O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi ( matematika)


Interfaol darsning sifatiy bosqichlari



Download 99,5 Kb.
bet2/4
Sana28.03.2022
Hajmi99,5 Kb.
#513524
1   2   3   4
Bog'liq
Mo\'m 1-mavzu

Interfaol darsning sifatiy bosqichlari.
Motivatsiya – darsning boshlang‘ich bosqichi bо‘lib, о‘quvchilarni diqqatini о‘rganilayotgan materialga qaratish, ularni qiziqtirish, materialni zarurligi va foydaligini kо‘rsatishga mо‘ljallangan. О‘quv materialarini о‘quvchilar tomonidan о‘zlashtirish samaradorligi kо‘p jihatdan motivatsiyaga bog‘liq.
Mustahkamlash – materialni о‘quvchilar tomonidan nafaqat butunlay о‘zlashtirish va qiziqtirishni kо‘taradigan, balki ularning ongida ushbu predmetda qо‘llanilaëtgan bilim va metodlarning ketma-ket mantiqiy tuzilishini shakllantiradigan darsning muhim bosqichidir.
Yangi materialni о‘rganish – darsning bosh maqsadli bosqichi bо‘lib, unda о‘quvchilar yangi bilimlar oladilar. Ushbu bosqichda asosiy e’tiborni о‘quvchilar bajarish mobaynida zaruriy bilim, kо‘nikma va malaka olishlariga imkon beradigan vazifalar tanlanishiga qaratish kerak. Vazifalarni tanlashda bundan 3500 yil avval buyuk Xitoy mutaffakiri Konfusiy tomonidan aytilgan «Eshitaman va esdan chiqaraman, kо‘raman va xotiraga olaman, bajaraman va tushunaman» degan dono gaplarini yodda tutmoqlik lozim.
Baholash – о‘quvchilarni bilim olishlarini rag‘batlantiradigan darsning muhim bosqichidir. Baholash egiluvchan, ochiq, xolis va haqqoniy bо‘lgandagina, rag‘batlantiruvchi bо‘lishi mumkin, aks holda, о‘quvchilarni о‘rganayotgan fanidan bezishlari va unga qiziqishlarini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun, darsning ushbu bosqichida ehtiyotkorona ish tutilishi lozim. Bu bosqichda jamoaviy, о‘z-о‘zini, guruhlardagi va sh.k. baholashlarni qо‘llash maqsadga muvofiq.
Interfaol darslarda – ballarni tо‘plash va jamoaviy baholash yaxshi natijalarga olib kelishi
mumkin.
Debrifing – darsga yakun yasash. Darsning yakuniy bosqichida darsda о‘tilgan materiallardan о‘quvchilarga nimalari ma’qul bо‘lgani, nimalar ëqmaganligi sо‘raladi va mos takliflar yig‘iladi, о‘tilgan materiallar umumlashtiriladi hamda kundalik turmush bilan bog‘lanadi, bu bilan о‘quvchilarni keying materiallarni mustaqil ravishda chuqurroq о‘rganishga yо‘naltiriladi.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Y. A. Komenskiy (1592—1670) tarixda birinchi bо‘lib maktab ta’limida sinf — dars tizimini yaratdi.
Y. A. Komenskiyning ta’limni tashkil kilish xakidagi karashlari bir kator jiddiy karshiliklarga uchragan bо‘lsa xam g`arb mamlakatlariga juda tez tarqaldi va ta’limni tashkil kilishning birdan-bir shakli deb e’tirof etildi.
Sinf — yoshi va bilimi jixatdan bir xil bо‘lgan ma’lum mikdordagi о‘kuvchilar guruxidir.
Dars deb bevosita о‘kituvchining raxbarligida muayyan о‘kuvchilar guruxi bilan olib boriladigan ta’lim
mashgulotiga aytiladi.
Dars — о‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shaklidir.
Dars — о‘quv ishlarining markaziy kismidir.
Maktablarimiz bosib о‘tgan tarixiy davr ichida ta’limni tashkil kilish shakllari о‘zgardi, rivojlandi. Hozir maktablarimizda qо‘llanilayotgan sinf — dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
1 har qaysi sinf yoshi va bilimiga kо‘ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bо‘ladi.
2 Dars mashg`uloti asosan 45 minutga mо‘ljallangan bо‘lib, qat’iy jadval orqali olib boriladi.
3 Dars bevosita о‘qituvchining raxbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4 Dars о‘tilayotgan materialning mazmuniga qarab xilma-xil usul bilan olib boriladi, ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni о‘zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.
Ayni paytda, maktablarimizda ta’limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib borilmoqda.
Sinf— dars shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg`ulotlar.
Sinf—dars shaklida olib boriladigan mashgulot о‘kituvchining kundalik о‘quv materialini tizimli bayon kilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishini, о‘kuvchilarning bilim, kо‘nikma va malakalarini izchillik bilan xisobga olib borishni, о‘kuvchilarni mustakil ishlashga о‘rgatishni о‘z ichiga oladi.
Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashgulotlar sinf sharoitidan tashkarida, о‘quv ustaxonasi, tajriba yer uchastkalarida ekskursiyalar о‘tkazish yо‘li bilan olib boriladi.
Xozirgi zamon didaktikasi kо‘p yillar davomida tо‘plangan о‘kitish koidalari, fan yutuklari va ilgor tajribalar asosida boyib bormokda deyishga asos bor. Ammo о‘quv jarayonining xamma kismlarini о‘kitishni tashkil kilishning mazmuni, usullari, vositalari va shakllari bilan munosabatlari yaxshi ochib berilmagan. Bularning xammasi didaktik koidalardan amalda foydalanishni kiyinlashtiradi. Maktab oldida turgan yangi vazifalar va extiyojlar о‘kuvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, uni yanada rivojlantirish va yukori boskichga kо‘tarishni talab kiladi.
О‘kituvchi о‘zining anik sharoitlari va imkoniyatlariga kо‘p mos keladigan о‘quv jarayonini ongli ravishda tanlab olishi foydadan xoli emas. Bu ish darsning muxim tomonlarini tanlashdagi tavakkalchilikka, bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirish jarayonini boshkarishga kandaydir tasodifiy yondashishga yо‘l kо‘ymaydi.
Darsga qo’yiladigan talablar
Dars, yukorida aytib о‘tilganidek, о‘kitishni tashkil etishning о‘zgarmas shakli emas. О‘quv amaliyoti va
pedagogik tafakkur doimo uni takomillashtirish yо‘llarini izlaydi. Bu soxada turli xil kо‘rik-tanlovlar, jumxuriyat
mikyosida о‘tkazilayotgan pedagogik о‘kishlarda о‘rtaga kо‘yilayotgan ilgor о‘kituvchilarning fikr va muloxazalari dikkatga sazovordir.
Turli-tuman fikr va muloxazalarni xisobga olgan xolda dars kuyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim.
1 Xar bir dars ma’lum bir maksadni amalga oshirishga karatilgan va puxta rejalashtirilgan bо‘lmogi lozim
2 Xar bir dars mustaxkam goyaviy-siyosiy yо‘nalishga ega bо‘lmogi lozim.
3 Xar bir dars turmush bilan, amaliyot bilan boglangan bо‘lmogi lozim.
4 Xar bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan xolda olib borilmogi lozim.
5 Darsga ajratilgan xar bir soat va dakikalarni tejab, undan unumli foydalanmok lozim.
6 Xar bir dars о‘kituvchi va о‘kuvchilarning faolligi birligini ta’minlamogi lozim.
7 Darsda о‘quv materiallarining mazmuniga oid kо‘rsatmali kurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratmok lozim.
8 Dars mashgulotini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan xar kaysi о‘kuvchining individual xususiyatlari, ularning mustakilligini oshirish xisobga olinadi.
9 Xar bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chikib, xalkimizning boy pedagogik merosiga murojaat kilish va undan foydalanmok imkoniyatini izlamok lozim.
Dars turlari.
Dars - о‘qituvchining ijodidir. Hatto, bir mavzu bо‘yicha, bir xil texnologiyadan foydalanib о‘tilgan dars ham, har bir о‘qituvchida о‘ziga xos va turlicha bо‘ladi. Ixtiyoriy dars aniq maqsadga ega bо‘lmog‘i kerak.
Zamonaviy didaktikada darsning quyidagi turlari mavjud.
• yangi о‘quv materiallarini о‘rganish va mustahkamlash;
• kо‘nikma va malakalarni shakllantirish va takomillashtirish;
• bilimlarni umumlashtirish va tartibga solish darsi;
• bilim, kо‘nikma, malakalarni nazorat qilish va tо‘g‘rilash;
• birlashgan.

Download 99,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish