O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG`ICH TA`LIM FAKULTETI
KURS ISHI
Mavzu: Boshlang`ich sinf matematika darslarida induksiya deduksiya va analogik metodlarning hususiyatlari.
“Boshlang`ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish” ta`lim yo`nalishi
302- guruh
Bajardi: O'rinova Mashhura
Tekshirdi: Divanova M
TOSHKENT– 2021
KIRISH
ASOSIY QISIM.
I BOB. BOSHLANG`ICH SINFLARDA MASALALAR YECHISHDA INDUKSIYA, DEDUKSIYA VA ANOLOGIK USULLARNING NAZARIY AHAMIYATI.
Induksiya, deduksiya va anologiya usullari haqida umumiy tushunchalar.
1.2 O`quvchi matematikadan o`zlashtirishi zarur bo`lgan bilim,
ko`nikma va malakalar.
II. BOB INDUKSIYA, DEDUKSIYA VA ANOLOGIK USULLARNING BOSHLANG`ICH TA`LIM AMALIYOTIGA TADBIQI.
2.1. Masalalarning o’quvchilar bilim olishidagi ahamiyati.
2.2. Boshlang‘ich sinflarda misol va malalar yechishda Induksiya,
deduksiya va analogiya usullaridan foydalanish yo‘llari.
III. XULOSA.
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va ilmiyligi. Ushbu kurs ishida boshlang`ich sinf o’quvchilarining matematika darslarida egallashi zarur bo‘lgan nazariy bilimlar va umumiy tushunchalar haqida fikrlar berilgan.
Ishda berilgan metodlar orqali matematika darslari o`qitilgan boshlang`ich sinf o`quvchilarida ilmiy tushunchalar shakllanadi.
Darslarga tayyorlanish jarayonida o`qitishning induktiv, deduktiv kabi usullarini tanlash zaruriyati ham tug`iladi. Keyingi yillarda deduktiv o`qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Tafakkurning induktiv usullarini shakllantirmay turib faqat umummehnat xarakteridagi tajribalar orqaligina muvofaqqiyatga erishib bo`lmaydi. Induktiv yoki deduktiv usularni qo`llash o`rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o`tishni tanlashni anglatadi. Shu sababdan kurs ishimizning mavzusini “ Boshlang`ich sinf matematika darslarida induksiya deduksiya va analogik metodlarning hususiyatlari” deb nomladik.
O`rta ta’lim muassasalari shu jumladan, boshlang`ich ta’lim maktablari ham Davlat ta’lim standarti talablarini amalga oshiradilar.
“Ta’lim to`g`risida’’gi Qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek, “Davlat ta’lim standartlari umumiy o`rta, o`rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo`yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O`zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir’’.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standarti to`g`risidagi Nizom’’ga binoan boshlang`ich ta’lim bosqichi uchun ham davlat ta’lim standarti talablari va me’yoriy ko`rsatkichlari belgilab qo`yilgan.
Boshlang`ich ta`lim davlat standarti o`quv predmetlari bo`yicha emas, balki ta’lim sohalari bo`yicha belgilanadi. Ta’lim sohalari bo`yicha standart ko`rsatkichlari 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta’lim mazmunining miqdoriga asoslanib aniqlanadi.
Boshlang`ich ta’lim davlat ta’lim standartining qo`llanishi shu bosqichda ta’lim mazmuni ko`lamini chegaralash, ta’lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi. Davlat ta’lim standartini qo`llash boshlang`ich ta’lim mazmunini konseptual asosga tayangan holda modernizatsiyalash (hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan yangilash)ni ko`zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |