Oldjabralilar (Prosobranchia) kenja sinfi. Jabrasi bitta yoki bir juft bo‘lib, yuragining
oldi-da joylashgan. Ichki mantiya xaltasi 180° ga burilgan. Ko‘pchilik vakillari ayrim jinsli.
Dengizlarda, ba‘zan chuchuk suvda yoki quruqlikda uchraydi. Bu kenj sinf ikki turkumni o‘z
ichiga oladi.
Qadimgi qorinoyoqlilar (Archaeogastropoda), ya‘ni ikki yurakoldi bo‘lmalilar
(Diotocardia) turkumi - tuban tuzilgan qorinoyoqlilar. Ikki yurakoldi bo‘lmasi, pedal nerv
stvollari bor, lekin pedal gangliylari rivojlanmagan. Hind okeanida uchraydigan eng tuban
tuzilgan Pleurotomarianing mantiya kompleksi organlari (jabra, yurakoldi bo‘lmasi, buyragi) bir
juftdan bo‘ladi. Dengiz quloqchasi Haliotisda esa asimmetriya belgilari paydo bo‘lgan, uning
o‘ng jabrasi chap jabrasidan kichikroq, chig‘anog‘i quloqsimon. Korall riflarida uchraydigan
Docoglossaning o‘ng ktenidiysi bo‘ lmaydi. Tipik vakili dengiz likopchasi - Patella deyarli
hamma dengizlar qirg‘ogi yaqinida uchraydi.
Bitta yurakoldi bo‘ lmalilar (Monotocardia). Mantiya kompleksi organlari bittadan, tana
chap tomonida joylashgan. Chuchuk suvda yoki quruqlikda yashashga moslashgan vakillarida
ktenidiy bo‘lmaydi yoki u ikkilamchi jabralar bilan almashinadi. Pedal gangliylari rivojlangan.
Dengizning litoral qismida odatda Littorina ko‘ p uchraydi. Atlantika va Tinch okeani Shimoliy
qismida uchraydigan Buccinium iste‘mol qilinadi. Ko‘l va hovuzlarda Viviparus va Bithynia
uchraydi. Uzoq Sharq dengizlarida yirtqich rapana keng tarqalgan. Bu molluska Qora dengizga
ham kelib qolgan. Oldjabralilar oyog‘ida chig‘anog‘i teshigini yopib turuvchi qopqoqchasi
bo‘lishi bilan o‘pkali molluskalardan farq qiladi. Dengizlarda uchraydigan eshkakoyoqlilar
(Heteropoda) plankton hayot kechiradi. Molluskalar oyog‘i o‘rta qismi yon tomonlardan siqilgan
tik suzgichni hosil qiladi; keyingi qismi dumga o‘xshash cho‘ ziq bo‘ladi. Ular yirtqich hayot
kechiradi. Ayrim turlari ninaterillilarda parazitlik qiladi.
Orqajabralilar (Opisthobranchia) kenja sinfi. Orqajabralilar mantiya kompleksi organlari
oldingi tomondan tanasining o‘ng tomoniga siljigan. Yagona jabrasi yuragi ortida joylashgan.
Odatda chig‘anog‘i reduktsiyaga uchragan. Germafrodit. Faqat dengizlarda uchraydi.
Yopiqjabralilar (Tectibranchia) va yalang‘och jabralilar (Nudibranchia) turkumlariga bo‘linadi.
Yopiq jabralilarning ktenidiysi va odatda chig‘anog‘i bo‘ ladi. Bu turkumga kanotovklilar
(Pteropoda) va Shimoliy dengizlarda keng tarqalgan dengiz avliyosi (Clione limacina) kiradi
(94-ras.mga qarang). Dengiz avliyosining chig‘anog‘i bo‘lmaydi, tanasi pushti qizg‘ish, tishsiz
kitlarning ozig‘i hisoblanadi.
Yalang‘ochjabralilar ktenidiysi reduktsiyaga uchragan; uning o‘rniga ikkilamchi jabra
hosil bo‘ladi. Chig‘anog‘i bo‘lmaydi. Shimoliy dengizlarda keng tarqalgan Den-dronotus
Catriona urug‘lariga mansub yalang‘ochjabralilar tanasining orqa tomonida juda ko‘p jabralari
bo‘ladi.