4. Pedagogik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy elementlari.
Har qanday pedagogik tadqiqot o'z ichiga yuqoridagi izchillikni olishi va bu tarkibiy qismlar orasida uzviy bog'liqlik bo'lishi lozim.
Pedagogik tadqiqotlarda asosan quyidagi yo'nalishlar bo'lishi mumkin.
1. Tarbiya nazariyasi.
2. Didaktika.
3. Oliy maktab pedagogikasi.
4. Pedagogik psixologiya.
5. Oila pedagogikasi, kasbga yo'llash, chet el pedagogikasi va boshqalar.
Tadqiqotning asosiy predmetlari qilib quyidagilarni olish mumkin.
1. O'qituvchi (yoki ota- ona) faoliyati.
2. Pedagogik jamoa (yoki oila) faoliyati.
3. Bolalar jamoasi faoliyati.
4. Jamoatchilik ishlari (ishlab chiqarish, turar joylardagi maktabdan tashqari muassasalari, klublar, madaniyat uylari va hakozolar).
5. Bolalarning o'z faoliyati.
6. Tarbiyaviy jarayon ob'ekti va sub'ektining o'zaro ta'siri.
Pedagogik tajribalarni umulashtirish, tadqiqot ishlarini o'tkazishning eng muhim yo'lidir. Masalan, ko'pgina tajribali o'qituvchilarning ish tajribalari pedagogik fikr taraqqiyotiga muhim ta'sir ko'rsatadi. Ilg'or pedagogik tajribalarga tayanish va uning ma'nosiga tushunish ko'pgina ilmiy ishlarning manbai hisoblanadi.
Ilg'or pedagogik tajribalar umumlashtirish va ularni qo'llash uchun quyidagilarga rioya qilish zarur:
1. Ilg'or pedagogik tajribalar umumlashtirish oldin mamlakat maktablaridagi tajribaning ilg'orligi nima bilan harakterlanadi, shahar yoki tumandagi maktabning ilg'or tajribasi hosil bo'lishida atrofdagi yoki mamlakatdagi ilg'or tajribalar qanday ta'sir qiladi, maktab tarixi, uning an'analari qanday, pedagogik jamoa qandayligini aniqlash muhim.
2. Maktab hayotining hamma tomonlari bilan amaliy tanishish zarur. Buning uchun bir kunda biror sinfdagi hamma darslarni kuzatish, tadqiqotchining qiziqtirayotgan o'quv predmeti darslarini kuzatish, shu sinfda bir hafta yoki bir oy davomida har - xil tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish kerak.
Agar tekshirishlarimiz bolalar bilan ishlashning ko'pgina shakl va metodlarida aks etsa, u holda bunday tajtibalarni ommalashtirish zarur.
3. Pedagogik tajribalarni o'rganishni o'quvchilar jamoasini, tarbiyachilarni, ularning ish uslubini, o'zaro munosabatlar, umumiy qarashlar, bir xil talablari kabilardan o'rganishdan boshlash kerak.Mana shular ilg'or tajribaning mohiyatini tashkil etadi. Bolalar va pedagoglar, o'quvchi va o'qituvchilar jamoasi o'rtasidagi munosabatlar tizimni o'rganish, shundan keyingina ilmiy xodimni qiziqtirgan muammo bo'yicha material yig'ishni bog'lash kerak.
4. Pedagogik tajribani to'g'ri tushunish va baholash uchun uni chetdan turib kuzgatmasdan, balki shu pedagogik jamoani a'zosi sifatida ishlash kerak (ya'ni etakchi, o'qituvchi, sinf rahbari sifatida) yoki o'quvchilarning tadqiqot guruhiga rahbar sifatida ishlash kerak) muammoli sovet tuzish. Har qanday holda ham ilmiy xodim maktabning o'quv tarbiyaviy ishlarida faol qatnashishi lozim, aks holda u ob'ektiv xulosa chiqara olmaydi.
5. Mamlakatdagi ilg'or o'qituvchilarning ish tajribasini o'rganishda pedagogika fani yutuqlariga asoslanib, hozirgi zamon fani pozisiyasida turib, tahlil qilish kerak.
6. Faqat birgina maktab yoki o'qituvchining tajribasi bilan cheklanib qolish ham to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun ham bir necha maktab va bir necha o'qituvchilar ish tajribalarini taqqoslash kerak. shundagina ilg'or pedagogik tajribaning mohiyati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |