301
1. Didaktik qobiliyatlar.
Bu bolaga o‘quv materialini aniq va ravshan
tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‘otib,
ularda
mustaqil faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatdir.
Didaktik qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi zarurat tug‘ilganda qiyin o‘quv
materialini osonroq, murakkabrog‘ini soddaroq, tushunish qiyin bo‘lganini
tushunarliroq qilib, o‘quvchilarga moslashtirib bera oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog
N.Gonobolin
juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko‘ra bilish xarakteridagi matnda
o‘qituvchining fikri bo‘yicha ayrim sinf o‘quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan
qismlarni alohida ko‘rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib
berish, shundan so‘ng esa matnni o‘quvchilarga yengil va ularning o‘zlashtirishlari
uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya etiladi.
Qobiliyatli o‘qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o‘zlashtirish,
o‘quvchilarni diqqat e’tiborini jalb qilishni ham nazarda tutadi. Bunday o‘qituvchi
zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan
boshlangan dars o‘quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib,
miya faoliyatini tormozlaydi va o‘qituvchining so‘zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.
2. Akademik qobiliyatlar
– matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot,
tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o‘qituvchi o‘z fanini
faqat fan doirasidagina emas, balki
atroflicha keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni
doimiy ravishda kuzata borib, o‘quv materialini mutlaqo egallab, unga katta
qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo‘lsa-da tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko‘pchilik tajribali
pedagoglarning aytishlaricha, o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha
bunday yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda
qoldirish, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota olish uchun u yuksak madaniyatli,
har tomonlama mazmunli keng dunyoqarashli odam bo‘lmog‘i lozim.
3. Perseptiv qobiliyatlar
– bu psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchi
shaxsining individual psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yondoshish,
o‘quvchining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog‘liq nozik tomonlarini tushuna
bilishdan iborat qobiliyatdir.
4. Nutq qobiliyati
– kishining o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan
birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish
qobiliyatidir. Bu o‘qituvchilik kasbidagi muhim hislatlardan biri hisoblanadi.
Chunki o‘qituvchidan o‘quvchilarga uzatiladigan axborot
asosan ikkinchi signal
tizimi – nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashqi
xususiyatlari nazarda tutiladi. O‘qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq-ravshan, oddiy
va o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday
tuzilishi kerakki, bunda o‘quvchilarning diqqat-e’tibori yuqori darajada
faollashtirilishi lozim. Qobiliyatli o‘qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan,
intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy bo‘lib, bunda stilistik va grammatik xatolar
mutlaqo bo‘lmasligi lozim. Bir xil ohangdagi nutq o‘quvchilarni juda tez
toliqtiradi. Shu bilan birga bunday nutq I.P. Pavlovning fiziologik ta’limotiga
ko‘ra, doimiy ta’sir etuvchi qo‘zg‘atuvchiga aylanib, bosh miya katta yarim sharlar
302
po‘stlog‘ida tormozlanish jarayonini yuzaga keltiradi va o‘quvchida diqqat
tarqalishiga sabab bo‘ladi. Nutq tezligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining individual
psixologik xususiyatlariga bog‘liq .
Shoshqaloq nutq bilim o‘zlashtirishga
halaqit berib, bolalarni tez
toliqtiradi va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O‘ta sekin
nutq lanjlik va zerikishga sabab bo‘ladi. Nutqning balandligi - qattiq gapirish
ham xuddi shu singari hollarga olib keladi. Haddan tashqari qattiq, keskin,
baqirib gapirish o‘quvchilarning asabiga tegib, ularni tez toliqtiradi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati
-bu birinchidan, o‘quvchilar
jamoasini
uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o‘zining shaxsiy
ishini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
O‘qituvchining o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri
rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda
vaqtta nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik - ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab,
mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi.
Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham mumkin.
Lekin bu yo‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo‘lishi
mumkin. Tajribali o‘qituvchilar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars
rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya
etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo,
ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday
qo‘shimcha materiallarn tayyorlash yoki vaqt yetmay qolgan taqdirda qanday
materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.
6. Avtoritar qobiliyati
- bu o‘quvchilarga bevosita
emotsional - irodaviy
ta’sir etib, ularda obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir.
Avtoritar qobiliyat o‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi,
o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy hislatlari hamda
qator shaxsiy hislatlarga, shu bilan birga o‘quvchilarni ta’lim-tarbiyasida
javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o‘quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy
e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi hislatlarga ham bog‘liqdir.
7. Kommunikativ qobiliyati
- bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga,
o‘quvchilarga yondashish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan
pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga
pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog
Do'stlaringiz bilan baham: