O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti shahrisabz filiali



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/179
Sana02.06.2022
Hajmi4,01 Mb.
#630364
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   179
Bog'liq
fayl 1044 20210522

 
Mavzu bayoni: 
 
Reja:
1. Kuyish.
 
2. Sovuq urish.
 
3. Elektr tokidan shikastlanish.
 
4. Suvga cho`kish 
Kuyish.Yuqori harorat, kimyoviy moddalar, nurlar ta`sirida shikastlanishdir. 
Sababi. Qaynoq suv, olov, yonib turgan gaz, bug`, kislota, ishqor, quyosh nuri, radioaktiv 
nurlar. 
Belgilari. Kuyish to`rt darajada bo`ladi: 
I-daraja - teri qizaradi, shishadi, achishadi, og`riydi; 
II-daraja - kuygan terida har-xil kattalikdagi ichida tiniq suyuqlik bo`lgan pufakchalar hosil 
bo`ladi; 
III-daraja - teri va uning ostidagi to`qimalar qorayadi (nekrozlanadi). Bemor ahvoli og`ir 
bo`ladi; 
IV-daraja - teri va teri ostidagi to`qimalardan tashqari muskul, suyak ham qorayadi.Bemor 
ahvoli o`ta og`ir bo`ladi. 
Kuygan joydagi nerv tolalaridan o`tadigan og`riq impulslari markaziy nafas va yurak-qon 
tomirlarining miyadagi nerv markazlari faoliyatini buzilishiga olib keladi. Natijada qon 
tomirlari devorining o`tkazuvchanligi oshib, qonning suyuq qismi to`qimalarga o`tadi va qon 
quyuqlashadi, uning tomirlarda harakatlanishi qiyinlashadi. Kuygan to`qimalarda hosil bo`lgan 
zaharli moddalar qonga o`tib, organizmni zaharlaydi. 


99 
III- IV-darajali kuyish tufayli yuzaga keladigan og`ir kasallik holati uch davrda kechadi: 
1.Kuyish tufayli og`riq natijasida bemorda yuzaga keladigan shok holati. 
2.Kuygan to`qimadan zaharli moddalar va mikroblarni qonga o`tishi tufayli,toksikoseptik holat 
yuzaga keladi. 
3.Bemorni sog`ayishi yoki hayotdan ko`z yumishi. 
III- IV-darajali kuyish tufayli yuzaga keladigan shok holati. 
Shok holati ikki davrda kechadi: 

Shokning eriktil davri
.
Bunda bemor bezovtalanadi, oyoq-qo`llarini tipirchilatadi. Ko`p 
gapiradi, alaklaydi. Tomir urishi tezlashadi, arterial qon bosimi biroz kutarilgan bo`ladi; 
- Shokning torpid davri. Bemorda harakatlar so`nadi, u qimirlamay yotadi, savolga javob bera 
olmaydi, terisi oqaradi, tomir urishi kuchsiz, arterial qon bosimi pasayadi. 
Bemorning toksikoseptik holati. Bu davr kuyish sodir bo`lganidan 1-2 kun o`tgach boshlanadi. 
Intoksikatsiya (zaharlanish) natijasida tana harorati ko`tariladi, nafas olish qiyinlashadi, 
o`pkada pnevmoniya, yurakda miokardit kasalliklari yuzaga keladi. Tomir urishi tezlashadi, 
arterial qon bosimi pasayadi. Bemor karaxt holatida qimirlamay yotadi. Terisi oqaradi, qo`l-
oyoqlari sovuq bo`ladi. 
Uchinchi davr - kuyish juda og`ir bo`lsa, shok va toksikoseptik
 
holatidan chiqmay bemor 
hayotdan ko`z yumadi. Yoki o`z vaqtida ko`rsatilgan sifatli tibbiy yordam natijasida bemor 
tuzaladi. Ammo, kuygan soha terisida jarohatning o`rni qoladi. 
Tibbiy yordam. 1. I darajada kuygan joy qo`l tekkizmasdan sovuq suv bilan yuvib, spirt (aroq, 
odekolon) surtiladi, kun davomida bir necha marta oksiklozol, pantinol, levian kabi 
aerozollardan bittasi sepib yoki surtib turiladi. 
2. II darajada kuygan joy sovuq suv bilan yuvilgach, spirt (aroq, odekolon) surtilib, bo`shgina 
aseptik bog`lam qo`yiladi (pufakchalarni yorish, yog`, vazelin surtish mumkin emas). 
- og`riq qoldiruvchi dorilar:analgin (baralgin), demidrol, novokain qo`shib muskul orasiga 
yuboriladi;
- bemorni issiq ko`rpaga o`raladi, issiq choy, kofe ichiriladi; 
- yurak-tomir ishini yaxshilovchi dorilar: kofein, kordiamin, kamfora (bittasi)-1 ml teri ostiga; 
- birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgach bemor (I-II-daraja) poliklinikaning jarroh yoki 
travmotolog shifokoriga yuboriladi. 
3. III-IV darajali kuyishda tez yordam chaqirilib bemor zudlik bilan travmatologiya 
shifoxonasiga yuboriladi. Tez yordam kelgunicha, quyidagi birinchi tibbiy yordam ko`rsatiladi: 
- og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin)-1-2 ml,demidrol-1ml, novokain-2-3 ml muskul 
orasiga;
- yurak-tomir ishini yaxshilash uchun kofein, kordiamin, kamfora (bittasi)-1 ml teri ostiga; 
- bemorning kuygan kiyimlari qaychi bilan kisib olinadi (yechintirish qiyin). So`ngra ustiga 
toza choyshab yopiladi (prostina). 
Sovuq urish. Past harorat ta`sirida teri va uning ostidagi to`qimalarda va bemorning umumiy 
organizmida yuzaga keladigan og`ir kasallik holati bilan xarakterlanadi. 
Sababi.
 
Harorat 0є C dan past bo`lganida sovuq uradi. Ammo, namlik yuqori, shamol, kiyim-
bosh yupqa bo`lsa, harorat 0є C dan yuqori bo`lganida ham sovuq urishi mumkin. 
Odamni mast holatida, poyafzal torligida, kiyimlar ho`l bo`lganida, uzoq vaqt sovuq havoda 
qimirlamay turganda, havo harorati +5 bo`lsa ham sovuq urishi mumkin.Charchash, och qolish 
va holdan toyish odamni sovuq urishga moyil qilib qo`yadi.
Belgilari.
 
Sovuq urishning boshlanish davrida teri rangi o`zgaradi, sezuvchanlik pasayadi. 
Sovuq urishning to`rt darajasi tafovut qilinadi: 
I daraja - sovuq urgan joy qichishadi, og`riydi. Sezuvchanlik asta-sekin yuqoladi. Oqarib turgan 
terida qizil, ko`k, binafsha rangli dog`lar paydo bo`ladi. 
II daraja –sovuq urgan joyda ichida loyqa suyuqlik bo`lgan pufakchalar paydo bo`ladi. 
III daraja - terining sovuq urgan sohasidagi to`qima nekrozlanadi (qorayadi) va 7-10 kun 
davomida tushib ketadi. Uning o`rnida chandiq hosil bo`ladi. Tushib ketgan tirnoq qayta o`sib 
chiqmaydi.Tuzalish jarayoni 2 oygacha davom etadi. 


100 
IVdaraja - sovuq urgan koyda teri ostidagi yumshoq to`qima, muskul, pay, suyaklar ham 
nekrozga uchraydi (qorayadi). 
Tibbiy yordam: 
I daraja - sovuq urishda shu sohaga spirt, yoki aroq surtiladi. 
II darajasida sovuq urgan soha iliq suv (yuz, quloq, burun, issiq paxta) bilan isitilgach, 
pufakchalarga spirt (aroq) surtilib, aseptik bog`lam qo`yiladi. 
Og`riq qoldiruvchi, yurak-tomir ishini yaxshilovchi dorilar yuboriladi, issiq choy, kofe, 
ichiriladi. So`ngra, bemor poliklinikaning travmatolog shifokoriga yuboriladi. 
III-IV darajali sovuq urushda bemor zudlik bilan travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi. 
- Shifoxonaga yuborish oldidan og`riq qoldiruvchi dorilar: analgin (baralgin), demidrol, 
novokain qo`shib muskul orasiga;
- Yurak-tomir ishini yaxshilovchi kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) teri ostiga in`yeksiya 
qilinadi; 
- Shifoxonada bemor umumiy qoida bo`yicha davolanadi; 
- Kollaps, shokka qarshi tadbirlar o`tkaziladi; 
- Shuningdek, qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. 
Elektr tokidan shikastlanish. Sababi. Xavfsizlik qoidalariga amal qilmaslik, elektr toki bilan 
ishlaydigan asboblarning nosozligi va boshqalar. 
Belgilari
.
Tok urgan joy terisi kuyadi, bemor hushini yo`qotadi, nafas, yurak to`xtashi mumkin. 
Tibbiy yordam.
 
1.Odamni tokdan ajratish. Buning uchun yordam ko`rsatuvchi o`ziga nisbatan 
ehtiyot choralarini ko`rish kerak (quruq tayoq, rezina qo`lqop, rezin etik yoki kalish kiyish va 
hokazo). 
2.Tez yordam chaqiriladi.U kelgunicha, quyidagicha tibbiy yordam ko`rsatiladi: 
- kofein, kamfora, kordiamin (bittasi) teri ostiga; 
- nafas to`xtagan bo`lsa, sun`iy nafas beriladi (og`izdan-og`izga yoki og`izdan-burunga); 
- yurak to`xtagan bo`lsa, yurak massaj qilinadi (1 marta nafas berganda yurak 4-5 marta massaj 
qilinadi). 
- bemor hushiga kelganidan keyin terining kuygan jarohati aroq yoki spirt bilan artilib, toza 
bog`lam qo`yiladi. 
- birinchi tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqirilib, bemor travmatologiya 
shifoxonasiga yuboriladi. 
Suvga cho`kish. Sababi. O`zini suvga tashlab joniga qasd qilish, boshqa kishi tomonidan suvga 
itarib yuborish, mastlik holatlari, cho`milish qoidalariga rioya qilmaslik, cho`milish havzalarini 
nazoratsiz qoldirish va hokazo. 
Cho`kkan kishini suvdan olib chiqilganda, unda quyidagi belgilar bo`lishi mumkin: 
- teri oqaradi, ko`karadi, qaltirash, sovqotish, holsizlanish, og`iz va burundan suyuqlik kelishi, 
hushini yuqotishi, nafas va yurak to`xtashi mumkin, ko`z qorachigining kengayishi, qon 
bosimining pasayishi kabilar. 
Tibbiy yordam

1
.
Bemorni suv ostidan olib chiqilgach nafas yo`llariga kirgan suyuqlikni 
chiqarish uchun oyog`idan ko`tarib silkitiladi. Agar yordam beruvchi bir kishi bo`lsa tizzasiga 
bemorni qornini qo`yib, boshini past qilinadi.Og`iz va burundagi suv, ko`pik ro`molcha bilan 
tozalanadi, yoki rezina baloncha bilan so`rib olinadi. 
2.Teri ostiga kofein, kamfora, kordiamin (bittasi)-1 ml in`yeksiya qilinadi. 
3.Nafas to`xtagan bo`lsa, sun`iy nafas beriladi. Yurak to`xtagan bo`lsa, u massaj qilinadi. 
4.Tibbiy yordam ko`rsatish jarayonida tez yordam chaqiriladi yoki to`gri kelgan transportda 
bemor travmatologiya shifoxonasiga yuboriladi. 


101 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish