Harakatlardagi tezkorlikni tarbiyalash metodikasi. Harakatlardagi tezkorlikni tarbiyalash jarayonida organizmni funksional imkoniyatini har tomonlama oshirish kerak. Chunki insonning u yoki boshqa harakatda maksimal tezlikni ko‘rsata olishi faqat tezkorlikni rivojlanishiga bog‘liq bo‘lib qolmasdan balki boshqa faktorlarga: dinamik kuch darajasiga, egiluvchanligiga, texnikani egallaganligiga va h.k.larga bog‘liq. Shuning uchun harakatlardagi tezkorlikni tarbiyalash katta ahamiyatga egadir.
7.5.Koordinatsion - harakat qobiliyatlarini tarbiyalash metodikasi.
Yangi harakat faoliyatlariga o‘g‘ratish va takomillashtirish jarayonida ta’sir etuvchi qobiliyatlar to‘g‘risida fikrlashar ekanmiz, avvalam bor anchadan beri chaqqonlik haqida gapirib kelganmiz. To‘g‘ri, hozirgacha bu fikr davom etmoqda va xali chuqur o‘rganilgani yo‘q. Lekin oxirgi yillar adabiyotlarida taxminan 90-yillarda bu tushunchani ko‘proq "Koordinatsion qobiliyatlari" bilan boglashmoqdalar, chunki: birinchidan, yangi harakat faoliyatlarini bajarishda va tuzilishida har bir harakatning bir biriga moslashtirishga qaratilgan qobiliyatidir.
Ikkinchidan, harakat faoliyatini to‘satdan o‘zgarayotgan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez qayta qurish qobiliyati sifatida qarash mumkin.
Qoordinatsion qobiliyatining bu ikkala tomoni bir biri bilan chambarchas bog‘liq va o‘zining maxsus xususiyatlariga ega. Bular turli harakat vaziflarini yechishda va har xil koordinatsion qiyinchiliklarni yengishda vujudga keladi. Albatta bu koordinatsion qiyinchiliklar va ularni yengish har xil bo‘ladi. Masalan, gimnastika bilan shug‘ullanuvchilar eng murakkab gimnastik-koordinatsion kombinatsiyalarni oson va muvaffaqiyatli bajaradilar.
7- jadval
Koordinatsion qobilyatlarni tarbiyalash metodikasi.
Lekin, ko‘pincha sharoit, atrof-muhit o‘zgarishi bilan bu kombinatsiyani sifatli bajara olmaydilar. Sport o‘yinlarida shugullanuvchilar eng murakkab harakatlarni bir-biriga molslashtirib bajaradilar, lekin sport o‘yini bilan bog‘liq bo‘lmagan harakatlarni tez o‘zlashtira ololmaydilar.
Majmua holda bajariladigan bu koordinatsion - harakatlar qobiliyatini bir o‘lcham bilan baholab bo‘lmaydi. Baholashda har xil tashqi ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Bularning ichida nisbatan asosiylari bu:
a) harakat faoliyatlarining yangi shaklini o‘rganishga sarflangan vaqt, murakkab mashqlarni o‘zlashtirishga sarflangan vaqt qancha kam bo‘lsa shuncha bir xil sharoitda uning koordinatsion harakat qobiliyatlarining rivojlanganligi yuqori bo‘ladi.
b) shular qatori faoliyatning koordinatsion murakkabligi ham hisobga olinadi hamda harakatlarning aniqligi shunday qilib bir biridan farq qiladi.
Har bir harakatda o‘ziga xos koordinatsion qobiliyatlari, talablari bor. Ular shu qobiliyatlarning o‘lchamlaridir, ya’ni: a) harakat faoliyatining koordinatsion murakkabligi; b) harakatning aniqligi; v) harakatlarni o‘zlashtirib olishga sarflangan vaqtdir. Demak, koordinatsion qobiliyatlari - bu baholash uchun yagona kriteriyaga ega bo‘lmagan murakkab majmua sifatidir. Koordinatsion qobiliyatlari - bu inson o‘z harakati faoliyatida to‘satdan o‘zgaruvchan sharoit talablariga muvofiq ravishda yangi harakatlarni tezda egallash va tezda qayta ko‘ra olish qobiliyatidir. (jadval 8)
Hayotda va umuman jismoniy tarbiyada uchratiladigan harakatlarni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin: 1. Nisbatan stereotip harakatlar - yengil atletika yo‘lkasida yugurish, uloqtirsh va sakrashlar, gimnastik mashqlari, tennis; 2. Nostereotip harakatlar - sport o‘yinlaridagi harakatlar yakkakma-yakka olushuvdagi, "slalom"dagi, krossdagi harakatlar.
Stereotip harakatlaridagi aniqlik, jumladan, kishi bu harakatlarni bajarishni qanchalik uzoq o‘rganganligiga bog‘liq. Agar inson o‘zi uchun yangi harakatlarni birdaniga bajara boshlasa, bu harakatlarni o‘zlashtirib olishga ko‘proq vaqt ketkazgan kishiga qaraganda chaqqonroq hisoblanadi.
Stereotip harakatlarda vaziyat to‘satdan o‘zgargandagina chaqqonlik harakatni o‘zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda tez o‘zgartira bilishlari kishining harakatini maqsadga muvofiq qayta qurish uchun sarflangan vaqti bilan ifodalaydi.
Psixologik nuqtai nazaridan koordinatsion qobiliyatlar xususiy harakatlarni o‘zlashtirish va atorof muhitning to‘liqligiga; tashabbuskorligiga bog‘liqdir. Koordinatsion qobilyat tezkorlik va murakkab reaksiyalarning aniqligi bilan chambarchas bogliqdir.
Koordinatsion - harakat qobiliyatlarini tarbiyalashda quyidagi vazifalar hal etilishi lozim: 1. Yangi harakat shakllarini bajarish qobiliyatlarini takomillashtirish harakatlarni samaradorligini oshirishga qaratilgan; 2. Sharoit o‘zgarishiga binoan koordinatsion-harakat shakllarini qayta qurish qobiliyatini takomillashtirish; 3. Har xil charchashga olib keluvchi qiyinchiliklarga qarshi koordinatsion - harakat shakllarining mustaµkamligini oshirish.
Yuqorida qayd etilgan vazifalar sezgi funksiyalarini, harakatlarni aniqligini harakat tajribalarini muntazam bajarishini va boshqalarni mustahkamlashga va takomillashtirishga yo‘naltirilgandir.
Koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalash vositalari. Koordinatsiya qobiliyatlarini tarbiyalashda turli-tuman jismoniy mashqlarni vosita sifatida qo‘llash mumkin, lekin bu mashqlar har xil koordinatsiyaon harakatlar murakkabligi bilan bogliq bo‘lib, uni yengish talablariga egadir. Umuman, mashqlar texnikasini o‘zlashtirish jarayonida har xil qiyinchiliklarni yenga olishga to‘g‘ri keladi. Shuni ham aytish kerakki, bu mashqlarni o‘rganishda ular mustahkamlanadi va murakkabligi yo‘qolib boradi. Demak: koordinatsion harakat qobiliyatini oshirish uchun koordinatsion-harakatlar faoliyatini murakkabligini o‘zgartirib borish maqsadga muvoffiqdir
8- jadval
Koordinatsion qobiliyatlarni tarbiyalash vositalari
Panja va qo‘l mushaklarining kuchlarini tarbiyalashga oid mashqlar.
|
1.joydan uzun sakr ko‘p sakrash vazifa asosida sakrash.
2. ko‘rsatilgan ba-landlik asosida sakrash.
3.ko‘rsatilgan maso-faaga va nishonga koptokni otish to‘ldirma to‘plar tennis koptogi, v/b b/b va h.k.
|
Fazo sezgini tarbiyalashga oid mashqlar.
|
1. buyumlar bilan qo‘llarni (oyoqlarni) ko‘rsatilgan burchakkacha ko‘tarish: 30, 45, 60, 90, 120, va h. K.
2. berilgan vazifa-lar bo‘yicha masofa-ni qadlab o‘tish (10, 20, 30, 50, 60, 100m va h.k.)
Burilishlar.
|
Vaqt sezgini tarbiyalashga oid mashqlar.
|
1. Qat’iy belgi-langan vaqt davomida yurish, yugirish, sakrash, irg‘itish, URM.
2. belgilangan va-qt ichida erkin harakatni baja-rish.
3. mashqlarni ko‘p marta takroriy ba-jarilishi tezlik-ka aniqlikka.
|
Muvozanatni saqlashga oid mashqlar.
|
1. bir oyoqda ko‘zni yumgan va ochgan holda turish.
2. har xil harakat-li o‘yinlar SP, o‘yinlaridan so‘ng bir oyoqda va ikki oyoqda muvozanat saqlab qolish.
3. turli buyumlar va buyumlarsiz/ gimnastika, devor-da gimnastika va h.k.
|
Koordinatsion harakat qobiliyatlarini tarbiyalashda keng qo‘llaniladigan vositalarga: harakatli va sport o‘yinlari, gimnastika, akrobatika kiradi. (jadval 15) Shuning uchun ham bu mashqlar o‘kuvchilarning jismoniy tarbiyalashda katta o‘rin egallaydi. Bu vositalar umumiy chaqkonlikni rivojalanishiga ko‘maklashadi. Masxsus chaqkonlikni tarbiyalashda xarakteri va yo‘nalishi bo‘yicha musobaqaviy mashqlarga yaqin tayyorlov mashqlardan foydalaniladi.
Chaqqonlik kichik va o‘rta sinf o‘kuvchilarda yaxshi tarbiyalanadi. Bu yoshdagi o‘kuvchilarda harakat, ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar shiddatli rivojlanishi kuzatiladi. Trenirovka mashg‘uloti va dars jarayonida chaqkonlikni tarbiyalashga yo‘naltirilgan mashqlar tayyorlov qismida va asosiy qismini boshlanishida beriladi, chunki charchash sharoitida chaqqonlikning rivojlanishi past bo‘ladi.
Tarbiyalash vositalariga panja va ko‘l mushaklarining kuchlanishiga oid mashqlar:
1. Turgan joydan uzunlikka sakrashlar, ko‘p sakrashlar, ko‘rsatma-vazifalar asosida sakrashlar.
2. Ko‘rsatilgan balandlik asosida sakrash.
Ko‘rsatilgan masofaga va nishonga koptokni otish
Do'stlaringiz bilan baham: |