O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   362
Bog'liq
fayl

                   
3.4.Ilk yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti 
Ilk  bolalik  davridan  boshlab  bola  uni  o‘rab  turgan  predmetlarning 
xususiyatlarini va ular orasidagi oddiy bog‘liqliklarni anglashga harakat qiladi. 
Bu  davr  aqliy  rivojlanishning  asosini,  idrok  va  tafakkur  harakatlarining  yangi 
ko‘rinishlarini tashkil etadi. 1 yoshli bola predmetlarni izchil,  tizimli ravishda 
ko‘rib  chiqa  olmaydi.  U  asosan  predmetning  qandaydir  bir  ko‘zga  tashlanib 
turadigan belgisiga o‘z e’tiborini qaratadi va predmetlarni shu belgilariga ko‘ra 
taniydi.  Keyinchalik  yangi  idrok  harakatlarining  egallanishi  bolaning 
predmetli  harakatlarini  bajarishdan  ko‘z  bilan  chamalab,  harakat  qilishiga 
o‘tishda  namoyon  bo‘ladi,  endi  u  predmetning  bo‘laklarini  ushlab 
ko‘rmasdan,  balki  chamalab  idrok  eta  oladi.  2,5-3  yoshli  bola  kattalarning 
ko‘rsatgan  namunasi,  rangi,  shakli  va  kattaligiga  ko‘ra,  aynan  shunday 
predmetlarni  chamalab,  idrok  etgan  holda  to‘g‘ri  topa  oladi.  Bolalar  avval 
shakliga, so‘ngra kattaligiga va undan keyingina  rangiga  qarab  ajrata  oladilar. 
Bu  jarayonda  bola  bir  xil  xususiyatga  ega  bo‘lgan  juda  ko‘p  predmetlar 
mavjudligini tushuna boshlaydi.  Lekin, bola rasm  chizishni boshlash davrida 
predmetlarning rangini e’tiborga olmaydi va o‘ziga yoqadigan ranglardan 
foydalanadi.  Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha  2,5-3  yoshli  bola  5-6  ta  shaklni 
(doira, kvadrat, uchburchak, to‘g‘riburchak, ko‘pburchak) va 8 xil rangni (qizil, 
olov rang, sariq, yashil, ko‘k, siyohrang, oq, qora) idrok etishi mumkin. Rang 
va  shakllarning  maqsadga  muvofiq  ishlatilishi  jihatidan  har  xil  narsalarda 
turlicha  namoyon  bo‘lishi  sababli,  bu  yoshdagi  bolalar  ularni  idrok  etganlari 
bilan  nomlarini  aniq  bilishlari  va  o‘z  nugqlarida  ishlata  olishlari  birmuncha 
qiyinroq.  Kattalarning  bu  yoshdagi  bolalardan  rang  va  shakllarni  eslab 
qolishlarini  talab  etishlari  noto‘g‘ridir,  buning  uchun  mos  davr  4-5  yoshlar 
hisoblanadi. 


59 
 
      Bola  3  yoshigacha  o‘zlashtirgan  so‘zlar  asosan  predmet  va 
harakatlarning  nomlarini  bildiradi.  Nomlar  asosan  uning  vazifasini 
anglatadi,  bunda  predmet  yoki  harakatning  tashqi  ko‘rinishi  o‘zgarsa  ham 
uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun ham  bola predmetlarning nomlarini 
ishlatilishini  vazifalariga  bog‘lagan  holda  tez  o‘zlashtiradi.  Idrok  o‘ssa,  xotira 
takomillashadi. Xotira bolaning taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. 
Ilk  yoshdagi  bolalarda  ixtiyorsiz  diqqat  ustunligicha  qolaveradi.  Masalan, 
bola juda berilib ertak  eshitayotgan bo‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning 
diqqati  ixtiyorsiz  shu ertakdan chalg‘iydi. Diqqatning ko‘p chalg‘ishi bu yoshdagi 
bolalar  diqqatining  xarakterli  xususiyatidir,  chunki  psixik  hayot  doimiy  ravishda 
tashqaridan  bo‘ladigan  yangi    o‘zgaruvchilarga    muhtoj  bo‘lib  turadi.  Ammo 
ob’ektga  bo‘lgan  qiziqish  qancha  aniq  va  ravshan  bo‘lsa,  bolaning  ixtiyorsiz 
diqqati  shuncha  barqaror  bo‘ladi.  Ixtiyorsiz  diqqatning  kelgusi  taraqqiyoti 
qiziqishlarning boyib borishiga bog‘liqdir. Bu yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqat 
endigina vujudga kela boshlagan bo‘ladi. 
      Uch yashar bolaning xayol obrazlari tevarak-atrofdagi predmetlarning ta’sirida 
tug‘iladi  va  ma’lum  maqsadga bo‘ysunadi.  Bola qo‘g‘irchoqni  ko‘rib bo‘lgandan 
keyin,  uni  kiyintiradi  va  «uxlashga»  yotqizadi.  Bordi-yu,  shu  on  «ayiqcha»ni 
ko‘rib qolsa, diqqatini qo‘lidagi  qo‘g‘irchoq qolib, ana shu «ayiqcha»ga qaratadi 
va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» ketadi. Bolada tajriba ortib borishi bilan xayol 
ham boyib boradi. Kichkina bolalarda xayol ancha rivojlangan bo‘ladi. Lekin bola 
xayoldagi  obraz  bilan  borliqdagi  idrok  qilayotgan  narsa  va  predmetlarni 
aralashtirib  yuboradi.  Shu  sababli  bola  xayoliga  ta’sir  etuvchi  vositalar  ichida 
ertaklar muhim o‘rin egallaydi. 
        Ilk  bolalik  yoshidagi  bolaning  xayoli  predmetlar  bilan  qilinadigan 
harakatlarga bog‘liqligi bilan farqlanadi.  Bu yoshdagi bolalarda nutq va tafakkur 
xususiyatlari    o‘z  hayotining  birinchi  yilida  sodda  assotsiatsiya,  ya’ni  har  xil 
tasavvurlarni  bir-biri  bilan  bog‘lash  qobiliyatiga  ega  bo‘ladi.  Masalan,  u  sutli 
shishani  ko‘rishi bilan  xursand  bo‘ladi. Vaqt o‘tishi  bilan bolaning  assotsiatsiyasi 
murakkablashib  boraveradi.  Bola  bir  yoshga  to‘lay  deganda,  onasining  ko‘chaga 
kiyadigan  kiyimini  olib  kelayotganini  ko‘rib,  xursand  bo‘ladi.  Vrachning 
tekshirishidan yomon ta’sirlangan bolalar  xalatli odamlardan qo‘rqa boshlaydilar.  
Bola  o‘z  hayotining  ikkinchi  yilida  fazo  munosabatlarini  aniqlay  boshlaydi, 
xonaning  ichidagi  predmetlar  orasida  o‘zini  to‘g‘ri  tutish  malakasini  egallab 
boradi.  
Bolaning yoshi ulg‘ayishi bilan unda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish ortadi. 
Kichkintoydagi sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlik uning kelgusi hayotida 
juda muhim rol o‘ynaydi. Bola hamma narsani o‘zi ko‘rishni va eshitishni istaydi. 
Lekin  bolaning  hayoti  va  rivojlanishi  uchun  ko‘rish  va  eshitish  sezgilari  asosida 
vujudga  keladigan  taassurotlargina  emas,  balki  hid  va  muskul-harakat  sezgilari 
orqali oladigan taassurotlar ham juda  
muhimdir. 
       Ilk  bolalik  davrining  boshlariga  kelib,  bolada  birinchi  tafakkur 
operatsiyalari  yuzaga  keladi.  Buni  bola  biror  predmetni  olishga  harakat  qila 


60 
 
olganidan  so‘ng,  uni  sinchiklab  o‘rganishida  ko‘rishimiz  mumkin.  Ularning 
tafakkurlari,  asosan,  ko‘rgazmali-harakatli  bo‘lib,  u  atrof  olamdagi  turli 
bog‘liqliklarni o‘rganishga xizmat qiladi. O‘zidan uzoqroq turgan koptokni biron-
bir  uzunroq  narsa  bilan  itarib  yuborish  mumkinligini  ko‘rgan  bola,  endi 
mustaqil  ravishda  divan  tagiga  kirib  ketgan  koptokni  tayoqcha  yordamida 
olish  mumkinligini  tafakkur  eta  oladi.  Bu  davrdagi  bolalar  tafakkurida 
umumlashtirish katta o‘rin tutadi. Umumlashtirishda nutq muhim ahamiyat kasb 
etadi.  Masalan,  soat  deyilishi  bilan  bola  qo‘l  soatini  yoki  devordagi  osma  soatni 
ham tushunishi mumkin. Lekin, ular turlicha bo‘lganligi bois, ularda umumiylikni 
topish  bola  uchun  qiyinroq  hisoblanib,  bu  borada  fikrlash  2-3  yoshli  bolalar 
ma’lum  bir  predmetlarning  o‘rniga  ularning  o‘rnini  bosishi  mumkin  deb 
hisoblagan boshqa narsalardan ham foydalanadilar. Masalan, o‘yin jarayonida bola 
cho‘pni  qoshiq  yoki  termometr  o‘rnida,  yog‘ochdan  yasalgan  krovat  yoki 
mashina o‘rnida foydalanishi mumkin. 
       Bola ikki yoshlarga borib, amaliy tafakkurdan birinchi marta foydalana oladi, 
uchinchi  yoshida  esa  ba’zi  tanish  harakatlardan  qonkret  masalalarni  hal  qilishda 
mustaqil  foydalana  boshlaydi.  Masalan,  bu  yoshdagi  bola  vazadagi  tugmachani 
qo‘li      bilan  solib,    ololmasa,  u  vazachani  to‘ntarib  olaveradi.  Tafakkurning  bu 
boshlang‘ich  shaklini  ba’zan  «qo‘l  tafakkuri»  ham  deyiladi.  Tafakkurning  bu 
shaklii bola aqliy tarqqiyotining kelgusi bosqichi uchun juda zarurdir. 
Uch  yoshli  bolalarda  hukmning  oddiy  turlarini  ko‘rish  mumkin.  Bu  hukm  turlari 
doimo faqat o‘zi bevosita idrok qilayotgan va yakka predmetlarga taalluqli bo‘ladi.  
Bola  2,5  yoshga  yetganda  savollar  bera  boshlaydi.  Avval  savollar  ko‘proq 
predmetlarning nomi to‘g‘risida bo‘lsa, keyinchalik savollar asosan predmetlarning 
qanday maqsadlarda qo‘llanilishi va nimalarga  ishlatilishi to‘g‘risida (masalan, bu 
nima?,  bu  bilan  nima  qilinadi?,  bu  nimalarga  ishlatiladi?  kabi)  bo‘ladi.  Hozirgi 
zamon,  o‘tgan  zamon  va  umuman  vaqt  to‘g‘risidagi  aniq  tasavvur  tushunchasi 
fazoviy  tasavvurlarga  nisbatan  ancha  kech  paydo  bo‘ladi.  Bola    predmetlar  bilan 
ko‘proq  aloqa  qilishi,  ular  bilan  munosabatda  bo‘lishi  va  ularning  xususiyatlarini 
tekshirib  ko‘rishi  kerak.  Bu  bilan  unda  dastlab  ayrim  predmetlar  va  hodisalar  
haqida  tasavvurlar    to‘plana    boradi  va    keyinchalik    shular  zaminida  umumiy 
tasavvur  va tushunchalar  hosil bo‘ladi, mantiqiy tafakkur rivojlana boshlaydi.  2-3 
yoshli bola ko‘p narsani ko‘rishni, ko‘p narsani bilishni va tushunishni istaydi, bu 
uning qiziquvchanlik va sinchkovlik  xususiyatidan kelib chiqadi. U hamma joyga 
«tiqiladi», kattalarga halaqit berib, ularning tinkasini quritib juda ko‘plab savollar  
beradi.  
     Kattalar  mana  shu  savollarning  hammasidan  bolalarda  tafakkurni  o‘stirish  va 
tevarak-atrofdagi  olamni  turli  tushunishni  tarbiyalash  maqsadida  foydalanishi 
g‘oyat  muhimdir.  Bola  o‘z  savollariga  tushunarli  javob  olganidan  keyin,  bu 
ma’lumotlarni  o‘z  o‘yinlarida  aks  ettiradi  va  shu  yo‘l  bilan  ularni  xotirasida 
mustahkam  saqlanib  qoladi.  Bola  tevarak-atrofdagi  olamni  kattalarning 
tushuntirishi    bilan  bir  vaqtda    kuzatsa,  atrofdagi  olamni  yaxshiroq  tushuna 
boshlaydi,    narsa    va    hodisalarni    solishtiradi,  ularning  ayrimlari    o‘rtasidagi  


61 
 
o‘zaro  bog‘lanishlarni va buning sabablarini aniqlaydi. Mana shuning o‘zi  bolada 
ancha umumlashgan tafakkur paydo bo‘layotganidan darak beradi.  
        Bola  tafakkurining  rivojlanishi  nutqning  o‘sishi  bilan  mustahkam 
bog‘langandir, nutqning o‘sishi tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi, chunki 
so‘z narsa, predmet va harakatlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. O‘z navbatida, 
tafakkurning  rivojlanish  darajasi  so‘z  zaxirasining  oshishiga,  umuman,  nutqning 
o‘sishiga yordam beradi. 
Bu  yoshdagi  bolalarning  yana  bir  muhim  yutug‘i,  ona  tilini  o‘zlashtirib 
olishlaridir. Bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davr nutqning jadallik bilan o‘sish 
davri hisoblanadi.  
Nutq  bola  hayotining  ikkinchi  yilida  ikki  bosqichda  tarkib  topadi.  Dastlabki 
bosqich  birinchi  yoshning  oxiridan  bir  yarim  yoshgacha  bo‘lgan  davr  bo‘lib, 
bolada bu davrda asosan kattalarning unga murojaat qilib aytgan gapini tushunish 
qobiliyati  o‘sib  boradi.  Bolaning  lug‘at  boyligi  ayniqsa  bir  yoshdan  keyin,  ya’ni 
yurishni o‘rganib, tobora ko‘p predmetlarga duch kela boshlagan davridan boshlab 
tez o‘sa boradi. Bola predmetlarning nomini tez bilib oladi. 
Bola  ikki  yoshga  to‘lganda,  harakatlarning  ham  nomlarini  bilib  oladi.  Bu 
harakatlarga  bolaning  o‘zi  bajaradigan  yoki  kattalar  tomonidan  bajarilgan,  nomi 
aytilgan  va  bola  kuzatib  borgan  harakatlar  kiradi.  Bu  «passiv»  nutq  hisoblanadi, 
chunki bola so‘zlarni tushunadi-yu, lekin ularni talaffuz qila olmaydi.  
    3  yoshlar  arafasida  predmetlarning  vazifalarini  to‘la  o‘zlashtirgan 
bolalar, o‘z  o‘yinlarida, shu predmetlardan maqsadsiz foydalanib qolmay, balki 
ularni  o‘z  vazifalariga  ko‘ra  ishlatadilar.  Bolaning  nutqi  u  1,5  yoshga  
yetgungacha  birmuncha  sekinlik  bilan  rivojlanadi.  Bu  davr  ichida  u  30-40  ta 
so‘zdan,  to  100  tagacha  so‘zni  o‘zlashtiradi,  lekin  ularni  amaliyotda  juda  kam 
qo‘llaydi. 1,5 yoshdan boshlab esa, uning nutqi jadal rivojlana boshlaydi. Endi 
bola predmetlarning nomlarini aytishlarini so‘rabgina qolmay, balki bu so‘zlarni 
o‘zi  talaffuz  etishga  ham  harakat  qiladi.  Nutqining  rivojlanish  darajasi 
jadallashadi.  2  yoshlarning  oxirlariga  borib,  bola  300  tagacha,  3  yoshlarning 
oxirlariga borib esa, 500 dan to 1500 tagacha so‘zni o‘z nutqida ishlata oladi, 
Shuningdek,  so‘zlarni  ham  aniq  talaffuz  etib,  jumlalarni  to‘g‘ri  tuza  oladilar. 
1,5 - 3  yoshlar nutqning rivojlanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Bola bilan 
so‘zlashayotganda  kattalar  so‘zlarni  aniq  talaffuz  etishlari  va  boladan  ham  aniq 
talafuzni talab etishlari lozim. 
         Bir  predmetni  boshqasi  o‘rnida  qo‘llash  mumkinligini  anglash,  bola 
uchun  atrof-olamni  bilish, o‘rganishidagi ahamiyatli burilish hisoblanadi va u 
dastlabki  tasavvurlarini  yuzaga  keltiradi.  Bu  yoshdagi  bolalar  endi,  asta-
sekinlik  bilan  kattalar  aytib  berayotgan  ertak,  voqea  yoki  hikoyalarni, 
shuningdek  rasmda  chizilgan  narsalarni  tasavvur  eta  oladilar.  Ertaklarni 
eshitish jarayonida bola ertak  kahramonlarini kimgadir o‘xshatishga harakat 
qiladi,  ba’zida  esa  u  o‘zi  mustaqil  ertak  yoki  hikoyalarni  to‘qiy  olishi  ham 
mumkin.  Ilk  bolalik  davrida  xotira  bilishdagi  asosiy  vazifa  hisoblanib,  u 
bilishning  barcha  ko‘rinishlarini  rivojlanishida  ishtirok  etadi.  Bu  davrda 
bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni o‘zlashtirishida 


62 
 
dastlab  harakatli,  emotsional  va  obrazli  xotira  ishtirok  etadi.  Bu  borada 
harakatli  va  emotsional  xotira  ustunlik  qiladi.  Xotira  bu  yoshda  asosan 
ixtiyorsiz bo‘ladi. Bu davrdagi bolalarga ko‘p kitob o‘qib berish natijasida ular 
ertak,  she’r  va  hikoyalarni  eslab  qoladilar,  lekin  bunday  eslab  qolish  bolaning 
umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining  individual xususiyatidan ham 
dalolat  bermaydi.  Bu  ilk  bolalik  davridagi  bolalarning  barchasiga  xos  bo‘lgan 
nerv  tizimining  umumiy  egiluvchanligi  natijasidir.  O‘zi  va  atrof  hayoti 
haqidagi voqea va hodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni hali to‘liq 
ravishda xotirasida saqlab qola olmaydi. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish