O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


 Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   362
Bog'liq
fayl

 
5. Keksalik davrining shaxsiy xususiyatlari 
Keksalik davridagi insonlarga emotsional sohada ham maxsus o‘zgarishlar xos. 
Bu  affektiv  reaksiyalarning  kuchayishi  (kuchli  asab  qo‘zg‘alishi),  sababsiz  xafa 
bo‘lish,  yig‘lash  va  boshqalarda  namoyon  bo‘ladi.  Qariyalarda  o‘tmish  qadriyat 
hisoblanadi.  Kaliforniya  universiteti  olimlarining  40  yillik  longityud  tadqiqot 
natijalaridan ma’lum bo‘lishicha, 30 yoshda emotsional va psixologik barqaror faol 
shaxslar 70 yoshda ham o‘z faolliklarini saqlab qoladi. 
Qariyalarning ijtimoiy va psixologik mavqesini belgilaydigan muhim omillardan 
biri jismoniy sog‘liq, jismoniy faollikdir. Jismoniy noxushliklar – keksalik davrida 
hayotdan  qoniqmaslikning  muhim  sababidir.  Buning  xususiy  oqibatlari 
atrofdagilarga  qiziqishning  pasayishi,  yaqinlar  bilan  munosabatlarning  o‘zgarishi, 
o‘z-o‘zini baholashning pasayishida ko‘rinadi. 
Biroq  shaxsiy  keksayishga  munosabat  –  keksalar  psixik  hayotining  faol 
elementidir.  Jismoniy  va  psixik  o‘zgarishlarni  anglash,  o‘zining  jismonan 
nosog‘lomligini his qilish keksalik davrida o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini 
tashkil 
etadi. 
Keksalarning 
jismoniy 
kuch 
va 
imkoniyatlarining 
chegaralanganligiga  chidamliligi  yoki  chidamsizligi  shaxsiy  qartayishiga 
munosabatini bildiradi. 
K.Roshakning  ta’kidlashicha,  ehtiyojlar  ierarxiyasi,  tuzilishi  o‘zgaradi: 
qiynalishdan qochish, xavfsizlik ehtiyoji, avtonomiya va mustaqillik ehtiyoji
10
. Shu 
bilan  birga  keksalik  davrida  vaqtinchalik  hayotiy  rejalarning  umumiy  o‘zgarishi 
ro‘y  beradi.  Hozirgi  hayot  va  o‘tgan  umr  haqida  tasavvurlar  kelajak  hayotga 
                                                           
10
 Розак К.Психологические особенности личности в  пожилом  возрасте. Автореф. дис. –.1990. 


201 
 
nisbatan  muhim  ahamiyatga  ega.  Keksalarning  o‘tmish  xotiralarga  qaratilganligi 
fenomeni ular psixik hayotining muhim qismidir. 
V.V.Boltenko psixologik qarishning bir neshta bosqichlarini ajratib ko‘rsatgan: 
 
 
 
Shuningdek,  bu  davrda  hayotdan  qoniqish  hamda  o‘z-o‘zini  baholashning 
susayishi  kuzatiladi.  Amerika  psixologlari  tadqiqotlarida  nafaqaga  chiqqan 
erkaklar o‘rganilib, 5 xil shaxs tiplari o‘rganilgan
11

1. Konstruktiv tip – ichki muvozanat, ijobiy emotsional kayfiyat, o‘ziga nisbatan 
tanqidiylik  va  boshqalarga  nisbatan  chidamlilik  bilan  tavsiflanadi.  Kasbiy 
faoliyatni to‘xtatgandan so‘ng ham hayotga nisbatan optimistik ustanovka saqlanib 
qoladi.  Bunday  keksalarning  o‘z-o‘zini  baholashi  yuqori  bo‘lib,  atrofdagilarning 
yordamiga tayangan holda kelajak uchun reja tuzadi. 
2.  Bog‘liq  tip  –  ijtimoiy  qabul  qilingan  va  yaxshi  moslashgan  tip.  Yuksak 
hayotiy  va  kasbiy  intilishlar  bo‘lmaganida  turmush  o‘rtog‘iga  yoki  farzandiga 
bo‘ysunadi. Oilaviy vaziyat tufayli hissiy muvozanat saqlab turiladi. 
3. Himoyalanuvchi tip – zo‘r berib doimiy faollik orqali o‘z-o‘zini ta’minlashga 
                                                           
11
 Стюарт–Гамилтон Я. Психология старения. С.131-132. 
• Insonni nafaqaga chiqishga qadar yetakchi 
hisoblangan faoliyat turi bilan shugʼullanishi
1-bosqich
• Kasbiy bogʼliqlikni bajarish hisobiga 
qiziqishlar doirasini torayishi
2-bosqich
• Shaxsiy sogʼliq haqida qaygʼurishining ustun 
boʼlishi
3-bosqich
• Oʼz hayotini saqlab qolish haqida oʼylash
4-bosqich
• Sof hayotiy ehtiyojlar kamayadi (ovqat, uyqu, 
xotirjamlik). Hissiyot va muloqotning yoʼqligi.
5-bosqich


202 
 
intilish. Nevrotik tip sifatida baholanadi. 
4.  Agressiv-ayblovchi  tip  –  bunday  keksalar  shaxsiy  muvaffaqiyatsizliklari 
uchun  aybni  boshqalarga  to‘nkaydi,  shubhalanuvchan  va  birdan  tutoqib  ketadi. 
Ular  o‘zlarining  keksaligi,  nafaqaga  chiqqanligi  haqidagi  fikrni  qabul  qilishni 
istamaydi,  kuchi  tugayotgani  va  o‘lim  haqida  o‘ylab,  yoshlarga  nisbatan 
dushmanlarcha munosabatda bo‘ladi. 
5.  O‘z-o‘zini  ayblovchi  tip  –  passivlik,  depressiyaga  beriluvchanlik, 
tashabbussizlik,  yolg‘izlik,  hayotga  pessimistik  munosabat,  o‘lim  baxtsizlikdan 
qutulish yo‘li sifatida qabul qilinadi. 
I.S.Kon  keksalikdagi  ijtimoiy-psixologik  tiplarni  ajratishda  mezon  sifatida 
faoliyatning yo‘nalganligidan foydalanadi. 
Ijobiy psixologik qulay tiplar: 
1)  Nafaqaga  chiqqandan  so‘ng  jamoat  ishlarini  davom  ettirish,  faol  va  ijodiy 
munosabatda bo‘lish; 
2)  shaxsiy  hayoti  bilan  shug‘ullanish  –  moddiy  ta’minlanganlik,  xobbi, 
qiziqishlar, mustaqil ta’lim olish, yaxshi ijtimoiy va psixologik ta’minlanganlik; 
3)  oilaning boshqa a’zolariga qulay bo‘lish uchun ularga yordamlashish, bular 
ko‘proq  ayollardir.  Zerikish  yo‘q,  lekin  birinchi  va  ikkinchi  guruhdagilarga 
nisbatan hayotdan qoniqqanlik quyiroq; 
4)  hayotning  mazmuni  sog‘liqni  mustahkamlash  bilan  bog‘lanadi,  bu  ko‘proq 
erkaklarga  xos.  Hayotni  bunday  tashkil  etish  ma’lum  ma’noda  axloqiy  qoniqish 
hosil qiladi, ba’zan sog‘liqqa nisbatan xavotirlanish kuzatiladi. 
Keksalarning salbiy tiplari: 
1)  agressiv, maxmadonalar; 
2) o‘z hayotidan norozi, baxtsiz, muvaffaqiyatsiz keksalar. 
Keksalik  davrida  paydo  bo‘lgan  yangi  psixologik  tuzilma  –  bu  hayotiy 
donishmandlik, hamda ruhning chuqur qatlamlari bilan yashash qobiliyatidir.

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish