O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti zoologiya va anatomiya kafedrasi



Download 1,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/214
Sana18.02.2022
Hajmi1,91 Mb.
#452628
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   214
Bog'liq
zoologiya fanidan maruza matni (1)

Ichki tuzilishi.
Hazm qilish sistemasi
to‘g‘ri nay shaklida, hamma bo‘g‘imoyoqlilarga 
o‘xshash bo‘limlardan iborat. Og‘iz teshigi boshining pastki tomonida jag‘larining o‘rtasida 
joylashgan. Kivsyaklarning uch juft so‘lak bezlarining har qaysisi alohida yo‘l bilan og‘iz 
bo‘shlig‘iga yoki og‘iz teshigi yoniga ochiladi. Ko‘poyoqlilar jag‘lari yoniga ochiladigan 2 juft 
bezlarini hasharotlarning ipak bezlariga tenglashtirish mumkin. O‘rta ichak ancha uzun. Oziq 


o‘rta ichakda hazm bo‘ladi. Orqa ichak esa juda kalta bo‘ladi. Ko‘pchilik ko‘poyoqlilar yirtqich 
hayot kechiradi. Ular orasida o‘txo‘rlari kam uchraydi. 
Ayirish sistemasi
tana bo‘shlig‘ida joylashgan ikki juft uzun malpigi naychalaridan 
iborat. Naychalarning tana bo‘shlig‘ida joylashgan uchi berk, ikkinchi uchi esa o‘rta va orqa 
ichak chegarasida ichak bo‘shlig‘iga ochiladi. Asosiy modda almashinuv mahsuloti siydik 
kislotasi malpigi naychalari bo‘shlig‘iga ajratiladi. Ayirish organlariga malpigi naychalari
qorin qon tomiri yoki qorin nerv zanjiri boylab joylashgan 
limfatik bezlar
ham kiradi. Bu bezlar 
moddalar almashinuvi qattiq mahsulotlarini to‘plash vazifasini bajaradi. Ayirishda yog‘ 
tanachalar ham qatnashadi. Bu tanachalar tana bo‘shlig‘ida joylashgan xujayralar to‘plamidan 
iborat. Yog‘ tanachalar zaxira oziq ham bo‘ladi.. 
Nafas olish sistemasi
shoxlangan ingichka havo naychalari — traxeyalardan iborat. 
Traxeyalarning ichki yuzasi xitin bilan qoplangan. Bu xitin naychalar devorida spiral 
joylashgan yo‘g‘onlashmalarni hosil qiladi. Yo‘g‘onlashmalar traxeya naylarini puchayib 
qolishiga yo‘l qoymaydi. Traxeya naylari qorin tomonida joylashgan stigmalar (nafas 
teshiklari) bilan bog‘langan. Odatda ko‘poyoqlilarning har bir tana bo‘g‘imida bir juftdan, ikki 
juft oyoqlilarda 2 juftdan, ko‘pchilik laboyoqlilarda esa har ikki bo‘g‘imda bir juftdan nafas 
teshiklari bo‘ladi. Ayrim ko‘poyoqlilarning (laboyoqlilar) traxeya naylari kuchli shoxlangan. 
Tanadagi traxeya naychalari o‘zaro tutashib, yaxlit traxeya sistemasini hosil qilgan. Ikki juft 
oyoqlilarda esa har bir traxeya nayi alohida nafas teshigiga ochiladi. Traxeya naychalarining 
uchki qismi barcha to‘qimalarga tarqaladi. Tana muskullarining qisqarishi va bo‘shashishi 
tufayli traxeya naychala-ridagi havo almashinadi. 
Qon aylanish sistemasi
yaxshi rivojlangan, yurak va undan boshlanadigan arteriya qon 
tomirlaridan iborat. Yuragining tuzilishi va joylanishi hasharotlarnikiga o‘xshaydi. Bu organ 
ichakning ustida joylashgan tana bo‘g‘imlari soniga teng miqdorda alohida kamaralarga 
bo‘lingan uzun naychadan iborat. Har qaysi kameraning ikki yonida klapanli bir juft ostiylar 
bo‘ladi. Klapanlar qo‘shni kameralar orasida ham joylashgan. Yurak maxsus qanotsimon 
muskullar yordamida tana devoriga osilgan bo‘lib, orqadan oldingi tomonga qarab to‘lqinsimon 
qisqarish xususiyatiga ega. Yurakdan chiqadigan qon tomirlari ko‘poyoqlilarda turlicha 
rivojlangan. Yurakning keyingi uchi hasharotlarga o‘xshash berk yoki ikkita qon tomirlari bilan 
bog‘langan bo‘ladi. 
Laboyoqlilar yuragi oldingi uchidan aorta qon tomiri boshlanadi. Aorta bosh miya va 
qorin qon tomirlari bilabn bog‘langan. Bundan tashqari har bir yurak kamerasidan ham 
ikkitadan arteriya chiqadi. Qon tomirlari ko‘ p marta tarmoqlanib, tana bo‘shlig‘iga ochiladi. 


Shunday qilib, gemolimfa yurakdan qon tomirlari orqali tana bo‘shlig‘iga quyiladi. U yerdan 
yana ostiylar orqali yurakka o‘tadi. Yurakda qon orqadan oldinga, qorin qon tomirida, aksincha 
oldindan orqaga oqadi. 

Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish