nimalar nasliy beriladi?
Odamga nasliy yo‘l bilan
ayrim anatomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan, tana tuzilishi, sochi
va ko‘zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug‘ma berilishi
mumkin. Lekin shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vaqt
uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bog‘liq bo‘lgan
sifatlari nasliy yo‘l bilan, ya’ni tug‘ma ravishda berilmaydi. Nihoyatda nodir
hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematik qobiliyatlar nasliy yo‘l
bilan berilishi mumkin.
Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi
haqida gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida to‘xtab o‘tish kerak. Hozirgi
kunda tez-tez
akseleratsiya
terminini eshitayapmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |