O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin”


Tosh. TYMI Jabborov Anvar Egamovich



Download 6,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/43
Sana15.04.2022
Hajmi6,14 Mb.
#554207
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
ozbekistonda chizma geometriya fani rivojida professor sh.k.murodov orni

 
Tosh. TYMI Jabborov Anvar Egamovich. 
Ustoz olim texnika fanlari doktori, professor Sh.K.Murodov xozirgi 
davrimizning yetuk olimlaridandir. O‘zining uzoq ilmiy faoliyati davomida talaba 


86 
yoshlarga chuqur bilim berib, yosh muyaxasislarnng izlanishlariga raxbarlik qilib 
kelganlar. Talabalar uchun darsliklar, aspirant olimlar uchun turli mavzularda ilmiy 
maqolalar yozib kelmoqdalar.
Shaxsan men Shmidt Karimovichdan dars saboqlari olmagan bo‘lsamda, 
o‘zimga ustoz deb bilaman. Sababi o‘zimning amaliy-ma’ruza mashg‘ulotlarimda 
darsliklaridan foydalanaman. Seminarlarda, fan olimpiyadalari o‘tkazish 
tadbirlarida uchrashib turamiz, maslahatlashamiz va ulardan olgan maslahatlarimni 
yodda tutaman. 
Sh.K.Murodovning “chizma geometriya” darsligini eng yaxshi yozilgan 
darsliklardan biri deb bilaman. Mavzu matni ravon, yengil, soda bayon etiladi, 
chizmalar aniq, qulay holda berilgan. Bu darslikdan Toshkent temir yol 
muhandislari institute talabalari ham foydalanishadi. Talabalarda darslik haqidagi 
fikrlarini so‘rasam yaxshi kitob ekan deyishadi. Talabalarning ijobiy bahosi esa, 
darslik yozishdan ko‘zlanagan maqsadga erishilganlikni bildiradi. 
Xalimov M. Nizomiy nomidagi TDPUning San’at fakulteti “Chizmachilik 
va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi mudiri 
Sh.K.Murodovning ilmiy pedagogik va pedagogik faoliyatini kuzatgan har 
qanday inson, hoh olim bo‘lsin, hoh u biror oddiy ishchi-xodim bo‘lsin xavas qilsa 
arzigulik faoliyat yuritib kelayotganini, jumladan, ularning davrida Ukraina 
davlatidagi Kiyev muhandislik qurilish milliy universitetida O‘rta Osiyodan bir 
necha ilmiy faoliyat yuritayotgan yosh olimlarning nomzodlik dissertatsiyalarini 
yoqlashda bevosita sababchi bo‘lgan. Zero, bu savobli ishlar natijasi o‘laroq 
xozirgi kungacha xususan, O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi OTMda bir necha 
nomzodlik va doktorlik ishlarini ximoya qilgan olimlar faoliyat yuritib 
kelmoqdalar. Ustozning pedagogik faoliyatiga baho beradigan bo‘lsak, mana bir 
necha yillardirki, ustoz bilan birgalikda “Grafik tasvirlash asoslari” fanidan dars 
mashg‘ulotlarini olib borayotgan bo‘lsak, bir necha bor ularning ma’ruza 
mashg‘ulotlariga kirib kuzatib, faoliyatini endigina boshlagan yosh o‘qituvchilar 
kirib kuzatishi kerakligini, ularning dars olib borish metodlarini o‘rganish, ma’ruza 


87 
darslariga alohida tayyorgarlik qilishlari, amaliy mashg‘ulot darslarida har bir 
talaba bilan alohida ishlashga ulgurishi, dars davomida qat’iylik, tartib-intizom 
davomat, talabalarning kiyinish ma’daniyati, ularning qiziqishi bo‘yicha kasbga 
yo‘llash ishlariga alohida e’tibor berishlari ustozni yetuk olim ekanligini bildiradi. 
Sh.K.Murodov bir necha yillar davomida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya 
institutida dotsent, professor, shu bilan birga “Chizma geometriya va muhandislik 
grafikasi” kafedrsiga mudirlik qilganlar. mudirlik davrlarida ham bir necha 
O‘zbekistonlik yosh olimlarni ilmiy ishlarga jalb qilish, ularni Kiyev muhandislik 
qurilish milliy universitetida aspiranturada o‘qishi yoki stajirovkada bolishiga 
sababchi bo‘lganlar. 
Ustozning yana bir salmoqli ishlaridan biri Chizma geometriya va 
muhandislik grafikasiga oid bir necha adabiyotlar yaratishda muallif, xammuallif 
yoki bosh muharrir sifatidagi faolyatlaridir. Ustoz faoliyatlari davomida Chizma 
geometriya fanidan to‘rtta darslik, muhandislik grafikasi fanidan esa bir necha 
o‘quv va o‘quv metodik qo‘llanamalar yaratganlar. Bular ichida ustoz mas’ul 
muharrirligi ostida chop etilgan Chizma geometriya darsliklari klassik adabiyotlari 
deb bilaman. Chunki, respublikamizdagi qaysi OTM hamkasb ustozlar yoki 
talabalar o‘zlarining nomzodlik, doktorlik, nomzodlik ishlarida, malaka oshirish 
kurslaridagi kurs ishlari, talabalarning kurs va bitiruv malakaviy ishlari, 
magistrantlarning magistrlik dissertatsiya ishlarida foydalanilgan adabiyotlar 
ro‘yhatida asosiy adabiyotlar tarkibidan ustozning chizma geometriya darsliklari 
o‘rin egallaydi. Ustoz 2005 yilda bizning kafedrada faoliyat olib borayotgan 
bo‘lsalarda, shu qisqa davr mobaynida “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” 
bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “ chizma geometriya” (2006-2008), 
“Topografik chizmachilik” darsliklari, Grafik tasvirlash asoslari (grafika tarixi) 
o‘quv qo‘llanmalarini chop ettirdilar va xozirda talabalar bu adabiyotlardan keng 
foydalanib kelmoqdalar.
Sh.K.Murodovning insoniy fazilatlarini ular bilan suhbatlashgan odam yaxshi 
biladi. Chunki, ular birinchi navbatda sog‘lik, oilaviy hotirjamlik, so‘ngra ilmiy 
yoki uslubiy ishlar hususida gaplashishlari menga yoqadi. ustozning yana bir 


88 
fazilatlari raxbariyat tomonidan biror ish berilsa, taklif qilinsa, vaqtida bekamu-
ko‘st bajarishlari, o‘zlarining sohaning rivojlanishidagi qimmatli maslahatlarini 
berib borishlarini alohida ta’kidlash lozim. 
Sh.K.Murodovning O‘zbekistonda Chizma geometriya va muhandislik 
grafikasi fanini rivojlanishidagi xissalarini yuqorida aytib o‘tdaim. Ustoz bir necha 
yildirki, kafedra professor o‘qituvchilari bilan xammualliflikda yoki raxbarlikda 
Ukrainananing “Прикладная геометрия” ilmiy to‘plamida maqolalari bilan 
ishtirok etib kelayotgan yagona inson. Chunki, ustoz o‘zlari ximoya qilgan xorij 
OTMlari bilan bir necha yildirki, xamkorlik qilib kelmoqda. So‘nggi yillarda 
Urganch davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika institutida, Toshkent davlat 
pedagogika institutlarida yakuniy daclat attestatasiya raisligi faoliyati, turdosh 
OTM bitiruvchilarining BMI ishlariga taqrizchi, turdosh OTM professor-
o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanayotgan o‘quv adabiyotlarga mas’ul muharrir 
yoki taqrizchi sifatidagi faoliyatlari bevosita fanga qo‘shgan hissasi deb bilaman. 

Download 6,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish