6. Ish bo’yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar Separatorlar,ularning turlari,ning vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash va (Yuqoridagi rasmlarga asoslangan holda amalga oshiriladi) ish jarayoni ko’rsatiladi.
21-Amaliy mashg‘ulot
Jun qirqish, junga ishlov berish punktlarining uskunalari va texnika vositalanni o'rganish.
1. Ishning maqsadi: Jun cnrqish, junga ishlov berish punktlarining uskunalari va texnika vositalarning vazifasi, tuzilishi, ishlash jarayoni va ularni ishga tayyorlash bo’yicha ko’nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: Jun cnrqish, junga ishlov berish punktlarining uskunalari va texnika vositalanni, ko’rgazmali qurollar, o’quv filmlari.
3.Ishni bajarish tartibi:
4. Qo’ylarning junini qirqib olish texnologiyasi
Qo’ychilikda ma’suliyatli va sermexnat jarayonlardan biri jun qirqish hisoblanadi. Mashinada jun qirqishni qo’llash jun qirquvchilarning mexnat unumini qo’lda qirqishdagiga nisbatan 3...5 marta oshiradi. Masalan, tajribali usta qo’lda qaychilari bilan bir kunda 15...20 qo’yning junini qirqib olsa, mashinada 60 tagacha qo’yning junini qirqib olishi mumkin. Mashinada jun pastroqda va tekis kirqiladi, bu esa qirqilgan jun miqdorini 5...7% ga ko’paytiradi, uzunligining ortishi hamda tekis qirqilishi hisobiga sifati yaxshi lanadi.
Qo’ylarning fiziologik xususiyatlariga qo’ra jun qirqish davrining davomiyligi xo’jaliklarda 10... 15 sutkani tashkil etishi kerak. Shu muddatda qirqimni tugatish uchun xo’jalikda kerak bo’ladigan jun qirqish mashinalarining soni (dona) qo’yidagicha aniqlanadi:
(8.1)
bunda - juni qirqiladigan qo’ylar soni, bosh;
- smena vaqtidan foydalanish koeffitsienti (Ь=0,7...0,75);
- smena davomiyligi, soat;
S1 - ish smenalari soni;
S2 - bitta mashinkaning soatlik ish unumi, qo’y/soat;
S3 - qirqim davomiyligi, soat.
Jun qirqish stolda, maxsus stol-telejkada va yerda amalga oshiri-lishi mumkin. Hozirgi vaqtda jun qirqishning Orenburg usuli progressiv hisoblanadi. Bunda qo’ylar "o’tirgan" holatida juni qirqib olinadi. Jun qirqishda qo’ylarga jaroxat yetkazmasdan, biron joyi tirnalmasdan kirqilishi zarur. Tolalarning o’zilishiga va qayta qirqishga yo’l kuiilmasligi shart. Olingan jun navlarga ajratiladi va presslanib toylanadi.
Yuqorida aytib o’tilgan ishlar ko’chmas yoki ko’chma jun qirqish punktlarida bajariladi. Bu punktlar jun qirqish mashinkalari, jun qirqish stollari, charxlash apparatlari, navlarga ajratish stollari, presslar, transportyorlar, moslamalar, tarozilar va boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo’ladi.
Qo’ychilik tizimi, qo’ylar soni, jun qirqish joyi va vaqtiga qarab qirqish punktlarining qo’yidagi turlari joriy etilgan:
1. Maxsus binolarda doimiy o’rnatiladigan va 24 ta mashinkaga mo’ljallangan yiriklashtirilgan punkt.
2. Namunaviy qo’utonlarda qo’llaniladigan va 12...24 ta mashinkaga mo’ljallangan doimiy o’rnatiladigan punkt.
3. 12...24 ta mashinkaga mo’ljallangan ko’chma jun qirqish punkti.
Yiriklashtirilgan jun qirqish punktlari qo’ylarni yaylovlardan yaylovlarga haydab o’tish yo’llariga quriladi. Ular bir smenada 1200... 1500, qirqim davrida esa 30...35 ming qo’yning junini qirqib olish imqoniyatiga ega.
Tajribalar shu narsani ko’rsatadiki, ko’p ming sonli qo’ylarni bir joyda qirqish katta maydondagi o’simliklarni yo’qalishiga va eroziyaga olib keladi. Bundan tashqari, kasallik tarqalish xavfi ham ortadi. Shu sababdan yiriklashtirilgan jun qirqish punktlaridan voz kechish ma’qul ko’rinadi.
Jun qirqish texnologik sxemasini qo’yidagicha tasvirlash mumkin: qo’ylarni qirqimga tayyorlash -> junni qirqib olish -> junlari qirqilgan qo’ylarni profilaktik Cho’miltirish -> qirqilgan junlarni navlarga ajratish -> presslash -> toylash.
Texnologik sxemadan ko’rinib to’rib diki, asosiy jarayon junni qirqib olish hisoblanadi. Bu ish ikki usulda - ketma-ket yoki alohida-alohida holda bajariladi. Bunda qo’yning junini bir kishi qirqib olsa, bu usul alohida, bir necha kishi qirqib olsa, bu usul ketma-ket deb hisoblanadi.
Ketma-ket usulda qo’y aravacha ustiga yotqizilgan holda bog’lanadi, aravacha navbat bilan qirquv qirquvchiga o’tkaziladi. Karuselь usulidagi qirqishda ham qo’ylar navbat bilan ma’lum vaqt oralig’ida qirquvchidan qirquvchiga o’tkaziladi. Alohida-alohida usul bilan qirqishda qo’ylar asosan yerda qirqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |