O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tdpu professional ta’lim fakulteti 5110800-tasviriy san`at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 2021-2022 O’quv yili uchun ii-semestr dars jadvaliga tahlil dars



Download 164 Kb.
bet3/10
Sana05.07.2022
Hajmi164 Kb.
#740781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sevara ipi 2

II. O`quv rejasi quyidagi ko’rinishida keltirilgan

  1. Tartib raqami

  2. O’quv fanlari, integrallashgan kurslar, bloklar va ilmiy faoliyat turlarining nomlari

  3. Talabaning o’quv yuklamasi soatlarda: Umumiy yuklamaning hajmi; Auditoriya mashg’ulotlari (Jami, ma’ruza, amaliy, laboratoriya, seminar, kurs loyihasi); mustaqil ta’lim.

  4. Soatlarning semestrlar va haftalar bo’yicha taqsimoti. Masalan: 1-kurs 1-semestr uchun 18 hafta va 2-semestr uchun 18 hafta.

Masalan: “Tasviriy san’at metodologiyasi” faniga umumiy yuklama 126 soat. Shundan 72 soat auditoriya soati ya’ni 20 soat ma’ruza, 52 soat amaliy. 54soat mustaqil ta’lim uchun. Bu fan 1-kurs 1-semestrga mo’ljallangan va haftasiga 4 soatdan belgilangan.
Davlat attestasiyasi - 1. Fanlar (yoki fan) bo’yicha davlat attestasiyasi. 2. Magistrlik dessertasiyasini himoya qilish.
O’quv rejasi asosida oliy ta’lim muassasasi o’zining o’quv rejasini ishlab chiqadi. Oliy ta’lim muassasasiga haftalik yuklamani o’zgarishsiz saqlab qolgan holda bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10% gacha o’zgartirish huquqi beriladi.
I bosqich magistranti: Ashurova S
Kafedra mudiri: Xalilov R.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TDPU PROFESSIONAL TA’LIM FAKULTETI 5110800-TASVIRIY SAN`AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO’NALISHI 2021-2022 O’QUV YILI UCHUN KURS ISHI TAYYORLASH TIZIMIGA TAHLIL

Kurs ishlari fan yuklamasi tugatilgandan so’ng, talabalarda kasb ta’limi o’quv kurslari haqida to’liq ma’lumot shakllangandan keyin bajarilishi talab qilinadi. Kurs ishlari talabaning egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish, mustahkamlash va boyitish, egallangan bilimlarni amalda qo’llay olish, mustaqil ilmiy izlanishlar olib borish, adabiyotlar bilan ishlashga o’rgatish kabi maqsadlarni ko’zlaydi.


Kurs ishi mavzulari bir yil oldin kafedra majlisida muhokama qilinadi, tasdiqlanadi va talabalarga ma’lum qilinadi. Kurs ishi asosan 2,3 blok fanlari bo’yicha yoziladi. II blok:Umumkasbiy fanlar. III blok:Ixtisoslik fanlari.
Kurs ishini bajarish va shakllantirish o’rta va oliy pedagogika muassasalaridagi eng muhum va istiqboli ilmiy tadqiqot turi hisoblanadi. Talaba va o’qtuvchining hamkorligida bo’lg’usi pedagogning shaxsi shakllanadi, dolzarb pedagogik va metodik muammolarni hal etish ilmiy pedagogik va psixologik adabiyotlarni mustaqil tushinish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo’lash ko’nikmasi rivojlanadi. Kurs ishini bajarish o’quv rejasida ko’zda tutilgan va har bir talaba uchun zaruriydir. Talaba kurs ishini bajarish natijasida o’zining tadqiqod olib borish imkoniyatini ko’rsata bilishi kerak.
Kurs ishini tuzilishi quydagicha:

  1. Titul varog’i

  2. Mundarija

  3. Kirish

  4. Kurs ishining asosiy qismi

  5. Hulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

  7. Ilovalar

Kurs ishi va bitiruv malakaviy ishining o’xshash hamda farqli jihatlari shundaki bitiruv malakaviy ishining kurs ishidan farqli joyi (tajriba-sinov ishlarini o’tkazish imkoniyati va zaruriyati mavjud bo’lsa) shundaki har ikkala ishda pedagogik tajribaning tashkil etilishidir. Kurs ishini bajarish uchun talaba ta’kidlovchi tajriba bilan kifoyalanishi mumkin. Buning uchun u o’quvchi yoki talabalar bilan savol – javob (so’rovnoma, suhbat, test va boshqalar ) o’tkazadi. Kurs ishni bajarishdan maqsad o’rta maxsus ta’lim tizimida kasb ta’limi (mehnat ta’limi) fanlarini o’qitish, baholash metodikasini ishlab chiqish, o’quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish bo’yicha bakalavriat talabalarida bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, bo’lajak o’qituvchilarda mustaqil izlanish va ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
Kurs ishidan quyidagi ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalar amalga oshirilishi kerak.
Ta’limiy: talabalarda o’rta maxsus va kasb – hunar ta’limi muassasalarida o’qitish jarayonini va ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish, amalga oshirish va baholash bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Tarbiyaviy: mavzuning mazmun va mohiyatidan kelib chiqib talabalarda Vatanparvarlik, milliy g’oyani shakllantirish shuningdek, talabalarning yakka tartibda, mustaqil, kichik guruhlarda va jamoada ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Rivojlantiruvchi: talabalarning erkin fikrlash, mustaqil va ijodiy ishlash faoliyatlarini rivojlantirish.
Kurs ishning asosiy vazifalari:

  • Olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo’yicha tayyorlash sohasida ilmiy – tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash;

  • Mustaqil ma’lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish maqsadlarida vaziyatlarni o’rganishga bo’lgan bilimlarni egallash;

  • Tanlangan mavzu bo’yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar, hodisalar va muammolar mohiyatini ochish;

  • Mavjud materiallarni tizimlashtirish, tahlil qilish va qayta ishlash;

  • Kasb ta’limini samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.

Kurs ishini bajargandan keyin talaba quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarini egallashi kerak:

  1. tanlangan mavzu bo’yicha DTS, o’quv dasturi va darsliklarining uslubiy tahlilini amalga oshirish;

  2. o’rta maxsus va kasb – hunar ta’lim muassasalarida fanlarni o’qitish jarayonini tashkil etish va o’tkazish;

  3. o’quv amaliyotini ishlab chiqarish ta’limini tashkil etish va o’tkazish;

  4. o’quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish, o’tkazish va baholash;

  5. o’rta maxsus va kasb–hunar ta’limi uchun o’quv uslubiy mashg’ulotlarini ishlab chiqish;

  6. Kurs ishini bajarish quyidagi bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • Mavzuni tanlash.

  • Mavzuga oid adabiyotlar kartotekasini tuzish.

  • To’plangan adabiyotlar asosida mavzuning rejasini tuzish

  • Tuzilgan reja asosida mavzuni yoritish.

  1. Mavzuning metodik ishlanmasini yozish. Kurs ishini himoyaga 0,5 bosma taboq tezisini tayyorlash.

  2. Kurs ishini Davlat Attestatsiya komissiya oldida himoya qilish.

  3. Kurs ishning Kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi yoki munozarali tomonlari aks ettiriladi. Tadqiqot predmeti, ko’rib chiqiladigan muammolar, ishning maqsad va vazifalari belgilab olinadi. Kurs ishda imkon qadar oxirgi 5 yilda nashr etilgan adabiyotlar, ilmiy ishlardan hamda Internet yangiliklardan foydalanish tavsiya etiladi. Kirish kurs ish umumiy hajmining 10-12 foizini tashkil etishi lozim.

  4. Kurs ishning Asosiy qismi muammoli tadqiqot hisoblanadi. Muammoli tadqiqot ishlarda talabalar chuqur ilmiy izlanishlar olib borib muayyan bir muammoni ilmiy tarzda yechilishini hal etib beradilar.


  5. Download 164 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish