O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


I- BOB. Boshlang‟ich sinfda ta‟lim samaradorligini amalga oshirish



Download 0,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/23
Sana29.12.2021
Hajmi0,65 Mb.
#83454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
boshlangich sinfda talim samaradorligini amalga oshirish

I- BOB. Boshlang‟ich sinfda ta‟lim samaradorligini amalga oshirish    

            metodikasini   tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari. 

1.1.  Umumiy o‟rta ta‟lim  maktablaridagi boshlang‟ich sinflarda  ta‟limning  

mazmuni va mohiyati. 

 

Ta‘lim  asosida  jamiyat  rivojlanishining  ob`yektiv  ehtiyojlari  turadi.  Ta‘lim 

insonning  mehnat  olamiga  samaraliroq  kirishini,  jamiyat  hayotiga  qo‗shilishini 

ta‘minlaydi. Mustaqillikka erishib, erkin bozor munosabatlari asosida demokratik 

huquqiy    davlat    sifatida    shakllanish  yo`liga  o‗tgan  O`zbekistonda  hozirgi 

bosqichda Xalq ta‘limi tizimiga, pedagogika faniga, yosh avlodda mustaqillik va 

faollikni,  ishbilarmonlik  va  tadbirkorlikni  shakllantirishga  jiddiy  e‘tibor 

berilmoqda. 

XX  asr  pedagoglari  va    psixologlarining  diqqat  markazida  o‗quvchilarning 

aqliy qobiliyatlarini  shakllantirish, ularni o‗qitish, tarbiyalash va kamol toptirish 

jarayonlarini uyg‗unlashtirish, faoliyat va ongning o`zaro bog‗liqligi nazariyasini 

ishlab  chiqish,  mustaqil  o‗quv  bilish  ishlari,  o‗qishni  faollashtirish,  ta‘lim 

jarayonlarini optimallashtirish, faol ta‘limning shakl va metodlaridan foydalanish 

kabi  muammolar  asosiy  o‗rin oladi.  Ularni ishlab chiqish  mamlakat pedagogika 

va  psixologiya  fanlarida  jahonda  haqli  ravishda  e‘tirof  etilgan  turli  yo‗nalish  va 

maktablar vujudga kelishini oldindan bilish imkonini yaratdi. 

Ta‘lim jarayon bo‗lib, u natija va tizimdir. Ta‘lim jarayon sifatida bilimlar, 

ko‗nikma  va  malakalarning  ma‘lum  yig‗indisini,  faoliyat  va  munosabatlarning 

tegishli  tajribasini  o`zlashtirishga  qaratilgan  maxsus  ishlarning  tashkil 

qilinishidir. Ta‘lim natija sifatida bilimlarni, faoliyat va munosabatlar tajribasini 




 

o`zlashtirishda  erishilgan  darajadir.  Ta‘lim  tizim  sifatida  davlat  muassasalari  va 



boshqarish  organlarining  majmuasi  bo‗lib,  ular  doirasida  insonni  tarbiyalash 

jarayoni  amalga  oshiriladi.  Shu  tariqa,  ta‘lim  doimo  bir  yo`la  tarbiyalash 

jarayonini ham, o‗qitish jarayonini ham ifodalaydi. Yosh avlod haqida gap borar 

ekan,  shaxsning  kamol  topishi,  o`z  mavqeyini  anglash  va  o`zini  ko‗rsatish 

masalalari  birinchi  o‗rinda  turadi.  Bu  masalalar  butun  jamiyat  va  maxsus 

yaratilgan  ijtimoiy  institutlar  va  insonning  o`zi  tomonidan  tasodifiy  ravishda 

ham,  maqsadga  muvofiq  yo‗sinda  ham  hal  qilinishi  mumkin.  Ta‘lim  tizimida 

shaxsning ijtimoiylashuvi, kasbni egallashi va moslashuvi jarayonlarini maqsadga 

muvofiq tarzda boshqarishga ham da‘vat etilgan. Bugungi kunda har bir xalqning 

faqat  o`z  milliy  madaniyati  asosida  o‗qishi  va  tarbiyalanishi  yetarli  emasligi,  u 

jahon  madaniyati  boyliklarini  ham  anglashi  zarurligi  to‗g‗risidagi  fikrlar 

tasdiqlanmoqda.  Bilimdon  kishilarni  tarbiyalashdek  an‘anaviy  vazifa  o‗rniga 

atroflicha  fikr  yuritadigan  ijodkor  kishilarni  kamolga  yetkazish  vazifasi  olg‗a 

surilmoqda.  Ilgari  ma‘lumotlilik  darajasi  o‗rganilgan  qoidalar,  taxlil  qilingan 

asarlar,  yodlangan  she‘rlarning  soni  va  bir  xil  masalalarni  yechish  ko‗nikmasi 

bilan belgilangan bo‗lsa, hozirgi kunda bu daraja miqyosi kengaydi. Eng muhim 

masalalarni  qo‗ya  bilish  har  qanday  ishga  ijodiy  yondashish  kabi  xislatlar 

ma‘lumotlilik 

darajasini 

ko‗rsatadi. 

Avvalgi 

vaqtlarda 

o‗quvchilarni 

axborotlardan  xabardor  qilingan  bo‗lsa,  endi  ularda  hayotni  o`zgartirish,  uni 

yaxshi  tomonga  burish  ko‗nikmalari  va  qobiliyatlarini  shakllantirishga  jiddiy 

ahamiyat  berish  zarur.  Eng  muhimi,  butun  tarbiyaviy  jarayonni  insonga 

qaratishdir.  Ta‘lim  insonni  bilimlar  bilan  qurollantiribgina  qolmasligi,  balki  uni 

shaxs  sifatida  kamol  toptirishi  va  takomillashtirishi  ham  kerak.  Boshqacha 

aytganda,  jamiyatda  ta‘limni  insonparvarlashtirish  g‗oyalari  tobora  keng 

yoyilmoqda.  Shubhasizki,  jamiyat  va  maktabni  insonparvarlashtirish  muammosi 

ta‘limning  og‗zaki  axborot  usulini  unumli,  yaratuvchilik  usuliga  aylantirish 

bilangina  hal  bo‗lmaydi.  Mazkur  jarayonning  eng  muhim  yo‗nalishi  ta‘lim 

mazmunini  insonparvar  qilishdir.  Bu  tadbir,  birinchidan,  shaxsda  madaniyatni 

shakllantirishda  fanlarning  rolini  oshirishdan,  xalq  milliy  madaniyatining 




10 

 

barqaror  boyliklarini  tushunishdan,  ikkinchidan,  tabiiyilmiy  va  texnika  fanlarini 



ekologik hamda ijtimoiy ahamiyatli jihatlar bilan boyitishdan iboratdir. Ta‘limni 

insonparvarlashtirishning eng zarur tomonlaridan biri maktab o‗quvchilarga faqat 

malum  hajmdagi  bilim,  ko‗nikma  va  malakalarni  o`zlashtirishda  yordam  berib 

qolmay,  balki  ularni  madaniyati,  uning  boyliklari  va  xilmaxilligiga  jalb  etishi 

kerak. Hozir o`zbek maktabining milliy xarakteri muammosi g‗oyat jiddiydir. 

O‗quv rejasi, dasturlari va darsliklar  

Barcha  maktab  fanlarida  beriladigan  ta‘limning  mazmuni  davlat  hujjatlarida, 

o‗quv  rejasida,  o‗quv  dasturlari  va  darsliklarida  aks  etgan.  Ana  shu  hujjatlar 

respublikadagi barcha maktablar uchun majburiydir. 


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish