborib turadi. Shu sabab ham havoli suv ko‘targich nomini olgan.
Ish jarayoni qo’yidagicha kechadi. Ingichka quvur (3) orqali rezervuardan siqilgan havo forsunka (5) orqali keng diametrli quvur (4) ichida havo va suvning aralashmasini (emulsiYa) hosil qiladi. Hosil bo‘lgan aralashmaning zichligi suvning zichligidan past bo‘lganligi sababli quvurni o‘rab turgan suv aralashmani yuqoriga ko‘taradi. Ko‘tarilgan aralashma qabul bakiga qaytargich orqali suvga va havoga ajralib tushadi.
Afzalligi: konstruktiv sodda tuzilgan; quduq tubida harakatlanuvchi elementlarning yo‘qligi; ishlashda mustahkamligi va osonligi; ish unumini sozlashning yyengilligi; kichik diametrli, qiyshiq quduqlarda ham ishlash qobiliyati; qumli quduqlar suvini ham torta olishi.
Kamchiliklari: foydali ish koeffitsiyenti kichik (20–35 foiz); nasosli qurilmaga nisbatan quduqning Chuqur roq kavlanishi; suvni haydash uchun yer sathida ikkinchi nasosni o‘rnatish lozim.
32chizma. Havoli suv ko‘targich bilan jihozlangan quduq shakli:
1–qaytargich; 2–qabul baki; 3–havo quvuri; 4–suv ko‘tarish quvuri; 5–forsunka
Do'stlaringiz bilan baham: |