Barcha hayvonlar atrof-muhit bilan o’zaro munosabatda bo’lishadi.
Organizmlarning
atrof-muhit bilan o‟zaro munosabatini o‟rgnuvchi fan ekologiya deb ataladi.
Hayvonlarning geografik taqsimlanishi va ko‟pligiga ta‟sir qiluvchi omillarni o‟rganishga
alohida qiziqish namoyon bo‟lmoqda. Ekologiya fani atrof-muhitdagi qo‟zg‟atuvchilar
orqali qanday ta‟sirlanishi va o‟z moddalar almashinuvi va fiziologiyasini tartibga solgan
holda ularga qanday javob qaytarishini tadqiq qiladi. Barcha organizmlar atrof-muhit
ta‟siriga javob beradi, bu xususiyat ta‟sirlanish deb ataladi. Ta‟sir va uning javobi juda
sodda bo‟lishi, masalan, bir hujayrali hayvonnning yorug‟lik manbaiga yaqinlashishi yoki
uzoqlashishi yoki zaharli (xavfli) moddadan qochishi, yoki ancha murakkab bo‟lishi ham
mumkin, masalan, qushlarning qo‟shilish marosimidagi signallarning juda murakkab
tizimiga javob berishlari (36-bobga q.). Hayot va atrof-muhit ajralmasdir. Biz organizmlar
shajarasining evolyusion tarixini, bu evolyusiya roy bergan muhitdan ajratgan holda
Do'stlaringiz bilan baham: |