Fanning vazifasi:
- insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi faoliyatini hamda kishilarning ma’naviy turmushiga va madaniyatga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilish;
- talabalarning turli tarixiy davr madaniyatlari va ijtimoiy-madaniy guruhlarning urf-odat va turmush tarzi to‘g‘risidagi bilimlar bilan boyitadi. Madaniy turmush voqeliklarini yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko‘plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko‘rsatish;
- talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi, ularga yangi ma’lumotlar berish bilan birga, yoshlarda madaniyat voqeliklari bilan munosabatda bo‘lish malakasini hosil qilish;
- talabalarga jahon madaniyati va uning tarkibiy qismi bo‘lgan yangi O‘zbekiston madaniyatining rivojlanish tarixi, xususiyatlari, o‘zaro aloqadorligi muammo va istiqbollari to‘g‘risida bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, milliy, etnomadaniyat va o‘zga millatlar madaniyati, qadriyat va bag‘rikeng(tolerant)lik, hurmat ruhida tarbiyalashni nafaqat yurtimizda, balki xorijda ham targ‘ib qilishga ko‘maklashish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
“Madaniyatshunoslik” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- Madaniy taraqqiyot xususiyati va qonuniyatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, mantiqiy tafakkur madaniyatining inson hayot va fikrlash tarzining takomillashtirishdagi roli va ahamiyati, Sharq va G‘arb olimlarining yetakchi g‘oyalari, ilmiy va ma’naviy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘zaro aloqadorligi, kasbiy faoliyatda madaniyatshunoslikning metodologik ahamiyati, global jarayonlarda analitik va va mantiqiy tafakkurning roli haqida;
tasavvurga ega bo‘lishi;
- fanning predmeti, nazariy-metodologik asoslari, rivojlanish bosqichlari va uning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni, Qadimgi va O‘rta asrlar Sharq va G‘arb madaniyati, Yangi va Eng davr madaniyati xususiyatlari;
- talaba bashariyat tomonidan asrlar davomida yaratilgan madaniyat, uning taraqqiyoti qonuniyatlari va tamoyilari haqida, madaniy jarayonlarning takomil bosqichlari va hozirgi holati haqida chuqur bilim va malakaga ega bo‘lishi, bu bilimlar orqali o‘zining madaniy tafakkuri va dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘lishi;
- “Madaniyatshunoslik” fani bo‘yicha tizimli bilimlarga ega bo‘lishi;
- fan haqida umumiy tushuncha - tasavvur va bilimga ega bo‘lishi, zamonaviy ilmiy asoslarda - ulardan hayotiy va kasbiy faoliyatida foydalana olishi;
- xalqimiz tomonidan yaratilgan madaniyat durdonalarini qadrlash, uning o‘ziga xos qadriyatlarini puxta egallash va shu bilim, ko‘nikmalar orqali begona ta’sirlarga murosasiz munosabatda bo‘lish hamda ma’naviy tahdidlar, axborot xurujlariga qarshi kurasha olish;
- yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtira olish, takomillashtirish va o‘z mehnatini ilmiylik va bunyodkorlik asosida tizimli tashkil qilish;
- fikr va qarashlarini og‘zaki va yozma ravishda adabiy til qoidalari asosida konstruktiv, mantiqiy ifoda etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |