O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta’sirlarni asta-sekin oshirib borish tamoyili yoki talabalarni tobora oshib borish tamoyili



Download 3,13 Mb.
bet80/176
Sana24.04.2022
Hajmi3,13 Mb.
#579418
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   176
Bog'liq
УМК 601 11200 ЖМН ва М 1 курс22222

Rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta’sirlarni asta-sekin oshirib borish tamoyili yoki talabalarni tobora oshib borish tamoyili.

Ushbu tamoyil shug‘ullanuvchilarda vazifalarni mukammallashtirish hamda yuklamalarni oshirish hisobiga harakat va u bilan bog‘liq bo‘lgan psixik faoliyatlarni namoyon qilishga bo‘lgan talablarni muntazam ravishda oshirib borish zaruriyatini belgilab beradi.
Inson organizmining funksional faoliyatiga qo‘yiladigan talablar muntazam ravishda oshirib borilsagina, jismoniy sifatlar yuqoriga o‘sib boradi. Kuch, chidamlilik va boshqa jismoniy sifatlarning rivojlanishi mexanizmlari asosida organizmning jismoniy yuklamalarga javoban funksional moslashishga xos o‘zgarishlari yotadi. Optimal yuklamani tanlab olish juda muhimdir, ya’ni organizmning moslashish reaksiyalarini keltirib chiqaruvchi minimal yuklama shiddatini bilish lozim. Bundan shiddatliroq ta’sir o‘ta zo‘riqishga yoki, talablar keskinlashsa, organizmning me’yordagi faoliyatining tuzilishiga olib keladi. Aniqlanishicha, masalan, endi shug‘ullanayotgan sportchilarda o‘rtacha katta va kattaga yaqin og‘irliklar bilan mashq bajarganda ham kuch o‘sadi. Ushbu holda katta yuklama ko‘tarishga tayyor bo‘lmagan tizimlar va organlarning (yurak-tomir tizimi, tayanch-bo‘g‘im apparati) o‘ta zo‘riqishi oldini olish maqsadida kattaga yaqin va katta yuklamalarni qo‘llashdan ma’no yo‘q. Aytish lozimki, yuqori yuklama turli organlar tizimlariga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan ba’zi birlari yuqori yuklamaga nisbatan oson va tez bardosh bera oladi, boshqalari – aksincha. Bunda funksional o‘zgarishlar tezroq, morfologik o‘zgarishlar sekinroq kechadi. Jismoniy yuklamalarni oshirish dinamikasi organizmdagi ayrim tizimlarning geteroxron tarzda moslashish darajasi va xususiyatiga mos bo‘lishi kerak.
Harakatlarni takomillashtirish uchun o‘qitish jarayonida nafaqat texnik usullarning detallarini muntazam takomillashtirib borish, balki shug‘ullanuvchilarning jismoniy (kuch, tezkorlik, egiluvchanlik va h.k.) imkoniyatlarining o‘sib borishi sababli harakat texnikasini ham asta-sekin o‘zgartirib borish xosdir.
Harakat malakalarini takomillashtirish asosida malakalarni amalga oshirish shartlari, har safar o‘zgarib turadigan talablarga mos turli xil funksional tizimlarni hosil qilish jarayoni yotadi. Demak, bu tizimlarni hosil qilishning asosiy sharti – o‘rganilgan harakatlarni oshirish bo‘yicha talablar va vazifalarni muntazam o‘zgartirib borish hamda murakkablashtirishdir. Ko‘rsatib o‘tilgan yo‘l bilan harakat malakalarini muvaffaqiyatli va uzoq vaqt takomillashtirish ularning asosini mustahkamlab borish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda biz takomillashtirish maqsadlarining o‘zgaruvchanligi, harakat malakasidan foydalanishda uning ishonchliligini ta’minlash uchun erishilgan darajaning barqarorligi kabi dialektik qarama-qarshiliklar birligi bilan to‘qnashamiz. O‘qituvchining bunday mahorati qarama-qarshilikni to‘g‘ri hal eta olishidadir.
Shunday qilib, rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta’sirlarni asta-sekin oshirib borish tamoyili topshiriqlarni qiyinlashtirib borish bilan ularni ko‘paytirishni hamda rejali yangilab borishni, organizmning funksional imkoniyatlari o‘sib borgani sayin yuklamalar hajmi va shiddatini oshirishni nazarda tutadi.
6.4.Talabni tobora oshirib borish prinsipi.
Bu prinsip jismoniy tarbiya jarayonida shug‘ullanuvchilarga qo‘yiladigan talablarning umumiy yo‘nalishini ifoda etadi va tobora qiyinlashib boruvchi yangi - yangi vazifalarni qo‘yish va bajarishni, shular bilan bog‘liq bo‘lgan jismoniy yuklanish hajmi va shiddatini asta-sekin oshirib borishni o‘z ichiga oladi.
Talablarni asta sekin oshirib borish prinsipini qo‘llashda quyidagilarga e’tibor beriladi:
1. Mashgulotlar materialini doimo yangilab borish. Jismoniy tarbiya jarayonida harakat faoliyatini bir turidan ikkinchi murakkabroq turiga o‘tish ta’limiy ahamiyatga egadir. Mashqlarning tarkibini doimo yangilamasdan turib hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan harakat malaka va ko‘nikmalarni yetarlicha keng doirasini egallab bo‘lmaydi. Shu bilan bir qatorda turli harakat koordinatsiyalarini egallash bilan, shu vaqtda sodir bo‘ladigan qiyinchiliklarni yengish natijasida harakat faoliyatini egallash, koordinatsiyalash, qayta o‘zgartirish va cheksiz mukammallashtirib borish qobiliyatining o‘zi rivojlanadi.
2. Jismoniy yuklanishning hajmi va shiddatini oshirish. Bir yuklanishning o‘zini uzoq vaqt qo‘llash holatida uning taraqqiy ettiruvchi samaradorligi shu jismoniy yuklanishga o‘rganish darajasi bo‘yicha asta-sekin yo‘qolib boradi. Yuklanishga o‘rganib borish natijasida vujudga kelgan organizmning funksional imkoniyatlari bir hil tipdagi shu ish ratsional foydalanishga olib keladi. Funksional imkoniyatlarning keyingi rivojlanishi uchun doimo jismoniy yuklanishlarni yangilab borish, uning xajm va shiddatini oshira borish talab etiladi.
Bu jismoniy tarbiyaning asosiy qonun qoidalaridan biridir. Jismoniy sifatlarini tarbiyalashda qonun - qoida yuklanishlarning turli parametlarini :harakat tezligi, og‘irlikning ortishi, takrorlanish soni, ishning umumiy davomiyligi va h.k.larning rivojlantirib boruvchi o‘zgarishlarda sodir bo‘ladi.
3. Talablarni oshirib boruvchi ketma-ketlilik, mustahkamlilik va boshqa metodik shartlarni ta’minlash. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘sib boruvchi yuklanishlarning ijobiy samaradorligiga bog‘liq bo‘lgan bir qator shartlar yuqorida oson tushunarli, individuallashtirish va muntazamlilik prinsiplarda qayd qilingan edi. Bu avvalo vazifalarning va u bilan bogliq bo‘lgan jismoniy yuklanishlarning kuchliligi, ular darajasining shugullanuvchilar dastlabki tayyorgarligi, shuningdek yosh jinsiy, individual xususiyatlarga hamda organizmning ko‘nikish imkoniyatlariga bog‘liqligi, mashgulotlarning ketma-ketliligi, doimiyligi va jismoniy yuklanish bilan dam olishning optimal almashinishidir.
Bunda jismoniy tarbiyaning har bir bosqichida mashq ko‘rganligi erishiladigan ijobiy natijalarni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu yuklanishlarning takrorlanish va asta-sekin oshirib borish maqsadidagi tizim bilan ta’minlanadi.
Jismoniy yuklanishning asta-sekin oshib borishi organizmdagi ko‘nikish o‘zgarishining tempi bilan ma’lum munosabatda bo‘ladi. U yoki bu yuklanishga ko‘nikish birdaniga bo‘lmaydi. Har doim jismoniy yuklanishning yangi darajaga ko‘tarilish imkonini beruvchi adaptatsion o‘zgarishlar sodir bo‘lishi uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Bu vaqt bir tomondan yuklanishlarning kattaligi va sifat xususiyatlariga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan yosh hamda bir qator tashqi va ichki faktorlar bilan o‘zgaruvchi individual ko‘nikish imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Shu bog‘lanishlarni hisobga olgan yuklanishlarning asta-sekin oshib boruvchi turli shakllaridan: 1.To‘g‘ri chiziqli; 2. Zinasimon; 3. To‘lqinsimon shakllardan foydalaniladi.
To‘gri chiziqli shakli uchun nisbatan yuqori bo‘lmagan va shu holda oshib boruvchi mashg‘ulotlarning ayrim har bir seriyasiga ramkasidagi jismoniy yuklanishlar xarakterlidir.
Zinasimon dinamikada u yoki bu mashgulotlarda yuklanishlarning nisbatan keskin oshuvi boshqa bir qancha mashg‘ulotlarda jismoniy yuklanishlarning oshish stabilizatsiyasi bilan almashiniladi, bu esa umuman birinchi holdagiga qaraganda muhimroq yuklanishlarni egallashga imkoniyat yaratadi.
Dinamikaning to‘lqinsimon shakli yuklanishlar o‘sishining asta-sekinlik va yuqori templarining muhim organik bog‘lanishi bilan xarakterlanadi.
Yuklanishlardagi "sakrash" to‘lqinning boshlangich fazasida bir-tekis ko‘tarilishi bilan sodir bo‘lib yakuniy fazasidagi "yuklanish" bilan almashiladi.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish