qisqichbaqasimonlar uchun xos. Ayrim tana bo‘g‘imlari qo‘shilishi bilan nerv gangiylari ham
birlashib ketadi. Qorin nerv stvoli esa qisqaradi. Masalan, daryo qisqichbaqasi tanasi 18
bo‘g‘imdan iborat, lekin qorin zanjiri boylab faqat 12 ta gangliylar joylashgan. Krablarda nerv
tugunlari konsentratsiyasi yanada kuchayadi. Ularning qorin nervlari qo‘shilib, yaxlit ko‘krak
nerv tugunini hosil qiladi. Kurakoyoqlilar va chig‘anoqli qisqichbaqasimonlarning qorin nerv
tugunlari ham ana shu tarzda to‘ planib, ko‘krak tugunini hosil qiladi.
Qisqichbaqasimonlar bosh miyasi prototserebrum va deytotserebrum bo‘limlaridan
iborat. Ko‘pincha antennalar tugunlari
ham bosh miyaga yondoshib, uchinchi bosh miya
bo‘limi- tritotserebrumni hosil qiladi. Prototserebrumdan ko‘zlarga, deytotserebrumdan
antennulalarga nervlar chiqadi. Qisqichbaqasimonlar va hamma bo‘g‘imoyoqlilar
tanasidagi
nerv sistemasi tarkibiga gormonlar ishlab chiqaruvchi maxsus neyrosekretor bezlar ham kiradi.
Bu bezlarning gormoni gemolimfaga tushib, barcha organlar faoliyatiga,
modda almashinuvi,
tullash, metamorfoz kabi jarayonlarga ta‘sir ko‘ rsatadi. Neyrosekretor sistema bezlari bosh
miya va qorin nerv zanjirining turli qismlarida, shuningdek ko‘ rish nervlari yo‘lida joylashgan.
Bezlar sekreti nervlar orqali sinuslariga, ulardan gemolimfaga tushadi.
Sezgi organlari. Qisqichbaqasimonlarning tuyg‘u,
hid bilish, ko‘rish va muvozanat
saqlash organlari yaxshi rivojlangan. Antenna, antennullalar va oyoqlari yuzasida joylashgan
sezgir tuklar va qilchalar tuyg‘u vazifasini bajaradi. Hid bilish
organlari antennalarda
joylashgan juda yupqa kutikulali tuklardan iborat.
Ko‘rish organlariga bitta oddiy nauplius ko‘zcha va ikkita murakkab fasetkali ko‘zlar
kiradi. Nauplius ko‘z nauplius lichinkalar uchun xos bo‘lsa-da, voyaga yetgan
qisqichbaqasimonlarning ko‘pchilik turlarida ham uchraydi. Bunday ko‘z, boshning peshona
qismida antennullalar o‘rtasida joylashgan.
Nauplius ko’z
chuqurcha shaklidagi 2 yoki 4 ta
qadahchadan iborat. Chuqurchalar devorida qora pigment
bilan qoplangan bir qavat
retinal
(sezgir) hujayralar
, tashqi botiq tomonida nurni sindiradigan gavhar linza joylashgan. Nerv
tolalari retinal hujayralar orqa tomonidan chiqqani uchun nauplius ko‘z teskari ag‘darilgan
hisoblanadi.
Fasetkali ko’zlar
juda ko‘p mayda ko‘zchalar- ommatidlardan iborat. Daryo
qisqichbaqasining ko‘zida 3000 dan ko‘proq ommatidlar bor. Ommatidlarni
pigmentli yupqa
parda ajratib turadi. Har bir ommatid yorug‘lik nurini qaytaruvchi va sezuvchi elementlarga ega
bo‘lgan mustaqil ko‘zcha hisoblanadi. Ommatidning muguzsimon sirtqi yuzasi prizma shakliga
ega. Unga buyumning kichik bir qismi tasviri tushadi. Ana shunday minglab kichik
bo‘lakchalardan umumiy tasvir hosil bo‘ladi. Tasvirning bu xilda hosil bo‘lishi
Do'stlaringiz bilan baham: