Quyidagi tushunchalarni bilish. Natural sonlar. Kasrlar. Juft va toq sonlar, matematik formulalar. Arifmetik amallar. Sonlar qatori. Izchillik. Matematik masalalar. Sonli boshqotirmalar. Mantiqiy masalalar. Kombinatorika. Muhim arifmetik amallar. Matematik formulalarning obyekt va shakllar bilan aloqasi. Tartiblash. Matematik, mantiqiy masalalarni, sonli boshqotirmalarni yechish usullari.
Quyidagilarni bajara olish. Hisoblash: sonlar qatori, mantiqiy misol va masalalarni, sonli boshqotirmalarni Tushirib qoldirilgan raqamni topish. Aniqlash: sonlar qatorida raqamlar ketma ketligini muhim xususiyatlar, tushirib qoldirilgan sonni hisoblash, mantiqiy masalalarni, sonli bosh qotirmalarni yechish Belgilash: sonlar qatorida sonlarning mantiqiy ketma-ketligini; tushirib qoldirilgan sonni hisoblashni; mantiqiy misol va masalalar, sonli boshqotirmalar yechimlarini; son va shakllarning mantiqiy bog‘liqligini
Verbal testlar
|
Quyidagi tushunchalarni bilish. Leksika (so‘z shakllar, antonimlar, sinonimlar, omonimlar, paronimlar). Orfografiya.
Quyidagilarni bajara olish. So‘zlar shakl va ma’no munosabatini tushunish So‘zlarning lug‘aviy ma’nosini tushunish So‘z va tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy qonuniyatlarini tushunish; so‘zlarning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini anglash. Berilgan shart asosida so‘z (so‘zlar) shakllarini tuzish
|
Verbal mantiqiy testlar
|
Quyidagi tushunchalarni bilish. Alifbo. Son bilan ifodalangan anagrammalar. Harf bilan ifodalangan anagrammalar. So‘zlarning ma’nosi. So‘zlarning o‘zaro bog‘liqligi. Tushunchalar klassifikatsiyasi. Tabiiy fanlar, til va adabiyot, san’atga oid tushunchalar.
Quyidagilarni bajara olish. Aniqlash: son va harflarning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini; alifboda harflar ketma-ketligining mantiqiy qonuniyatlarini Anagrammani yechish. Tushunchalarni klassifikatsiyalash. So‘zlarning o‘zaro mantiqiy bog‘liqligini tushunish. So‘zlarning birlashtiruvchi xususiyatlarini tushunish. So‘zlarning ma’no jihatdan farqlanishini tushunish.
|
Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Hozirgi o’smirlar o’tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o’sish oldinroq namoyon bo’lmoqda. Shu sababli bizda o’g’il va qizlarni 10-11 dan 14-15 yoshigacha o’smirlik yoshida deb hisoblanadi.
Venalik psixolog Z. Freyd va uning shogirdlari o’smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan o’z mavqyeini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu intilish go’yoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik, paydo bo’lishga, atrof-muhit bilan kelisha olmaslikka, hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik extiyojlari va mayllari shaxsning faolligini belgilar emish.
Ayrim psixologlar biogenetik o’sishning biologik omillariga, ya’ni jinsiy yetilishga alohida ahamiyat beradilar. Ularning fikricha, o’smirning psixik jihatdan inktfozga yetaklovchi, hayajonga soluvchi subyektiv ichki kechinmalari o’g’il va qizlarni tanholik psixologiyasiga tortar emish. O’smir uchun xarakterli norozilik, qo’pollik, qaysarlik, shafqatsizlik, tajanglik, ginaxonlik, tajovuzkorlik kabi illatlar jinsiy yetilishning mahsuli yangi tuyg’ular, mayllar, kechinmalar o’smir xatti-harakatida hukmron bo’lib, uning xulq-atvorini boshqaradi deb tushuntirilmoqda. O’smirlikning psixologik qiyofasi, holati, imkoniyati yagona sof biologik omilga bog’liq emasligi hammaga ayondir.
Amerikalik psixolog R. Kulen o’smirlik davri haqidagi biogenetik nazariyani qattiq tanqid qilib, o’smirlik davri ijtimoiy-axloqiy kategoriyadir, degan g’oyani olg’a suradi. Ammo noto’g’ri nuqtai nazardan o’smirdikni biologik va psixologik kategoriyadan tashqari, deb hisoblaydi. R.Kulenning fikricha, o’smirlik davrida uchta asosiy ijtimoiy-axloqiy tamoyil mavjud bo’lib, ular emansipasiya (kattalar ta’siridan qutulish) va mustaqillikka erishish, hayot yuli va kasb-hunar tanlashga jiddiy munosabatda bo’lish, zarur ijtimoiy-axloqiy normalarni o’zlashtirishdan iboratdir. Uning fikricha, bola yuqoridagi muammolarga e’tibor bermas ekan, o’smirlik davri qancha bulishidan qat’i nazar, u bolaligicha qolaveradi. R. Kulen o’z nazariyasida biologik omillarni ham, o’smirlik davridagi o’sishning psixologik xususiyatlarini ham hisobga olmaydi, aksincha, ularni batamom inkor qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |