O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/76
Sana06.05.2020
Hajmi1,13 Mb.
#49242
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
Bog'liq
nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning nutqiy xotirasini logopedik ish tizimida shakllantirish

birinchi  topshiriq  natijalari  shuni  kо„rsatdiki,  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan 
bolalarning  kо„pchiligi  sodda  tugallangan  jumla  darajasidagi  bayonni  mustaqil 
tuzishda  qiyinchilik  sezdilar,  buning  natijasida  esa,  tasvirlangan  harakatni 
nomlashni  talab  qiluvchi  "Bola  nima  qilmoqda?  Qizcha  nima  qilmoqda?"  kabi 
qо„shimcha  savollar  berish  zaruriyati  tug„ildi.  Kо„pgina  bolalarda  sо„zlarning 
gapdagi  bog„liqligini  buzilishiga  sabab  bо„luvchi  sо„z  shakllarini  qо„llashdagi 
xatoliklar,  kerakli  sо„zni  izlab  uzoq  muddatli  pauzalar,  sо„zlar  ketma-ketligining 
buzilishi  kuzatildi.  Tekshirilayotgan  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  20  boladan  14 
bolada  turli  darajada  namoyon  bо„lgan  ma‟no  va  sintaktik  xarakterdagi 
qiyinchiliklar kuzatildi. 
Masalan: Kubiklar bilan narsa yasavotti. (Jо„rayev Javohir, 5 yosh). 
Uchta rasm asosida (qiz, savat, bog„) gap tuzishdan iborat ikkinchi topshiriq 
nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar uchun yanada katta qiyinchilik tug„dirdi. Barcha 
bolalarga  "Qizcha  nima  qildi?"  degan  savol  bilan  murojat  etilishiga  qaramay, 
tekshirilayotgan  bolalardan  faqat  uchtasigina  gapni  har  uchchala  rasmlarning 
ketma-ketligi asosida mustaqil tarzda tuza oldi. Qolgan tekshiriluvchilarga tushirib 
qoldirilgan rasmlarni kо„rsatgan holda topshiriq qayta tushuntirildi, lekin topshiriq 
qayta takrorlangandan keyin ham 7 bola har uchchala ma‟nodosh zanjirni hisobga 
olib  jumla  tuza  olmadi.  Kо„pchilik  bolalarda  yaqqol  ifodalangan  sintaktik 
qiyinchiliklar kuzatildi, 2 bola esa topshiriqni bajara olmadi.  
Masalan: Qiz savat olib boqqa bordi. (Shoirov Bexruz, 5
 
yosh)  
Turli  shakldagi  hikoyalarni  tuzishga  qaratilgan  keyingi  topshiriqlarni 
baholashda  biz  tomondan  bolalarning  hikoya  qilish  malakalarini  egallaganlik 
darajalarini  xarakterlovchi  qator  umumiy  kо„rsatkichlar  e‟tiborga  olindi.  Hikoya 
tuzishdagi  mustaqillik  darajasi,  bayonning  bog„langanligi,  ketma-ketligi  va 
tо„liqligi,  asosiy  materialga,  ya‟ni  matnga,  kо„rgazmali  tasvirlangan  syujetga  va 
berilgan  nutqiy  topshiriqqa  mazmun  jihatidan  mos  kelishi,  shuningdek  jumlali 
nutqning  о„ziga  xosligi  aniqlandi.  Hikoya  tuzish  jarayonida  bayon  etishdagi 
tо„xtalishlar,  uzoq  muddatli  pauzalar  kabi  qiyinchiliklar  paydo  bо„lgan  hollarda 


55 
 
rag„batlantiruvchi, 
yunaltiruvchi 
va 
aniqlashtiruvchi 
ketma-ket 
savollar 
kо„rinishidagi yordamdan foydalanildi. 
Tuzilishi  jihatidan  sodda  va  hajmiga  kо„ra  katta  bо„lmagan  tanish 
"Bо„g„irsoq”  ertagi  matnini  sо„zlab  berishga  qaratilgan  uchinchi  topshiriq 
natijalari  shuni  kо„rsatdiki,  20  boladan  bittasi  topshiriqni  bajara  olmadi,  qolgan 
bolalar  esa  eksperimentatorning  u  yoki  bu  yordami  bilan  hikoyani  tuza  oldilar. 
Deyarli  barcha  bolalar  ertak  matnini  sо„zlab  berishda  jumlalar  yoki  jumla 
qismlarini  bir  necha  marta  takrorladilar.  Gaplar  о„rtasidagi  ma‟no  va  sintaktik 
bog„liqlikning  buzilganligi,  fe‟llarning  tushirib  qoldirilishi  kabi  bayon 
bog„liqligining  buzilganligi  kuzatildi.  8  bolada  qayta  hikoya  tuzishdagi  ma‟no 
jihatdan  xatoliklar,  bog„liqlikning  buzilganligi,  matn  qismlarining  tushirib 
qoldirilishi  kabi  qiyinchiliklar  yorqin  ifodalangan  xarakterga  ega  bо„ldi. 
Tekshirishlar  bolalar  tomonidan  qо„llaniladigan  jumlali  nutqning  quyi  darajasini, 
ya‟ni jumla miqdori, tuzilishi, til vositalarining kambag„alligini kо„rsatdi. 
Masalan: Chol bilan kampir yashar ekan, menga bо„g„irsoq pishirib ber debdi. 
Un  yо„q  debdi.  Gilamni  tagini  qarasang  un  chiqadi  debdi.  Bо„g„irsoq  pishirib, 
sovusin  deb,  oynaga  qо„yib  qо„ysa,  bо„g„irsoq  kо„zlari  ochilib,  oyoqlari  chiqib 
dumalab ketibdi... (Abduraxmonova Dilnura, 5 yosh). 
"Turna  va  tulki"  voqeaband  rasmlar  seriyasi  asosida  hikoya  tuzishga 
qaratilgan  tо„rtinchi  topshiriqda  berilgan  har  tо„rt  rasm  mazmuni  dastlab  tahlil 
etilib,  tasvirlangan  vaziyatdagi  ba‟zi  muhim  detallar  aniqlashtirilishiga  qaramay, 
barcha  tekshiriluvchilar  uchun  bog„langan  hikoyani  mustaqil  tarzda  tuzish  katta 
qiyinchilik tug„dirdi. Yordamchi savollar, tegishli rasm yoki aniq detalni kо„rsatish 
kabi  yordam  talab  etildi.  Barcha  tekshiriluvchilar  uchun  bayondagi  tо„xtalishlar, 
hikoyani  mustaqil  ravishda  davom  ettirish  kabi  bir  rasmdan  ikkinchi  rasmga 
о„tishdagi qiyinchiliklar xos bо„ldi. 
Yuqorida  aytib  о„tilgan  tekshiruv  natijalarini  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan 
bolalarda  voqeaband  rasmlar  seriyasi  asosida  hikoya  tuzish  malakalarining 
yо„qligidan  tashqari  bu  bolalarda  diqqat,  idrok,  xotira  jarayonlarining  sustligi  va 
mazkur jarayonlarning nutqiy faoliyat bilan yetarlicha koordinatsiyalashmaganligi 


56 
 
bilan  tushuntirish  mumkin.  Bolalarning  hikoyalarida  rasmda  tasvirlangan  yoki 
tasvirlangan  vaziyatdan kelib  chiqadigan harakatlarni tushirib qoldirish,  rasmlarni 
idrok  etish  doirasining  torligi,  ya‟ni,  birgina  personaj  harakatlarini      tasvirlash   
kuzatildi.  Bularning  barchasi  nutqiy  faoliyat  jarayonidagi  diqqatning  sustligidan 
dalolat beradi. 
Kо„pgina hollarda  hikoya  mazmuni  bilan  tasvirlangan  syujet mos  kelmadi. 
Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  7  nafar  bolaning  hikoyasi  personajning  sodda 
harakatlarini nomlashdangina iborat bо„ldi. 
Masalan:  Turna  mehmonga  bordi,  tulki  ovqat  berdi.  Keyin  tulki  mehmonga 
bordi. (Samigjonov Dostonbek, 5 yosh). 
"Turna  va  tulki"  voqeaband  rasmlar  seriyasi  asosida  hikoya  tuzishga 
qaratilgan topshiriq natijalari shundan dalolat berdiki, kо„pgina bolalar kо„rgazmali 
syujetni  tо„la  va  aniq  tasvirlab  berishda  qiyinchilik  sezdilar,  syujetli  vaziyatni 
ma‟no jihatidan umumlashtira olmadilar. 
Masalan:  Turna  bilan  tulki  uchrashibdi,  tulki  mehmonga  chaqiribdi.  Tulki 
ovqat berdi, u yemadi, keyin turna mehmonga chaqirdi. Tulki ovqatni yemadi. Ular 
ikki tomonga ketib qoldi. (Qodirova Muborak, 5 yosh) 
Bir nafar tarbiyalanuvchi kо„rsatilgan yordamga qaramay topshiriqni umuman 
bajara  olmadi.  Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  8  nafar  bola  eksperimentatorning  faol 
yordami  bilan  hikoyani  tuza  oldi.  Qator  hollarda  hikoya  savollarga  javob  berish 
asosida tuzilib, bog„langan hikoya xarakterini yо„qotdi. 
"Bizning  maydonchada"  mavzusi  asosida  hikoya  tarzida  bolalarning  о„z 
hayotiy taassurotlarini bayon etishlariga qaratilgan beshinchi topshiriq natijalariga 
kо„ra  faqatgina  taxminiy  reja  asosida  berilgan  mavzu  yuzasidan  mustaqil  hikoya 
tuzish nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar uchun qiyinchilik tug„dirdi. 
Topshiriq  natijalari  tuzilgan  hikoyalarning  mazmuni  hamda  shaxsiy
 
nutq 
kо„rsatkichlariga  kо„ra  baholandi.  Katta  e‟tibor  bolalarning  kо„rgazmasiz  yoki 
matnga tayanmasdan tuzgan hikoyalarida qо„llanilgan jumlali nutqni tahlil etishga 
qaratildi. 


57 
 
Bolalar  tomonidan  tuzilgan  hikoyalar  tahlili  shuni  kо„rsatdiki,  faqat  nutqi 
tо„liq  rivojlanmagan  6  nafar  bolagina  hikoyaning  har  besh  lavhasida  jumlali 
javobdan  foydalandi,  kо„pgina  bolalar  esa  hikoya  tuzishga  doir  kо„rsatmalar 
berilganiga  qaramay,  bir  yoki  bir  necha  lavhalarda  jumlali  javoblar  о„rniga 
predmetlar yoki harakatlarning nomlarini sanab о„tdilar. 4 nafar bola faqatgina bir-
ikki lavhada jumlali javobdan foydalandi. Hikoyalarni tuzishda bolalar asosan 2-4 
sо„zdan  iborat  qisqa  jumlalarni  qо„lladilar.  Bu  bolalar  hikoyalaridagi  mavjud 
jumlalarning 72,5 % tashkil etdi. Kо„p hollarda notо„g„ri tuzilgan murakkab gaplar 
esa  33 
%  tashkil  etdi.  Bu  jumlali  nutqdan  yetarli  darajada  foydalanilmaslikdan 
dalolat  berib,  о„z  navbatida  bolalarning  keng  bog„langan  hikoyani  tuzishlariga 
tо„sqinlik qiladi. 
Hikoyalar  mazmunini  baholashda biz  tomondan berilgan  mavzu  yuzasidan u 
yoki  bu  ma‟lumotni  о„zida  mujassamlashtirgan  sо„zlar  mikdori  hisobga  olindi. 
Predmet yoki harakatni nomlash yoki ularning keng bayon etilishi kabi ma‟lumot 
elementlari  sonini  aniqlash  bola  tomonidan  mavzuning  qay  darajada  tо„liq  ochib 
berganligini aniqlashga imkon berdi. 
Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  hikoyalarining  о„rta  miqdori  29  sо„zga 
teng bо„ldi.  
"Arg„imchoq  bor,  о„ynaymiz,  о„tiramiz.  Hamma  bolalar  о„ynaymiz..., 
qorbobolar qilaman". (Rozimurodova Sevinch, 5 yosh). 
"Bizning  maydonchada"  mavzusi  asosida  bolalar  hikoyalarining  tahlili  bizga 
bu  topshiriqni  bajarishdagi  qiyinchiliklar  rejalashtirish,  bayondagi  fikrni  ifodalay 
olish,  uning  bajarilishini  nazorat  etishning  shakllanmaganligi  kabi  nutqiy 
faoliyatning  turli  tomonlaridagi  yetishmovchiliklar  bilan  asoslangan  deb  taxmin 
qilishimizga imkon berdi. 
Bayon tuzishdagi asosiy qiyinchiliklar avvalo uning mazmunini rejalashtirish 
darajasida  kuzatildi.  Bu  qiyinchiliklar  bayon  mavzusini  tanlashda,  bayon 
tizimidagi ma‟lumotlar zanjirining ketma-ketligi, ularning bog„liqligini aniqlashda 
namoyon  bо„ldi.  (Masalan,  "Yuguramiz...  aylanamiz...  koptok  о„ynaymiz"). 
Rejalashtirish  va  nazorat  etishdagi  qiyinchiliklar  bayondagi  jumlaning  ikkinchi 


58 
 
qismi  mexanik  tarzda  jumlaning  birinchi  qismiga  mazmun  va  tuzilishi  jihatidan 
mos kelmagan tarzda qо„shilib ketishiga olib keldi. 
Masalan:  "Men  о„yinlarni  yaxshi  kо„raman.  qor",  "Qorbobo.  о„ynaymiz". 
(Shukurullayev Firdavs, 5 yosh) 
Kо„p
 
hollarda  keng  ma‟lumot  berishga  urinishda  muhim  ma‟nodosh  zanjir 
tushirib qoldirilib, ma‟lumot tushunarsiz bо„ldi. 
Bayon 
tuzishdagi 
ayniqsa, 
fazoviy, 
predmetlararo 
munosabatlarni 
ifodalashdagi  yetishmovchiliklarga  grammatik  hamda  sintaksik  buzilishlar  sabab 
bо„lib, nutqi tо„liq rivojlanmagan 8 nafar bolada hikoya mazmunining kambag„alligi, 
qо„llanilayotgan  jumlali  nutqning  quyi  darajasi,  qо„pol  agrammatizmlar  kabi 
buzilishlar yorqin ifodalangan kompleks xarakterga ega bо„ldi. 
 Masalan:  "Koptok,  narvon  bor,  osiladigan  bor,  gaplashamiz,  о„ynaymiz, 
koptok  otish,  quvlamachoq,  qor  otish,  qorbobo  yasash..."  (Nurmatov  Bexruz,  5 
yosh) 
Shunday  qilib,  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalarning  kо„pchiligi  topshiriqni 
yengillashtirish  maqsadida  berilgan  beshta  savol  topshiriqdan  iborat  hikoya 
rejasiga qaramay  hikoya  tuzishda  u  yoki bu darajada ifodalangan  qiyinchiliklarga 
duch keldilar. 
О„rmonda qizcha bilan bо„lgan biron-bir voqea haqida hikoya tuzish hamda 
rasmga  tayangan    holda  tayyor  boshlanish  asosida  ijodiy  xarakterdagi 
topshiriqlarni  bajarish  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  uchun  yanada  murakkab 
bо„ldi.  Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalarning  kо„pchiligi  topshiriqni  bajara 
olmadilar  yoki  topshiriqdagi  berilgan  vazifani  noadekvat  ravishda  bajardilar. 
Asosiy  qiyinchiliklar  ijodiy  topshiriqni  bajarishda  bо„lgani  kabi,  ketma-ketlikda 
bog„langan hikoya shaklidagi fikrni ifoda etishda ham namoyon bо„ldi. 
Uchta predmetli rasmga tayangan holda о„rmonda qizcha bilan bо„lgan voqea 
haqida  gapirib  berish  topshirig„ini  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  20  nafar  boladan  6 
bola  mustaqil  ravishda  bajargan  bо„lsalar,  b  nafar  bola  topshiriqni  kichik  yordam 
asosida  bajara  oldilar,  8  bola  eksperimentatorning  yо„naltiruvchi  savollari 
kо„rinishidagi faol yordam asosida topshiriqni bajardilar.  


59 
 
Rasmga tayangan holda tayyor boshlanish asosida hikoyani yakunlab berish, 
ya‟ni "hikoyani yakunlash" metodikasi quyidagicha qо„llanildi. Bolaga hikoyadagi 
voqealarning  eng  qizg„in  lavhasi  tasvirlangan  rasm  taklif  etildi.  (Bola  daraxt 
tepasiga  chiqib  olgan,  pastda  daraxt  ostida  tо„rt  bо„ri.  Bо„rilardan  biri  daraxtga 
chiqishga  harakat  qilmokda,  uzoqda  qishloq  kо„rinmoqda,  voqea  qishda  sodir 
bо„lmoqda).  Rasm  mazmuni  tahlil  etilgandan  sо„ng  bolaga  yakunlanmagan 
hikoyaning  matni  о„qib  eshittirildi  va  boladan  uning  yakunini  о„ylab  topish 
sо„raldi.  Bola  tomonidan  tuzilgan  hikoya  yakunini  baholashda  uning  syujetli 
yechimi,  mantiqiy  ketma-ketlikka  amal  qilinganligi,  hikoya  mazmuniga  mos 
kelganlik darajasi e‟tiborga olindi. 
Ushbu  topshiriqni  bajarishdagi  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  20  boladan  6  bola 
berilgan  topshiriqni  taklif  etilgan  matn  yakunini  takrorlagan  yoki  rasmda 
tasvirlangan  predmet  va  harakatlarni  nomlagan  holda  bajardilar.  Nutqi  tо„liq 
rivojlanmagan 14 nafar bolaga hikoyaning yakunini tuzishda rag„batlantiruvchi va 
yо„naltiruvchi savollar kо„rinishidagi yordam talab etildi.  
Bolalar  tomonidan  tuzilgan  hikoyalarning  mazmun  jihatlarini  baholashda 
yaratilgan  obrazlarning  mikdor  kо„rsatkichi  mezon  sifatida  xizmat  qildi.  Obraz 
tushunchasi  ostida  yangi  ishtirokchilar,  yangi  bajarilgan  harakatlar,  syujet  rivoji 
uchun ahamiyatli bо„lgan predmetlar va harakatlar nazarda tutildi. 
Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  4  nafar  bola  hikoyalarida  alohida  obrazlar  asosiy 
syujet  mazmuni  bilan  bog„lanmadi  yoki  hikoya  voqealaridan  tushurib  qoldirildi. 
Kо„pchilik  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  о„z  hikoyalariga  о„qib  eshittirilgan 
matndagi  hodisalarni  qо„shib  yubordilar,  bu  bayonning  mantiqan  buzilishiga  olib 
keldi.  
Masalan:  "Keyin  burilarning  jahli  chiqib  daraxtga  chiqmoqchi  bо„ldilar... 
Bо„rilar daraxtni о„rab olishdi... Keyin bola qо„rqib daraxtga chiqib oldi. (Karimov 
Sharofiddin, 5 yosh) 
Bularning  barchasi  ijodiy  topshiriqni  bajarish  nutqi  tо„liq  rivojlanmagan 
bolalar uchun murakkab ekanligidan, fikrni bog„langan ketma-ketlikdagi ma‟lumot 
sifatida bayon eta olmasliklaridan dalolat beradi. 


60 
 
Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalar guruhining katta qismi hikoyani bir necha 
variantdan  iborat  bir  turdagi  elementar  sxema  asosida  tuzdilar.  ("Bо„rilar  ketdi, 
bola  uyiga  qaytdi"  yoki  "Bо„rilar  daraxtga  chiqa  olmadilar,  keyin  ketdilar,  bola 
uyiga  qaytdi").  Faqatgina  uch  hikoyada  syujetning  elementlar  sxemasini 
tо„ldiruvchi alohida qо„shimcha obrazlarni uchrata oldik.  
Misol: "Bitta bо„ri bolani yeb qо„ymoqchi bо„ldi. Bola qо„rqib ketib balandga 
chiqib  oldi.  Keyin  bо„ri  daraxtga  chiqmoqchi  edi,  chiqa  olmay  yiqilib 
tushdi".(Odilova Gulnoza, 5 yosh) 
Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  hikoyalarining  о„n  tо„rttasida  bayon 
bog„liqligining  buzilganligi,  ikkitasida  bayon  ketma-ketligining  buzilganligi 
aniqlandi. 
Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  jumlali  nutqni  egallaganlikning  quyi 
darajasiga  ega  bо„lganliklari  bois,  bu  ularning  tо„laqonli  ma‟lumot  tuzish 
imkoniyatlarini  chegaralaydi.  Hikoya  yakunini  tuzar  ekanlar,  ular  asosan  1-4 
sо„zdan  iborat  qisqa  jumlalarni  qо„llaydilar.  Bu  bolalar  hikoyalaridagi  mavjud 
jumlalarning 72 % tashkil etdi. 
Hikoyaning turli shakllarida bolalar tomonidan yо„l qо„yilgan agrammatizmni 
о„rganish fazoviy, vaqt va boshqa munosabatlarni ifodalashda kо„makchi kelishik 
konstruksiyalarni qо„llashdagi kо„p sonli xatolarni kо„rsatdi. 
Xatolarning  eng  kо„p  soni  gaplarni  tuzishda  uchrab,  bu  xatolar  yoyiq  va 
murakkab  gaplarni  qо„llashda  ayniqsa  namoyon  bо„ldi.  Ijodiy  xarakterdagi 
topshiriqlarni  bajarishda  gaplarni  tuzish  hamda  fe‟l,  fe‟lning  hozirgi  va  о„tgan 
zamondagi shakllarini qо„llashda xatolar soni yanada oshdi. Bunday holatni nutqi 
tо„liq  rivojlanmagan  bolalarda  diqqatning  bayondan  ijodiy  topshiriqni  bajarishga 
kuchishining murakkabligi bilan asoslash mumkin. 
Nutqi  tо„liq  rivojlanmagan  bolalar  monologik  nutqining  hikoya  qilib  berish 
jarayonidagi holatini о„rganish natijalari 2-jadvalda kо„rsatilgan. 
Nutqning  tо„liq  rivojlanmaganligining  uchinchi  darajasidagi  bolalarda 
bog„langan nutq rivojlanishining sezilarli ortda qolishi asosida nutqiy faoliyatning 
mazkur  turini  egallanganlik  malakalari  о„rtasida  farqlar  kuzatildi.  Bajarilgan 


61 
 
topshiriq  natijalarini  solishtirish  bog„langan  nutqning  turli  tomonlari  va  hikoya 
qilish  malakalarining  shakllanganlik  darajasiga  kо„ra  bolalarni  tо„rt  guruhga 
ajratish imkonini berdi (V.K.Vorobyeva metodikasiga muvofiq).  
 

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish