О‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА О‘RTА MАXSUS TА’LIM VАZIRLIGI
NIZОMIY NОMIDАGI TОSHKЕNT DАVLАT PЕDАGОGIKА UNIVЕRSITЕTI
MАGISTRАTURА BО‘LIMI
Mutаxаssislik: 5А111701 – “Tа’lim vа tаrbiyа nаzаriyаsi vа mеtоdikаsi” (Bоshlаng‘ich tа’lim)
“Bоshlаng‘ich tа’lim” kаfеdrаsi
Orifova Oqilaxon Javlon qizi
“Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatga oid ilk invariantiv va variantiv tushunchalarni shakillantirish”
mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishining tajriba-sinov
DASTURI
Tоshkеnt-2022
“Boshlang’ich sinf o’quvchilarida tabiatga oid ilk invariantiv va variantiv tushunchalarni shakillantirish”
mavzusidagi magistrlik dissertatsiya doirasida ishlab chiqildi.
Dasturda:
O’quvchilarni tabiatga bo’gan e’tibori, mehri, undagi boyliklardan oqilona foydalanish, unga zarar yetkazmaslik va undagi barcha o’zgarishlar, kompanentlarni o’rganishdan iborat bo’ldi. Dasturda jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlarga milliy, umumiy tarbiyani berish, ularni tarbiyalash sohasida qo‘yilgan maqsad va vazifalar o‘z ifodasini topgan. Pedagogika fan dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi o‘zining kundalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quv dasturiga mahalliy sharoitni hisobga olib ma’lum o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Bu borada bir qancha talablar hisobga olinishi lozim. Dasturning mazmuni pedagogikaning didaktik prinsiplarga to‘la – to‘kis javob berishi, ilmiy va mafkuraviy jihatdan puxta bo‘lishi, murakkabligi ortib borishi hisobga olingan holda va ona tili fanining tanlangan didaktik tizimiga muvofiq ravishda, muayyan izchillikda bayon qilinishi, turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi lozim.
O‘quvchilardagi fanlarga bo’lgan qiziqishini o‘z vaqtida aniqlash va ularni to’g’ri yo’naltirib, tabiatga bo’lgan bilimlarini takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir. Bunda o‘quvchilarni e’tiboriga eng avallo atrof muhitdagi o’zgarishlar, unga tasir etayotgan tabiiy va antropogen omillar bilan tanishtirishdan iborat.
Tajriba – sinov ishlarini amalga oshirish uchun 2021-2022-o‘quv yillar mobaynida Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 313-maktab 4-A sinf o‘quvchi va o‘qituvchilari bilan tadqiqot o‘tkazildi. Guruhda boshlang‘ich sinflarda kreativ fikrlash qobiliyatlarni rivojlantirish bo‘yicha biz tuzgan so’rovnoma o’tkazildi.
Ushbu ta’lim muassasalariga ma’lumotlarni olish uchun jadvalda ko‘rsatilgan sanalarda borish rejalashtirildi. Borilganda ularga to‘ldirish uchun anketa so‘rovnoma taqdim etildi.
№
|
Hudud nomi
|
Muassasa nomi
|
Muassasa manzili
|
Muassasada so’rovnoma o’tkazilgan sana
|
1.
|
Toshkent shahar
|
313-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab
|
Yunusobod tumani
|
29.04.2022
|
Kafedra mudiri: p.h.d. Abrorxonova K.
Ilmiy rahbar: dots. Ismatova Z.
Tadqiqot o’tkazuvchi magistrant Orifova O.
Do'stlaringiz bilan baham: |