O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘lim


Ming ichida qoʻshish va ayirish (yozma usullar)



Download 2,76 Mb.
bet5/9
Sana03.02.2022
Hajmi2,76 Mb.
#427686
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Aripova Lola

3. Ming ichida qoʻshish va ayirish (yozma usullar)
Ming ichida yozma qoʻshish va ayirishni oʻzlashtirish bu amallarni istagan kattalikdagi sonlar ustida muvaffaqiyatli bajarish shartidir, Agar oʻquvchilar «ming» mavzusidagi materialdan yozma qoʻshish va ayirishning toʻliq bilim hamda, malakalarini egallashsa, u holda keyinchalik ularni mustaqil ravishda yangi sharoitlarda — koʻp xonali sonlar bilan amallar bajarishda qoʻllana oladilar.
Yozma qoʻshish va ayirish ketma-ket oʻrganiladi.
Yozma qoʻshishni (ustun qilib) bajarishda avval ykki xonali sonlarni qoʻshish bir qator qilib bajariladi, keyin «ustun» shaklida bajariladi.
Faraz qilaylik, doskada 32+45 misoli yezilgan boʻlsin. Bu sonlarning yigʻindisi qanday topiladi? Oʻquvchi bunday mulohaza yuritadi: «32 ga 45 ni qoʻshish kerak. 32— bu 30 bilan 2, 45 esa 40 bilan 5. Oʻnliklarni qoʻshamiz (30+ 40=70), keyin birliklarni qoʻshamiz (2+5=7), umumiy yigʻindini topamiz (70 + 7=77), ya’ni u amalda yigʻindini yigʻindiga qoʻshish amalini bajaradi: 32+45=(30+2)+(40+5)=(30+40)+(2+5)=70+7= =77.
Mulohazalar oʻtkazgandan soʻng shu misol «ustun» shaklida yechiladi:
Amalni ustun shaklida bajarib, bolalar birliklarni birliklarga, oʻnliklarni oʻnliklarga qoʻshish qulay ekani haqida bemalol xulosa chiqarishadi.
+32
45
77
Oʻqituvchi doskaga yangi 532+145 misolini yozadi va uni ham avvalgi misol kabi (32+45) yechish mumkinligini tushuntiradi.
532+145=(500+30+2)+(100+40+5)=(500+100)+(30+40)+(2+5) =600+70+7=677.
Bu yerda yuzliklarni yuzliklar bilan, oʻnliklarni oʻnliklar bilan, birliklarni birliklar bilan qoʻshilganini tushuntirib, oʻqituvchi bu misolni «ustun shaklida» yozishni taklif etadi. «Avval birinchi qoʻshiluvchini yozamiz. Unda nechta yuzlik bor? Nechta oʻnlik bor? Nechta birlik bor? Uning ostiga ikkinchi qoʻshiluvchini yozamiz. Ikkinchi qoʻshiluvchini birinchi qoʻshiluvchi ostiga qanday yozamiz?
Albatta, yuzliklarni yuzliklar ostiga, oʻnliklarni oʻnliklar ostiga birliklarni birliklar ostiga yozamiz. Qanday qoʻshamiz? Albatta, birliklarni birliklar bilan, oʻnliklarni oʻnliklar bilan, yuzliklarni yuzliklar bilan qoʻshamiz. 2 birlikka 5 birlikni qoʻshamiz, 7 birlik hosil boʻladi. Chiziqcha ostidagi yigʻindida birliklar oʻrniga 7 ni yozamiz. 3 ta oʻnlikka 4 ta oʻnlikni qoʻshamiz. 7 ta oʻnlik hosil
+532
145
677
boʻladi. Yigʻindida oʻnliklar oʻrnida 7 ni yozamiz. 5 ta yuzlikka 1 ta yuzlikni qoʻshamiz, 6 ta yuzlik hosil boʻladi. Yigʻindida yuzliklar oʻrnida 6 ni yozamiz: yigʻindi 677 ga teng.
Bolalar bunday misollarning ustun shaklida yozilishini va ularning yechilishini birlashtirishni (562+416, 2 birl.+b birl.=8 birl; 6 oʻnl. + 1 oʻnl.=7 oʻnl., 5 yuzl.+4 yuzl.=9 yuzl. yigʻindi—978) oʻzlashtirishadi, yozma qoʻshish birliklardan boshlanishini yozishadi.
Keyingi darsda bolalar oʻnlikdan oʻtmasdan uch xonali sonlarni ayirish bilan tanishadilar.
__ 679
434

9 birlikdan 4 birlikni ayiramiz, 5 birlik chiqadi. 4 ni chiziqcha ostida ayirmada birliklar oʻrniga yozamiz. 7 oʻnlikdan 3 oʻnlikni ayiramiz. 4 oʻnlik chiqadi. Ayirmada oʻnliklar oʻrniga (xonasida) 4 ni yozamiz, 6 yuzlikdan 4 yuzlikni ayiramiz, 2 yuzlik hosil boʻladi. Ayirmada yuzliklar oʻrniga 2 ni yozamiz. Ayirma 245 ga teng boʻladi.


Uch xonali sonni ikki xonali songa qoʻshishga katta ahamiyat beriladi. Masalan: 52+931. Bu yerda bolalarni sonlarni toʻgʻri yozishga oʻrgatish muhimdir.
Ikkita yozuv boʻlishi mumkin:
+52 va 52
931 931

Notoʻgʻri yozuvdagi xatoni juda sinchiklab aniqlash muhimdir (bu yerda yuzliklar oʻnliklar ostiga yozilgan, aslida oʻndiklar ostiga yozilishi kerak va hokazo).


Ushbu 427+133, 363+245, 236+434 koʻrinishdagi misollarni yechishda nima uchun yozma qoʻshishni ogʻzaki hisoblashdagidek yuqori xonalardan emas, balki 1 xona birliklaridan brshlash kerak: oʻquvchilar misollardan birini yechishsin (457+243), bunda qoʻshishni yuzliklardan boshlab, bunday ketma-ketlikdagi hisoblashlar noqulayligiga oʻzlari ishonch hosil qilishadi, chunki yuzliklar raqami va oʻnliklar raqamini tuzatishga toʻgʻri keladi.
Oʻnlikdan oʻtib qoʻshishga doir misollarni yechishdan oldin natijani yanada yirikroq birliklarda ifodalash talab qilingan. 8 birl. + b birl., 6 oʻnl.+7 oʻnl. va shu kabi koʻrinishdagi tayyorgarlik mashqlarini kiritish foydali.
Huddi avvalgi bosqichlardagidek misollar avval mufassal tushuntirilib yechiladi.
+268
319

8 birlikka 9 birlik qoʻshilsa, 17 birlik chiqadi yoki 1 oʻnlik va 7 birlik chiqadi. 7 birlikni birliklar ostiga, 1 oʻnlikni esa oʻnliklarga qoʻshamiz. 6 oʻnlikka 1 oʻnlikni qoʻshamiz, 7 oʻnlik hosil boʻladi, bizda yana 1 ta oʻnlik bor, uni ham qoʻshsak, 8 oʻnlik chiqadi. 8 raqamni oʻnliklar ostiga yozamiz. 2 yuzlik va yana 3 yuzlik 5 yuzlik boʻladi. 5 raqamini yuzliklar ostiga yozamiz. Yigʻindi 587.


2 — 3 darsdan soʻng tushuntirishni qisqartirish mumkin:
+ 523
382

3+2=5, yozaman 5; 2+8 = 10, 0 ni yozaman, 1ni yuzliklarga qoʻshaman. 5+3=8, 8+1=9, 9 ni yozaman. Hammasi 905. Lekin xatoga yoʻl qoʻyilsa, birinchi darslardagidek mufassal tushuntirishni talab qilish lozim.


254+346 va 489+395 koʻrinishidagi qoʻshish hollarini ham koʻrsatamiz: 4+6=10, 0 ni yozaman, 1 ni oʻnliklarga qoʻshamiz. 5+4=9, 9+1 = 10, 0 yozaman, 1 ni yuzliklarga qoʻshamiz. 2 + 3=5, 5+1=6. Yuzliklar ostiga 6 ni yozaman. Hammasi 600.
+ 489
395

9+5=14, 4 ni yozaman, 1 ni oʻnliklarga qoʻshaman..8 + 9=17, 17+1 = 18, 8 ni yozaman, 1 ni yuzliklarga qoʻshaman. 4+3=7, 7+1=8, 8 ni yuzliklar ostiga yozaman. 884 hosil boʻldi.


Yozma qoʻshishni bajarishda oʻquvchilarning mulohazalarini oʻzlashtirishdan tashqari, mazkur mavzuni oʻrganishning hamma bosqichlarida tez va toʻgʻri hisoblash koʻnikma-larini hosil qilishga erishysh kerak. Bunga quyidagicha turli xil mashqlar yordam beradi:
1) Misollarni yeching:
+142 +32 +305 +218
275 399 615 208

2) Quyidagi misollarni qarab chiqing; ular orasidan toʻgʻri va notoʻgʻri yechilganlarini koʻrsating, xatoni tushuntiring, toʻgʻri yeching:


+367 +303 +429 +178 +23
113 253 571 245 447
470 506 1000 323 667

3) Quyidagi misollarda tashlab ketilgan raqamlarni oʻrniga yozing:


+464 +524 +408 +467 +496
326 239 203 282 504
7.0 7.. 6.1 .49 .0.

380—247, 904—723 koʻrinishdagi uch xonali sonlarni ayirishda oʻquvchilar misol qoʻshishdagidek ustun shaklida yozilsa, soddaroq va tezroq ayirish mumkinligini tushunishadi. Dastlabki paytlarda ayirish mufassal tushuntirib bajariladi.


_380
247
Dastlab bir xona birliklarini boshqa xona birliklariga ajratish esga olinadi:
1 oʻnl.=10 birl.
1 yuzl.= 10 oʻnl.
Birliklarni ayiramiz: doldan 7 birlikni ayirib boʻl-maydi, 8 oʻnlikdan 1 ta oʻnlikni olamiz. Buny esdan chiqarmaslik uchun 8 raqami ustiga nuqta qoʻyamiz. 1 oʻnl.=10 birl. 10 birl.—7 birl.=3 birl. (Bitta oʻnlikda 10 ta birlik bor. 10 birlikdan 7 birlikni ayiramiz— 3 birlik qoladi. Javobni birliklar ostiga yozamiz.)
Oʻnliklarni ayiramiz: 8. raqami ustida nuqta turibdi. 1 ta oʻnlikni qarzga olgan edik, 7 oʻnl.—4 oʻnl.=3 oʻnl. 3 ta oʻnlyakni bilDiruvchi 3 raqamini oʻnyaiklar ostiga yozamiz. Yuzliklarni ayirammz:
3 yuz—2 yuz=1 yuz.
Javob: 133.
_904
743

«1 ta yuzlik=10 ta oʻnlik, 1 ta oʻnlik=10 birlik ekanini eslaymiz. Birliklarni ayiramiz: 4 birl. — 3 birl.=1 bi.rl. 1 ni birliklar ostiga yozamiz.


Oʻnliklarni ayiramiz: noldan 4 ta oʻnlikni ayirib boʻlmaydi. 9 ta yuzlikdan 1 ta yuzlikni olib turamiz, buni esdan chiqarmaslik uchun 9 raqami ustiga nuqta qoʻyamiz. 1 yuzl.=10 oʻnl. -10 oʻnl.—4 oʻnl.=6 oʻnl. 6 ni oʻnliklar ostiga yozamiz.
Yuzliklarni ayiramiz; 9 raqami ustida nuqta turibdi, demak, 8 ta yuzlik qolgan. 8 yuz. — 7 yuz=1 yuz. 1 ni yuzliklar ostiga yozamiz. Javob: 161.
Mashq tariqasidagi bunday misollarning bir nechtasini bajargandan soʻng 831 — 369 koʻrinishdagi misollar kiritiladi, bularda qoʻshni yuqori xonadan bitta yoki ikkita birlik «qarz» olishga toʻgʻri keladi. Tayyorgarlik mashqlari sifatida quyidagi kabi misollarni kiritish foydalidir: 1 oʻn. 6 birl. — 7 birl., 1 yuzl. 5 oʻnl. — 8 oʻnl. va h. k. Shuningdek, turli mashqlar yordamida har xil xona birliklari orasidagi munosabatni va yuqori xona birligini koʻshni xonalar birliklariga maydalashni takrorlash kerak.
_ 831
369

Oʻquvchi bu misolni yechar ekan 1 ta yuzlikda 10 ta oʻnlik, 1 ta oʻnlikda esa 10 ta birlik borligini eslaydi. Soʻngra u quyidagicha mulohaza yuritadi: Birliklarni ayiraman: 1 dan 9 ni ayirib boʻlmaydi. Qoʻshni xonadagi 3 ta oʻnlikdan 1 tasini. «qarz» ga olaman (3 raqami ustiga nuqta qoʻyadi). 1 oʻnl. 1 birl.=11 birl. 11 birl. — 9 birl.=2 birl., javobni birliklar ostiga yozaman. Oʻnliklarni ayiraman: 2 ta oʻnlik qolgan edi. 2 ta oʻnlikdan 6 ta oʻnlikni ayirib boʻlmaydi. 8 ta yuzlikdan 1 ta yuzlikni olaman (8 raqami ustiga nuqta qoʻyaman). 1 ,yuzl. 2 oʻnl. = 12 oʻnl. 12 oʻnl. — 6 oʻnl.=6 oʻnl., javobni oʻnliklar ostiga yozaman.


Yuzliklarni ayiraman: 7 ta yuzlik qolgan, 7yuzl.—3 yuzl.=4 yuzl. javobni yuzliklar ostiga yozaman. Javob: ayirma 462.
800—358, 700—206, 1000—427 koʻrinishdagi misollar qiyin hollar hisoblanadi. Bunda qiyinchiliklar xona birliklarini bir necha marta maydalash tufayli kelib chiqadi (1000—456— birliklar, oʻnliklar va yuzliklar boʻlmagani uchun 1 ta minglikni olib, uni yuzliklarga maydalaymiz. 10 ta yuzlik hosil boʻladi; 10 ta yuzlikdan 1 tasini olamiz — nuqta qoʻyamiz va 9 ta yuzlik qolganini eslab qolamiz; 1 ta yuzlikni oʻnliklarga maydalaymiz, 10 ta oʻnlikni hosil qilamiz va h. k.).
_ 800
358

Oʻquvchining mulohazasi: «1 ta yuzlikda —10 ta oʻnlik, 1 ta oʻnlikda — 10 ta birlik borligini eslayman. Birliklarni ayiraman. Noldan 8 ni ayirish mumkin emas. Oʻnliklarning birliklari yoʻq. 8 ta yuzlikdan 1 ta yuzlikni olaman (8 raqami ustiga nuqta qoʻyaman). 1 yuzl.= 10 oʻnlik. Endi menda nol oʻrniga 10 ta oʻnlik bor. 10 ta oʻnlikdan bitta oʻnlikni olaman (0 ustiga nuqta qoʻyaman).


1 ta oʻnlik=10 ta birl.; 10 ta birl.—8 birl.=2 birl. Javobni birliklar ostiga yozaman.
Oʻnliklarni ayiraman. Bizda 9 ta oʻnlik qoldi. 9 ta oʻnl.—5 ta oʻnl.=4 ta oʻnl. Javobni oʻnliklar ostiga yozaman.
Yuzliklarni ayiraman: 7 ta yuzlik kolgan edi. 7 yuzl.— —3 yuzl.=4 yuzl. Javobni yuzliklar ostiga yozaman. Ayirma: 442.
Bunday koʻrinishdagi dastlabki misollarni yechishda yuzliklar, oʻnliklarni «qarzga olishni» nol ustiga nuqta qoʻyish foydalidir:
10 10 10
1000 900
356 702
644 198
Keyinroq bolalar yuzliklar, oʻnliklarni «qarzga olishni» 10 sonini nol tepasiga yozmasdan eslab qolishga oʻrganib ketadilar:
1000 700
189 43
811 657
Yozma ayirishni oʻrganishning har bir bosqichida hisoblash malakalarini hosil qilish uchun bunday mashqlardan yetarlicha berish kerak. Bu mashqlarni bajarish jarayonida oʻquvchilarning mulohazalari iloji boricha qisqa, hisoblashlar esa tez bajarilishi kerak. Mashqlarga misollar keltiramiz:
1) misollarning yechilishini tushuntiring:
265 724 902 600
51 603 384 249

2) misollarni ustun shaklida yozing va yeching:


813 — 15, 700—208, 301—196
3) Misollarni yeching va natijani qoʻshish bilan tekshiring:
560—237, 808—49, 300—124
4) Misollarni yeching va natijani ayirish bilan tekshiring:
717—98, 403—285, 500—269
5) notoʻgʻri yechilgan misollarning yechilishini tushuntiring va ularni toʻgʻri yeching:
407 635 821 +398 + 542 + 603
156 204 348 212 26 245
251 401 583 600 702 303
6) tushirib qoldirilgan raqamlarni, yozing:
+ 4 8 703
6 24
6 4 1 548
Bu paytga kelib yozma hisoblashlar bilan yechiladigan tenglamalarni va 2—3 amalli misollarni yechish ham kiritiladi.



Download 2,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish