O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   362
Bog'liq
fayl

 
3.Keksalik davrida shaxsiy inqiroz va yoshning psixologik vazifalari 
 
Yetuklik  va keksalik  orasidagi inqiroz 55-65  yoshlarga  to‘g‘ri  keladi.  Keksalik 
davridagi  inqirozni  nafaqadan  oldingi  inqiroz  deb  ataladi,  bunda  asosiy 
determinant  sifatida  ijtimoiy  omil  nafaqa  yoshiga  yetish  omili  ko‘rsatiladi. 
Darhaqiqat  nafaqaga  chiqish  inson  hayotini  tubdan  o‘zgartirib  yuboradi, 
jamiyatdagi muhim ijtimoiy rolining yo‘qotilishi, insonning o‘z referent guruhidan 
ajralishi,  muloqot  doirasining  torayishi,  moddiy  ahvolining  yomonlashuvi,  ba’zan 
“iste’fo shoki” holatining o‘tkir kechishida namoyon bo‘ladi. 
Bu  holat  ko‘pchilik  qartayayotgan  insonlarda  qiyin  kechadi,  salbiy  hissiy 
holatlarni  vujudga  keltiradi.  L.I.Ansifirovaning  ta’kidlashicha,  qariyalarning  uch 
xil  asosiy  shaxs  tiplarini  ajratish  mumkin
7
.  Birinchi  tipdagi  qariyalar  nafaqaga 
chiqishni  yaxshi  boshdan  kechiradi,  yangi  qiziqarli  mashg‘ulotga  jon  deb 
ko‘chadilar,  yangi  do‘stona  munosabatlarni  o‘rnatishga  layoqatli.  Bularning  bari 
ularning  hayotdan  qoniqqanlik  darajasining  yuqori  bo‘lishiga  hamda  umrining 
uzun  bo‘lishiga  ham  ta’sir  etadi.  Ikkinchi  tipdagi  qariyalar  hayotga  passiv 
munosabatda  bo‘ladi.  Ularda  qiziqishlar  doirasining  pasayishi,  o‘z-o‘ziga 
hurmatning yo‘qolishi, kerak emaslik va mos emaslik hissi kuzatiladi. 
                                                           
7
Л.И.Анцифирова Новые стадии поздней жизни: Время теплой осени или суровой зимы.// Психологический  
журнал. 1994 № 3. С.99-105. 


195 
 
Ushbu  yosh  davridagi  inqirozni  yumshatish  strategiyalaridan  biri  “hayotga 
yangicha  qarash”  texnikasidir.  Bu  texnika  o‘z  ichiga  yangi  ijtimoiy  yondashuvga 
psixologik  tayyorgarlik,  bo‘sh  vaqtni  oldindan  rejalashtirish,  yangi  hayot  tarzini, 
jamiyatga kirishishning yangi usullarini izlash, salbiy holat va hodisalarni oldindan 
his  qilish,  nafaqaga  chiqishni  qat’iy  kun  tartibi  va  qat’iy  cheklovlardan  ozod 
bo‘lish hamda insonning yangi qobiliyatlari namoyon etadigan erkin fazo sifatida 
ijobiy idrok etish kabilarni o‘z ichiga oladi. 
Keksalik  davriga  o‘tishdagi  inqirozlar  bo‘yicha  boshqa  bir  yondashuv  shaxs 
ichidagi,  identiklik  inqirozidir.  Bunda  qarilik  alomatlari  sub’ekt  tomonidan  emas, 
balki  atrofdagilar  tomonidan  seziladi.  Fiziologik  qartayish  jarayonlari  domiyligi 
tufayli uzoq vaqt sub’ekt tomonidan anglanmaydi, o‘zining “o‘zgarmasligi” haqida 
illyuziya  paydo  bo‘ladi.  Keksalikni  anglash  kutilmaganda  sodir  bo‘ladi  (masalan, 
sinfdoshlari  bilan  uchrashganda)  hamda  ichki  nizolarga  olib  keladi.  Ba’zan 
qarilikni  anglash  bilan  bog‘liq  inqiroz  o‘smirlik  davridagi  inqiroz  bilan 
tenglashtiriladi  (bunda  ham  o‘zining  o‘zgargan  tanasiga  yangicha  munosabatni 
ishlab chiqishdan iborat), lekin qarilik inqirozi og‘irroq kechadi. 
E.Erikson  konsepsiyasida  qarilik  ilgarigi  hayot  yo‘lining  tugashi  sifatida  talqin 
etiladi
8
.  Keksalik  psixosotsial  inqirozining  mohiyati  shundan  iboratki,  Egoning 
yaxlitlikka erishishidir. Keksa psixologik yoshga o‘tish muvaffaqiyatini E.Erikson 
oldingi  yosh  inqozlarini  ijobiy  hal  qilish  bilan  bog‘laydi.  Eriksonning 
ta’kidlashicha, donishmandlik ruhning ma’lum holati bo‘lib, bunda o‘tmish, hozir 
va  kelajakka  bir  vaqtda  boqish,  hayot  tarixini  tasodiflardan  xalos  etish  hamda 
avlodlar  bilan  aloqa  o‘rnatish  sifatida  talqin  etiladi.  Donishmandlik  keksalik 
davrining eng yuksak yutug‘idir. 
Qarilik davrida rivojlanishning yosh vazifalari quyidagilarda bo‘lishi mumkin: 
yosh o‘zgarishlariga moslashish, tana, psixofiziologik; 
keksalikni adekvat idrok etish (salbiy stereotiplarga qarshi turish); 
vaqtni aql bilan taqsimlash, qolgan hayotini maqsadga yo‘naltirib foydalanish; 
                                                           
8
Э.Эриксон. Детство и общество 


196 
 
rollarni  qayta  yo‘naltirish,  eski  rollar  pozitsiyasidan  voz  kechish  va  yangilarini 
shakllantirish; 
yaqin insonlarning yo‘qotilishi va farzandlarning uzoqlashishi munosabati bilan 
bo‘ladigan  affektiv  holatlarga  qarshi  kurashish,  emotsional  egiluvchanlikni 
saqlash; 

 
ruhiy egiluvchanlikka intilish (psixik rigidlikni yengib o‘tish), xulq-atvorning 
yangi shakllarini izlash; 

 
ichki yaxlitlikka intilish va o‘tgan umrni anglash. 
 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish