Go’nglarni anaerob achitish. Suyuq go’nglarni zararsizlantirish va utillashtirish maqsadida qayta ishlashning ilg’or usullaridan biri, ularni anaerob (havosiz) achitib biogaz va sifatli, xidsiz organiq o’g’it olishdir. Bir sigir ekskrementidan yiliga 900 m3 atrofida biogaz olish mumkin.
Suyuq go’nglarni anaerob achitish texnologik jarayonining o’zgachaligi - achiatish tsikli davomiyligi 5 sutkagacha bo’lgan anaerob sharoitda, +40°S haroratda, biogazlarni zurlab chiqarishda jihozlarning ikki stadiyali ishlash rejimi hisoblanadi.
Qurilma tarkibiga suyuq go’ng uchun nasos, kollektor, maydalagich, isitgich, fekal nasos, vintli nasos, ikki reaktor va gaz saqlagich kiradi. Jihozlarni boshqarish pultidan amalga oshiriladi.
Fermadan suyuq go’nglar go’ng qabul qilgich kollektoriga uzatiladi, u yerda NTSI-100 nasosi bilan gomogenlashtiriladi. Gomogenlashtirilgan go’ng IN-50 maydalagichiga uzatilib, u yerda o’simliklarning uzun tolali qo’shilmalari maydalaniladi, so’ng quvur bo’ylab isitgichga o’zatiladi. U yerda go’ng 40°S haroratgacha qarama-qarshi oqadigan issiq suvli quvurlar yordamida qizdiriladi. Isitgichdagi go’ng fekal nasos bilan doimo ara-lashtirilib turiladi va shu tariqa birlamchi (anaerob sharoitda) achish jarayoni bajariladi.
Qizdirilgan go’ng vintli nasos bilan ikkinchi bosqich achitish re-aktorlariga uzatiladi. Reaktor gorizontal tsilindr idish ko’rinishida bajarilgan va ichidagi go’nglarni gomogen holatda bo’lishini ta’minlash uchun mexanik aralashtirgich bilan jihozlangan.
5.10-rasm. Go’nglarni anaerob achitish texnologik sxemasi va jihozlar
komplektining tarkibi. 1-ferma; 2-suyuq go’ng uchun nasos; 3-kollektor; 4-maydalagich; 5-isitgich; 6-fekal nasos; 7-vintli nasos; 8-reaktorlar; 9-gaz yig’gich; 10-qozon
Achish jarayoni anaerob sharoitda bajarilganda, mikroorganizm-larning aktiv harakati natijasida biogaz ajraladi va suvli aylanma nasos yordamida gaz yig’gichga so’rib olinadi. Go’ngning achigandan qolgan qismi reaktorni yuklash vaqtida to’kish sifoni orqali o’zi oqib go’ng qabul qilgichga chiqariladi. Go’ng qabul kilgichdan go’ng NTSI-100 nasosi yordamida go’ng saqlagichga organiq o’g’it sifatida foydalanish uchun uzatiladi.
"Kobos-1" bioenergetik kompleksini sinash natijalari ishlov berilgan go’ngdagi organiq moddalarning tarqash darajasi 30 dan 60% gacha bo’lishini, yovvoyi o’tlar urug’larining o’nib chiqishi to’liq yo’qolishini, gelьmintlar tuxumlarining yashovchanligi 14% gacha kamayishini ko’rsatdi. Biogaz chiqish miqdori go’ngga ishlov berish ish unumi sutkada 12,5 m3 bo’lganda 150 m3 ni tashkil qildi. Ishlov beriladigan go’ngning namligi 90...96% tarkibidaga organiq moddalar miqdori esa 80% (quruq moddalar) tashkil qilishi kerak. Jihozlar 25x40 m maydonda joylashadi. Ularning ayrim qismlari (reaktorlar, isitgich, nasos) ochiqda joylashadi, ular oynali toladan iborat Issiqik izolyatsiyasi va alyuminiy varaqlardan iborat tashqi g’ilof bilan jihozlangan. Qolgan jihozlar blok-konteynerlarda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |