O‟zbеkiston rеspublikasi oliy va o‟rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkеnt davlat pеdagogika univеrsitеti «tabiyot fanlari» fakultеti


Surxon yoki Termiz - Sariosiyo sanoat rayoni



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana31.12.2021
Hajmi0,56 Mb.
#249397
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
surxondaryo viloyati sanoati tarmoqlari rivojlanishi va istiqbollari

Surxon yoki Termiz - Sariosiyo sanoat rayoni tarkibiga Sariosiyo, Uzun, 

Denov,  Oltinsoy,  SHo’rchi,  Qumqo’rg’on,  Jarqo’rg’on,  Termiz  tumanlari  va 

Termiz  shahri  kiradi.  Ushbu  ma’muriy  tumanlar  maydoni  viloyatning  janubidan 

shimolga tomon meridianal holatda cho’zilgan bo’lib, deyarli bir xil daryo turi va 

transport  yo’llari  tizimi  bilan  yaxshi  ta’minlangan.  Mazkur  tumanlar  hududini 

Termiz-Denov-Dushanbe temir yo’li va Katta o’zbek trakti avtomobilь yo’li kesib 

o’tgan.  SHuningdek,  ushbu  tumanlar  hududidan  viloyatning  yirik  daryosi 

Surxondaryo  daryosi  (196  km)  oqib  o’tadi  va  bu  yerda  viloyatdagi  eng  yirik  suv 

omborlari Janubiy  Surxon,  To’polang,  Degrez,  Uchqizil va  Oqtepa  suv omborlari 

qurib ishga tushirilgan. 

Rayon hissasiga viloyat umumiy aholisining 71,5 % to’g’ri keladi. Bu yerda 

sanoat, shu jumladan, xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish yaxshiroq rivojlangan. 

Rayon  viloyat  jami  sanoat  mahsulotining  69,5%ini,  xalq  iste’mol  mollarining 

90%ni ishlab chiqaradi. 




Biroq  Surxon  rayonining  sanoati  nisbatan  rivojlangan  bo’lsada,  bu  borada 

tumanlararo  miqyosda  katta  farqlar  mavjud.  CHunonchi,  viloyat  va  rayon  sanoat 

ishlab  chiqarish  hajmida  Denov  tumani  yuqori  mavqega  ega.  Tumanda  viloyat 

jami yalpi sanoat mahsulotining 14,3 %, iste’mol mahsulotining 30%, rayon yalpi 

sanoat  mahsulotining  25%  va  xalq  iste’mol  mollarining  54  %ni  ishlab 

chiqarmoqda(2012  y.).  Bu  yerda  mintaqaning  yirik  sanoat  korxonasi  Denov  yog’ 

ekstraktsiya  zavodi,  sut,  konserva,  aroq-vino  ishlab  chiqaruvchi  korxonalari, 

shuningdek, momiq-paxta fabrikasi, paxta tozalash korxonalari (Denov, Xayrabod) 

joylashgan.  Birgina  Denov  yog’-ekstraktsiya  korxonasi  viloyatda  ishlab 

chiqiladigan    o’simlik  moyining  100%ni  ishlab  chiqarmoqda.  Unga  Denov 

tumanidagi  jami  yalpi  sanoat  mahsulotining  30%dan  ortig’rog’i,  viloyat  sanoat 

mahsulotining  12% to’g’ri keladi. 

Sanoat  mahsuloti  hajmiga  ko’ra,  ikkinchi  o’rinda  SHo’rchi  tumani  turadi. 

Tumanda  viloyatning  yirik  don  mahsulotlarini  qayta  ishlash  korxonasi,  paxta 

tozalash va mebel fabrikasi joylashgan. Sanoat salohiyati bo’yicha keyingi o’rinni 

Jarqo’rg’on  tumani  egallaydi.  Tumanda  viloyatda  yagona  bo’lgan  to’qimachilik 

korxonasi,  Jarqo’rg’on  va  Surxon  paxta  tozalash  zavodlari,  mustaqllik  yillarida 

qurib  ishga  tushirilgan  un  ishlab  chiqarish  korxonasi  ishlab  turibdi.  Viloyat 

ma’muriy markazi – Termiz shahrida go’sht, sut korxonasi, paxta tozalash zavoi, 

g’isht zavodi ishlab turibdi. 

Rayonning qolgan Qumqo’rg’on, Sariosiyo, Uzun tamanlarida sanoat ishlab 

chiqarish  asosini  paxta  tozalash  korxonalari  tashkil  etadi.  Sariosiyo  tumanida 

konserva  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  korxonasi,  Qumqo’rg’on  tumanida  esa 

xorijiy  tadbirkorlar  bilan  hamkorlikda  qurilgan  sara  urug’  ishlab  chiqaruvchi 

“Oltin chigit” qo’shma korxonasi bor. Sariosiyo tumanida esa ko’mir (SHarg’un), 

Jarqo’rg’on tumanida esa neftь qazib chiqarish (Xovdak, Kakaydi) mavjud. Ayni 

vaqtda  Termiz  va  Oltinsoy  tumanlari  tipik  qishloq  xo’jalik  rayoni  hisoblanadi. 

Viloyatning Oltinsoy tumani esa yagona uzumchilikka ixtisoslashgan tumandir. Bu 

yerda uzumchilik negizida vino ishlab chiqaruvchi korxona faoliyat olib boradi.  



SHunday  qilib,  Surxon  rayonida  Denov  sanoat  tuguni  (u  shakllanish 

darajasida)  hamda  Termiz,  Denov,  Jarqo’rg’on  sanoat  markazlarini,  SHo’rchi, 

Qumqo’rg’on,  Sariosiyo,  Uzun  sanoat  punktlarini  ajratish  mumkin.  SHuningdek, 

bu  yerda  SHarg’un,  Xovdak,  Kakaydi  kabi  “resurs”  markazlar  yoki  shaharchalar 

mavjud. 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish