Guruh
TS 101
(28 nafar talaba)
TS 102
(28 nafar talaba)
Baho
Soni
Foizi
Soni
Foizi
“5” a’lo
baho
5
17,9 %
1
3,6 %
“4” yaxshi
baho
4
14,3 %
6
21,4 %
“3”
qoniqarli
baho
19
67,8 %
21
75 %
“2”
qoniqarsiz
baho
-
-
-
-
Sifat
ko‘rsatkichi
32,2 %
25 %
92
0,00%
10,00%
20,00%
30,00%
40,00%
50,00%
60,00%
TS201 (23
nafar)
TS204R
(17 nafar)
5 a'lo
4 yaxshi
3 o'rta
2 yomon
93
XULOSA
Insoniyat sivilizatsiyasini mavjud adabiyotlar orqali o‘rganganimizda rasm,
tasvir, chizma, belgilarning o‘rni naqadar ahamiyatli bo‘lganligiga guvoh bo‘lamiz.
Bugungi kundagi texnika taraqqiyoti va insonga yaratilayotgan qulayliklarning
zamirida ham chizmaning o‘rni muhim bo‘layotganligini ko‘ramiz.
Intelektual salohiyatli har bir inson, ayniqsa, rahbar xodimlar va hattoki oddiy
inson ham mavjud chizmani tushuna olish darajasidagi bilim, ko‘nikmaga ega
bo‘lishi lozim deb o‘ylaymiz. Masalan, oddiy inson oilasi uchun sotib olgan
texnika vositasining tuzilishi, uni ishlatishi, zarurat tug‘ilganda uni ta’mirlay olishi
uchun ushbu buyumning chizmasini o‘qib-tushunishi kerak bo‘ladi. Yoki biror
korxonaning rahbari o‘z tashkilotiga sotib olayotgan stanoklarning yoki
qurilayotgan binoning chizmalarini tushunishi, ko‘z oldiga keltira olishi, zaruriyat
tug‘ilganda esa quruvchilar faoliyatini nazorat qila olishi kerak bo‘ladi.
Yuqoridagi holatlardan ko‘rinib turibdiki, inson faoliyati va turmushida
chizmaning, xususan chizmachilik fanining o‘rni katta ekan. Chizmachilik fanining
geometrik chizmachilik bo‘limida o‘rganiladigan “Tutashmalar” mavzusi ham
buyumning chizmasini tuzishda, loyihalashda muhim o‘rinni egallaydi.
Belgilangan maqsad asosida bir necha ilmiy nazariy va ilmiy metodik
maqolalar, metodik va o‘quv qo‘llanmalar, darsliklar bilan tanishib chiqdim.
Xususan, I.Rahmonovning “Chizmachilik 8”, “Chizmachilik 9” darsliklari,
“Didaktik
o‘yinlar”
qo‘llanmasi,
E.Ro‘ziyev
va
A.Ashirboyevlarning
“Muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi” darsligi, I.Rahmonov va
A.Valiyevlarning
“Muhandislik
grafikasini
o‘qitishning
zamonaviy
texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi, E.G‘oziyevning “Psixologiya”, R.Mavlonova,
O.To‘rayeva, K.Xoliqberdiyevlarning “Pedagogika” darsliklarini sinchiklab
o‘rgandim.
Bundan tashqari o‘quvchi va talabalarning fazoviy tasavvuri va tafakkurini
oshirishga hamda o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishga qaratilgan
94
nomzodlik dissertatsiyalaridan S.Saydaliyev, N.Yodgorov va boshqalarning ilmiy
ishlarini ham o‘rganib chiqdim.
O‘quvchi va talabalarning aynan “Tutashmalar” mavzusi bo‘yicha bilimi va
ko‘nikmasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy maqolalar men uchun eng asosiy
manbaa bo‘ldi.
Yuqoridagi adabiyotlarni o‘rganish natijasida men ham o‘z mavzuim
yuzasidan muammolarni aniqladim va ularni bartaraf etishga qaratilgan
g‘oyalarimni ishlab chiqishga harakat qildim.
Izlanishlar jarayonida rejaga o‘zgartirishlar va uni takomillashtirishga
qaratilgan fikrlar tug‘ildi va ularni amaliyotga joriy qildik. Mening BMI
mavzusidan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning “Tutashmalar” mavzusini ta’lim
bosqichlarida o‘qitishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash uchun metodik
tavsiyalar ishlab chiqish va uni o‘quv jarayoniga olib kirishdan iborat edi va bu
maqsad yechimiga ma’lum ma’noda erishdik. Chunki o‘tkazilgan tadqiqot
yuzasidan qilinadigan xulosa uning amaliy ahamiyati darajasini belgilab beradi.
Didaktikada o‘qitishning oddiydan murakkabga qarab borish qonuniyatiga
amal qilgan holda tashkil qilishni hisobga olsak, ta’lim bosqichlarida ushbu
mavzuni mazkur qonuniyatga amal qilgan holda o‘qitish lozimligini ko‘ramiz.
Bizning tadqiqotimiz aynan “Tutashmalar” mavzusini umumiy o‘rta ta’lim,
kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida qanday qilib o‘qitish maqsadga
muvofiq bo‘lishini ilmiy jihatdan tahlil qilish va eng maqbul variantni izlash
hamda zarur metodik tavsiyalarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
Ishdan ko‘zlangan maqsad asosida umumiy o‘rta ta’lim maktabida
tutashmaning ta’rifi, mazmuni, elementlari o‘qitilishi lozim. Shuningdek
o‘quvchilarning nazariy va amaliy bilimini tekshirish va mustahkamlash hamda
grafik savodxon bo‘lishini ta’minlash uchun tarkibida tutashma elementlari mavjud
bo‘lgan oddiy va sodda detalning chizmasini grafik vazifa sifatida bajartirish
lozim.
95
Kasb-hunar kollejlarida tutashmaning murakkabroq variantlari va uning
nazariy qoidalari o‘qitilishi, tutashmaning texnika, turmush va arxitekturadagi
amaliy ahamiyati namunalar orqali tushuntirilishi darkor.
Oliy ta’lim muassasalarida tutashma qoidalarini talabaga ilmiy jihatdan tahlil
qilish ko‘rsatilishi, tutashma radiusi o‘rniga tutashish nuqtasi berilgan masalalar
grafik ish sifatida qo‘yilishi,loyihalash masalalari vazifa qilib berilishi zarur
bo‘ladi. Talabalar mantiqiy fikrlashga majbur qiladigan masalalar bilan
shug‘ullanishi eng asosiy o‘rinda turishi lozim.
Ta’limning uchchala bosqichida ham dars jarayonida animatsiya, ko‘rgazmali
slaydlardan o‘rinli foydalanish kerak.
Mening BMI mavzusining mazmuni va unda keltirilgan materiallardan
amaliyotda foydalanish o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, ularning
grafik savodxonligini rivojlantirishda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi deb
o‘ylayman. Tadqiqot ishimni tayyorlashimda menga amaliy ko‘mak bergan
“Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi professor-
o‘qituvchilariga,
ilmiy
rahbarim
dotsent
A.N.Valiyevga
samimiy
minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Kelajakda ushbu ustozlarimga o‘xshab
yetuk pedagog va mutaxassis bo‘lishga, ularning bizga o‘rgatgan ilmlarini yosh
avlodga o‘rgatishga harakat qilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |