Yodid kislota ham kislorodsiz kislotalardan hisoblanadi.
Yod odatdagi haroratda qo`ngir tusli rombik, metall yaltirokligiga ega bo'lgan kristall modda. Yod bug`lari ikki atomli molekulalardan iborat. Yod molekulalarining atomlarga ajralishi 927oS da 13% ga yetadi. Yod suvda juda oz eriydi; bu vaqtda yodning oksidlanish darajasi 0 dan +1 ga va -1 ga qadar o`zgaradi:
J2+H2O → HJ+HJO
Yodning gidrolizlanish konstantasi Kgid=5*10-13. Lekin yod molekulalari qutbsiz bo'lganligi sababli yod organik erituvchilarda (spirt, benzol, efir, xloroform kabi erituvchilarda) yaxshi eriydi. Yod bilan erituvchi orasida o'zaro ta'sir borligi tufayli eritmalarning rangi gunafsha yoki qo`ngir tusli bo'ladi.
Kimyoviy jihatdan yod oksidlovchilar jumlasiga kiradi. Lekin uning oksidlash xossalari xlor va bromnikiga qaraganda kuchsizroq ifodalangan. Yodid kislotani konsentlangan fosfat kislotaga metal yodidlarini ta`sir ettirib olinadi.
3NaJ + H3PO4 → 3HJ + Na3PO4
Konsentlangan sulfat kislota ta`sir ettirib ola olmaymiz. Bunda erkin yod hosil bo`ladi.
8NaJ + 5H2SO4 → 3H2S +4 J2 +4 Na2SO4 +4H2O
Galogenlar va ularning birikmalari kimyo sanoatida, tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida, gazlamalarni oqartirishda, vodoprovod suvini tozalashda va boshqa sohalarda ishlatiladi.
XULOSA
Kislorodsiz kislotalar vodorodni metallmas bilan biriktirish va so'ngra vodorodli birikmani suvda eritish y o`li bilan olinadi. Bunday kislotalarga HF, HC1, HBr, HJ, H2S kiradi.
Plavik kislota xlorid kislotaga qaraganda (va boshqa vodorod galogenid kislotalariga qaraganda) juda kuchsiz kislota. Plavik kislota Au va Pt dan tashqari boshqa ko`pgina metallarni o`zida eritadi. U Pb ning faqat sirtiga ta'sir etadi. Plavik kislota shishani yemiradi; bu vaqtda shisha tarkibidagi SiO2 plavik kislotada erib gazsimon SiF4 hosil bo'ladi.
Xlorid kislota-HCl bu kislota rangsiz, o’tkir hidli bu kislotadan doimo vodorod xlorid molekulalari uchib chiqib turgani sababli “tutovchi” kislota ham deyiladi. Xlorid kislota oshqozon shirasining tarkibiy qismlaridan bo’lib, ovqat hazm qilish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Agar oshqozonda ko’paysa j’ig’ildon qaynashi sodir bo’ladi. Xlorid kislota xalq xojaligida juda ko’p sohalarda ishlatiladi.
Vodorod sulfid suvda yaxshi eriydi, bunda, kuchsiz ikki asosli sulfid kislota hosil bo`ladi. Sulfid kislotaning tuzlari sulfidlar deyiladi.Tarkibida Na+, K+, NH4+ ionlari tutgan sul`fidlar suvda eriydi. Og`ir metallarning sulfidlari suvda erimaydi.
Sulfid kislotaning tuzlari sulfidlar suvda erimaydi. Ishqoriy metallar tuzlari va ammoniy sul`fid eriydi. Sulfidlarning xarakterli xossalaridan biri ularning rangli bo`lishidir. Ishqoriy va ishqoriy-yer metallari tuzlari rangsiz, og`ir metall tuzlari har xil rangga bo`yalgan. FeS, CoS, NiS, Ag2S, PbS, Bi2S3 tuzlari qo`ng`ir-qora rangli, ZnS va СаS oq rangli, СdS, SnS, Аs2S3 sariq rangli, MnS teri rangli, Sb2S3 jigar rangli bo`ladi. Sulfid kislotadan analitik kimyoda qo`llaniladi, ya’ni kationlar shu asosda bir-biridan ajratiladi Na2S,CaS va BaS teridan tuklarni yo`qotish uchun ishlatiladi. ZnS – lyuminofor bo`yoqlar olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |