O‘zini-o‘zi tekshirish uchun savollar
1. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘rgatishning asosiy vazifasi harakat ko‘nikmalari va maxsus bilimlar?
2. O‘rgatish bosqichlarining vazifalari va uning metodik xususiyatlari.?
3. Harakat ko‘nikmasi, harakat malakasi xosil bo‘lish uchun harakatlarning har xil variantlarda bajarilishi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdullayev A., Xonkeldiyev Sh.X. Jismoniy tarbiya nazariyasi. T. 2005.
2. Afanasev Y.N. Jismoniy tarbiY. 1992.
3. Salomov R.S., Karimov Sh.X. Sport mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan usullar. 1991.
4. Salomov R.S., Ruzioxunova M.M. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. 1995.
5. Kuramshin Yu.F. Teoriya i metodika fizicheskoy kulturы. Moskva – 2010.
6. Yunusova Yu.M. Teoreticheskie osnovы fizkulturы i sporta. T. UzDJTI. 2005.
6-Modul Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan metodlar
№ 6 Mavzu: Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan metodlar
Reja:
O‘rgatish metodlariga umumiy tavsif.
So‘z metodi.
Ko‘rsatmalilik metodi.
O‘yin metodi.
Musobaqa metodi.
Tayanch iboralar: Metod, emotsionallik, harakat, tushuntirish, suhbat, o‘yin usuliyati, musobaqa usuliyati, musobaqa faoliyati, jismli qo‘llanmalar, namoyish qilish, sanoq, topshiriq, baholash, ko‘rsatma.
O‘rgatish metodlariga umumiy tavsif.
Jismoniy tarbiyaning o‘qitish predmeti sifatidagi maxsus bilim va harakat faoliyatlari o‘qituvchidan o‘qitishga xos ma’lum usullar va usuliyatlarni bilishni talab etadi. Ta’lim (o‘qitish)ning usuliyatlari ko‘p bo‘lishiga qaramay ularning hech biri universal emas. Ta’lim usuliyatlarining tavsifini bilish bu uslublar tarkibidan qulayini tanlab olishga, o‘qitish vazifalarini hal qilish uchun nisbatan samaralilarini ajratib olishga imkon beradi.
O‘qitish jarayonining turli sharoitda, turli xildagi shug‘ullanuvchilar bilan keng doiradagi vazifalarni hal etish imkoniyatini beradigan va tarbiyachi yoki murabbiy qo‘llaydigan faoliyatni usuliyat deb atash qabul qilingan bo‘ladi. Masalan: ko‘rgazmalilik bilan harakat faoliyatlari bilan tanishtirish, ularni turli yoshdagi o‘quvchilar, kattalarda takomillashtirishdek turli xildagi ta’lim vazifalarini oson hal qilishda foydalanish mumkin.
Usul – bu pedagogning shunday ta’sir faoliyatiki, o‘qitishning qandaydir ma’lum bir sharoitida ta’limning xususiy vazifalarini (yoki o‘sha vazifalarni biror qismini) oson hal etish uchun qo‘llaniladi. Masalan: mashqni o‘quvchiga yonlamasiga o‘zi yon tomoni bilan turib ko‘rsatishi o‘quvchiga to‘g‘ri turib ko‘rsatgandan yaxshiroq samara beradi. Tushuncha osonhal bo‘ladi.
Har bir metodning turli xil metodik usullari bo‘lishi mumkin. Ular son-sanoqsiz darajada ko‘p bo‘lib, ma’lum vaqt mobaynida ayrimlari yo‘q bo‘lib ketsa, ayrimlarining ko‘rinishlari o‘zgaradi, o‘qituvchining ijodiy izlanishi, faoliyati natijasida yangilariham vujudga kelib, amalda qo‘llaniladi. Ko‘pincha o‘qitish darajasiga xos metodik usullar hajmini o‘qituvchi, murabbiyni ko‘proq bilishi ularning faoliyatiga baho berishda muhim rol o‘ynaydi.
Tajribasiz o‘qituvchilarda ba’zan usuliyat – metodik usulning tashqi alomatlarini o‘zida mujassamlagandek ko‘rinishi mumkin. Masalan: ayrim mashqlarni bo‘laklarga ajratib o‘rgatish ularning tizimini yarata olmaslikka olib keladi, natijalar kutilganday bo‘lmaydi. Bu usul ko‘pholda metodik usulga o‘xshash bo‘ladi. Aslida u yangi harakatni o‘zlashtirishda qo‘llaniladigan asosiy usuliyatdir.
O‘qitishning usuliyatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |