2.5-§. Ta’lim bosqichlarida “Tutashmalar” mavzusi bo‘yicha
grafik vazifalar bankiga oid variantlar
“Tutashmalar” mavzusi ta’limning barcha bosqichlarida o‘qitilishi, ularda
mavzuning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy metodik
tavsiyalarimizni yuqoridagi paragraflarda berdik. Berilgan tavsiyalar asosida darsni
tashkil qilish albatta o‘zining samarasini beradi. O‘quvchi va talabalar
“Tutashmalar” mavzusi doirasida egallagan nazariy va amaliy bilimi, ko‘nikmasi
yordamida mustaqil ravishda grafik masalalar yechishi lozim. Ushbu grafik
masalalarning mazmuni, murakkablik darajasi ta’lim bosqichining turiga bog‘liq
bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |