O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI
“PEDAGOGIKA” KAFEDRASI
“IJTIMOIY PEDAGOGIKA” fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo’nalishlari
Talaba: 205-guruh talabasi
Karimova Zulayxo Dilshodovna
Ilmiy rahbar:----------------
PhD.Saidova B.N.
TOSHKENT – 2022
MUNDARIJA
Kirish
1.“Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari” fanining maqsad va vazifalari.……………………………………………………….
2 .Pedagogika fanining dolzarb muammolari. ………………
3 Pedagogik tadqiqotlar va ularning yo'nalishlari. …………
4. Pedagogik tadqiqotlarning asosiy tarkibiy elementlari……………………………………………………...
5. O‘qituvchi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni……………………………………………………………………….
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi - Mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Uchtepa tumanidagi 78-maktab 1967-yilda qurilgan. Maktabni qayta ta’mirlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilmoqda.
Prezidentimiz maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11-yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb kursi tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi, dedi davlatimiz rahbari. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining usluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur.
Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz.
Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi.
Shu yerda 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan "Prezident sovg‘asi" komplekti, maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan badiiy adabiyotlar, xalq ta’limi muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash rejasi namoyish etildi
“Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirish va ta’lim-tarbiya masalalari” mavzusi taniqli olimlar, yosh tadqiqotchilar tomonidan tayyorlangan ilmiy ma’ruza, maqola va tezislarda ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy nuqtai nazardan tahlil qilindi.
Konferensiyada Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nafaqat mustaqilligimiz asoschisi, balki mamlakatimiz tanlagan taraqqiyot yo‘lining rahnamosi, yirik islohotchi, barkamol avlod tarbiyasiga yangicha yondashuvning chinakam tashabbuskori sifatida xalqimiz qalbida abadiy qolishi ta’kidlandi. Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan ilg‘or g‘oyalar, konseptual fikrlar yoshlarni ma’naviy barkamol, mustahkam va faol hayotiy pozitsiyaga ega yetuk insonlar etib tarbiyalashda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotgani buning isbotidir.
– Bugungi globallashuv jarayonlari dunyoning g‘oyaviy-mafkuraviy qiyofasini o‘zgartirib, yangicha tafakkur uslubini taqozo qilmoqda, – deydi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori Baxtiyor Karimov. – Shu bois O‘zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuvi va ilm-fanni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talaba-yoshlarni muayyan mutaxassislik, kasb-hunarni chuqur egallagan kadrlar etib tarbiyalash bilan birga, Vatan va xalq manfaati yo‘lida fidoyilik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimiz mohiyati va qadrini teran anglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi, deb biladigan shaxslar qilib ulg‘aytirish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda Birinchi Prezidentimiz asarlarida ma’naviyat haqida bildirilgan ilmiy-metodologik fikrlar, g‘oya va tavsiyalarning ahamiyati katta.
Konferensiyada “Mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirishda Islom Karimov ma’naviy merosining o‘rni va ahamiyati”, “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yoshlar fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni”, “Yoshlarda konstruktiv hayotiy pozitsiyani shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari”, “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyatini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.
– Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yosh avlodni ma’nan yetuk insonlar etib tarbiyalashning nafaqat moddiy-texnik tomoni, balki nazariy-metodologik, huquqiy va tashkiliy asoslarini ishlab chiqishning tashabbuskori, barkamol avlod tarbiyasini umummilliy vazifa darajasiga ko‘targan buyuk shaxs edi, – deydi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori, professor Baxti Ochilova. – U kishining barcha asarlarida ma’naviyat va madaniyat muammolari bo‘yicha ilmiy asoslab berilgan qoida va xulosalar tamomila yangiligi, milliy va umuminsoniy ruhi mazmunan hamohangligi, Sharq falsafasi, islom ta’limotidagi ilg‘or g‘oyalarga asoslangani hamda mamlakatimiz istiqbolini nazarda tutgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Anjumanda Islom Karimov asarlarini o‘rganish, targ‘ib qilish, oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishni chuqurlashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy tavsiyalar qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |