O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   362
Bog'liq
fayl

N.D. Levitov
ning ko‘rsatishicha, yangi 
harakatlarni 
egallash 
analizatorlarning 
rivojlanishi 
bilan 
chambarchas 
bog‘langandir,  zotan  kichkina  bola  olamni  sezish  yordami  bilan  biladigan 
mavjudot  bo‘lganligi  sababli,  harakatlarning  o‘z  vaqtida  taraqqiy  etishi  bolaning 
umumiy  psixik  taraqqiyotini  ko‘rsatuvchi  omil  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Ilk  yoshdagi 
bolalarning muskullari juda bo‘sh bo‘ladi. 
 Go‘daklik    yoshida    bolalarni  harakat    ko‘nikmalari,  ayniqsa  qo‘l  va 
oyoqlarning  murakkab  sensor  koordinatlashgan    harakatlari  tez  shakllanadi.  Bu 
harakatlar    keyinchalik    bolalarni    bilish    va  aqliy    qobiliyatlarini    yuzaga   
kelishida judayam  sezilarli rol o‘ynaydi. Bola  qo‘l va oyoq harakatlari  hisobiga  
olam  haqida    axborotlarni    ahamiyatli    qismini  oladi.  Qo‘lning    murakkab  
harakatlari  idrokning  birlamchi  shakliga  kiradi  va odamning  aqliy  faoliyatini  
mukammallashuvini  ta’minlovchi    uning    ajralmas  qismiga    aqlanadi.  Bola  
qo‘lining    katta    impulsiv    faolligi        hayotining    birinchi    haftasida    namoyon  
bo‘ladi. Bu faollik  qo‘llarni silkitish, ushlash,  barmoqlar  harakatlarini o‘z ichiga 
oladi.  Bola    3-4  oyligida  predmetlarga  qo‘l  uzata  boshlaydi,  katalarning  yordami 
bilan o‘tiradi. 5 oyligida  u harakatsiz  predmetlarni  qo‘li bilan ushlay oladi. Bola 
harakatlanayotgan  narsani  kuzata  boshlaydi.  U  turli  ovozlarga,  jumladan, 
kattalarning  tovushlariga  e’tibor  bera  boshlaydi.
 
Go‘daklik  davridagi  bolaning 


54 
 
hayoti  to‘liq  kattalar  bilan  hamkorliqdagi  emotsional  munosabat  bilan  bog‘liq 
bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 
oyligidan  boshlab,  bola  o‘z  yaqinlarini  begonalardan  ajrata  boshlaydi.  Kattalar 
bilan  emotsional  munosabat  shu  yoshdagi  bolalarning  asosiy  yetakchi  faoliyati 
bo‘lib,  bola  psixik  taraqqiyotining  asosi  bo‘lib  hisoblanadi.
 
Kattalarning  doimiy 
ravishda  bola  bilan  birga  bo‘lishlariga  unga  o‘z  diqqatlarini  qaratishlariga 
odatlanishi,  uning  o‘yinchoqlarga  nisbatan  qiziqishining  susayishiga  olib  kelishi 
mumkin.
 
Tarbiyaning  to‘g‘ri  olib  borilishi  bolaning  kattalar  bilan  bo‘ladigan 
muomala-munosabatini 
predmetlar, 
o‘yinchoqlar 
bilan 
munosabatining 
almashinishiga 
olib 
keladi.
 
 
 Kattalar  yordami  bilan  bajariladigan  barcha  xatti-harakatlari  bolaning 
kelgusi  psixik  rivoji  uchun  asos  bo‘ladi.  Kattalarning  bolaga  nisbatan 
emotsional  munosabati,  ularning  gaplariga  bolaning  o‘z  diqqatini  qaratishi, 
javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlarni yodida saqlab qolib,  emotsiya 
bildirishi,  diqqat,  xotira,  nutq  va  boshqa  bilish  jarayonlarining  rivojlanishiga 
zamin  bo‘ladi.  Ikki  oylik  davridan  boshlab  bolada  oddiy  ranglarni  ajratish,  3-4 
oyligidan  boshlab,  esa  predmetlarning  shaklini  ajratish  layoqati  yuzaga  kela 
boshlaydi. 
     Go‘dak  bola  2  oylik  vaqtidan  boshlab,  o‘z  onasining  yuzini  va  ovozini 
o‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi 
va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi. 
3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish 
yoki  gapirishni  xohlayotganligini  ko‘rsatadilar.  8  oyligidan  boshlab  esa, 
bola  o‘zgacha  muhit  va  begonalar  qo‘liga  tushsa,  o‘z  xavotirini  yig‘isi  orqali 
namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi. 
   2-3  oylik  bolalarda  yuzaga  keladigan  narsalarni  ushlay  olish  harakatlarining 
shakllanishi  ularda  predmetlarning  shakli  va  hajmini  idrok  qilishlarini 


55 
 
rivojlanishiga  olib  keladi.  Bir  yoshga  yetgan  bolada  atrof  muhitni  bilishga 
qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi. 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish