4-bosqich
Natijalar taqdimoti uyushtiriladi. Faoliyat natijalari baholanadi.
«Nima uchun?» texnologiyasining sxemadagi ko‘rinishi
“Nima uchun”? sxemasini tuzish qoidalari
1. Qanday piktogrammadan foydalanishni o‘zingiz hal etasiz.
2. Mulohazalarning sxematik ko‘rinishi qanday bo‘lishini o‘zingiz hal etasiz.
3. Har bir strelka fikr yo‘nalishini ko‘rsatishi lozim.
2 – amaliy mashg‘ulot mavzusi:
Rivojlangan Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Xitoy va boshqa davlatlarda professional sportni tashkil etishda ilg‘or xorijiy tajribalar
Qisqacha annotatsiya
Sport mehnat munosabatlari va ularni huquqiy tartibga solish professional sport sohasida yorqinroq namoyon bo‘ladi. Professional sportda sportchilar, mohiyatan, daromad keltiruvchi tovar-pul munosabatlarining ishtirokchisi, “oldi-sotdi predmeti”, yollanma ishchi kuchi bo‘ladilar.
Shuning uchun sportchilar va murabbiylar mehnatini huquqiy tartibga solishning tabiati va mohiyatini to‘liq tushunishda jahonda professional sportning mavjud ikki asosiy modeli – amerikacha va yevropacha modelini ko‘rib chiqishni taqdim etishga qiziqish katta. Ularning har biri mehnat munosabatlarini tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlariga ega.
Sport Yaponiyada juda ommalashgan. Hattoki sport va sog‘lom turmush tarzi sharafiga har yili oktyabr oyining ikkinchi dushanba kunida nishonlanuvchi Sport va sog‘liq kuni o‘ylab topilgan. Bayramni nishonlashdan maqsad – sog‘lom turmush tarzi va sportga muhabbat uyg‘otishni targ‘ib etish.
Bu kunda ko‘pgina maktab va kompaniyalar kundalik tartib haqida unutib qo‘yadilar va keng miqyosda sport musobaqalari (“mini-olimpiadalar”), badantarbiya mashqlari hamda boshqa turdagi sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazadilar.
Yaponiya, birinchi navbatda, harbiy mahoratga tayanadi. Bu bilan bahslashish qiyin, ammo zamonaviy Yaponiya, shuningdek, beysbol, marafon va avtopoyga bilan ham qiziqib kelmoqda.
|
Sportning an’anaviy turlari. Sportning an’anaviy turlari orasida “sumo” kurashi Yaponiyaning milliy qiyofasini namoyon etadi. Sumo turnirlari dastlab sintoist ibodatxonalarida o‘tkaziladigan festival va diniy bayramlarda tashkil etilgan. Zich tekislangan yerdagi ringda o‘tkaziladigan Sumo jangida ikkita kuchli kurashchi kuch sinaydilar.
|
|
Dzyudo – Yaponiyada paydo bo‘lgan o‘zini-o‘zi himoya qilish mahorati hisoblanadi. Hozirgi kunda dunyoning boshqa mamlakatlarida ham juda ommalashgan. Raqibining kuchidan o‘z maqsadlarida foydalanishga asoslangan dzyudo sportning olimpiya turiga aylandi. Tokiodagi Kodokon nomli mashq o‘tkazish markazi shug‘ullanishni endi boshlayotgan sportchilarning mashqlarini, shuningdek, dzyudo ustalarining bellashuvlarini tomosha qiladigan eng zo‘r joy sanaladi.
|
Raqibini ringdan chiqarib yuborgan yoki raqibi tanasining biror qismini yerga tekkizishga majbur qilgan kurashchi g‘olib sanaladi. Sumoda uni jalb etuvchi va yodda saqlanuvchi tomosha bo‘lishiga olib keladigan murakkab tartib va taomillar, zabt etish va zarba berish bo‘yicha butun bir tizim hamda kurash strategiyasi mavjud. Har yili oltita turnir: yanvar, may va sentyabr oylarida – Tokioda, mart oyida – Osakada, iyul oyida – Nagoyada, noyabr oyida esa – Fukuokada o‘tkaziladi.
Kendo – qilichbozlikning yaponcha turi. Kendo yakkama-yakka kurashi ishtirokchilari himoya qiluvchi kiyim va niqoblarda bambukli qilich bilan bir-biriga hujum qiladilar. Tokiodagi Nippon Budokan Xoll –sportning bu turi bilan yaxshiroq tanishish uchun eng zo‘r joy.
|
|
Karate – mamlakat qonunlari bo‘yicha qurol olib yurishni ta’qiqlagan Okinava orollari dehqonlari tomonidan yaratilgan qurolsiz yakkama-yakka kurash turi. Zarbaga qarshi turishga o‘rganishni mashq qilish davomida karate ustalari bitta zarba bilan bir nechta g‘isht yoki taxtachalarni sindirishlari mumkin. Tokioda joylashgan Yaponiya karate assotsiatsiyasiga tashrif buyursangiz, yosh va tajribali sportchilarning mashg‘ulotlarini ko‘rishingiz mumkin.
Aykido – raqib kuchidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanish uchun o‘z kuchini bir joyga jamlashga asoslangan yana bir yakkama-yakka kurash turi. Aykido, ishqibozlar tomonidan sportning jismoniy mukammallikka erishish turi sifatida qadrlanadi. Aykikay – Tokiodagi aykido markazi hisoblanadi.
Kyudo – kamondan o‘q uzish yapon milliy turi. Kyudoda o‘q uzish qat’iy qonun-qoidalarga asoslanadi. Individual ma’naviy kamolotga, tayyorgarlik hamda musobaqa jarayonlarida e’tiborni jamlashga katta talab qo‘yiladi. ko‘p yillar mobaynida dzen-buddizm tamoyillariga tayangan Kyudo turini ibodatxona maydonlarida kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |