2. Shaxs yetukligining psixologik mezonlari
Individual-yo‘nalgan konsepsiyalar nuqtai nazaridan
shaxs
rivojlanishi individual xarakterga egabo‘lib, shaxsning
o‘z-o‘zini
rivojlantirishga
yo‘nalgandir.
Bunda
psixologik yetuklik shaxsning hayot sub’ekti sifatida
ijtimoiy va individual rivojlanishning o‘zaro ta’siri
jarayonida rivojlanuvchi sub’ekt tavsifi tizimi sifatida
172
ko‘riladi. Shunga muvofiq tarzda o‘spirinlik davrida shaxs psixologik yetukligi
ta’lim olish sub’ektining o‘qitish muhiti, me’yorlari, talablari bilan sifat va miqdor
jihatdan o‘zaro ta’siri sifatida aniqlanib, ichki olamining bir qismiga aylanadi.
Bizning tadqiqot ob’ekti o‘spirin yoshidagi talaba bo‘lganligi sabab, shaxs
yetukligi ma’nosi talaba shaxsiga nisbatan ishlatiladi. “Psixologik yetuklik” va
“o‘spirinning sub’ektiv xatti-harakati” tushunchalari o‘rtasida o‘quv faoliyatiga
“tashqi”dan “ichki”ga qo‘shilishdagi o‘zgarishlarda namoyon bo‘luvchi,
o‘spirinning yangi ichki realligi bilan aniqlanuvchi faollikda o‘zaro munosabatni
o‘rnatish mumkin.
Psixologik yetuklik tavsifnomasi sifatida shaxsning integrativ tizim hosil qiluvchi
xususiyatlari, hamda uning samarali faoliyatini ta’minlovchi shaxs rivojlanishining
yaxlit tavsifi sifatidagi ahamiyatli belgilari keltirilgan. Psixologik yetuklik tuzilishi
shaxs yetukligi nazariyasida va sub’ekt psixologiyasida o‘rganiluvchi integrativ
xarakterga egatarkibiy qismdan iborat: faollik, mas’uliyat, mustaqillik, o‘ziga va
boshqalarga hurmat, optimizm, shuningdek, psixologik yetuklikning shakllangan,
yuqori darajasini keltirib chiqaruvchi, ularning integratsiya jarayonidagi sub’ekt
hosilalar.
Sub’ektning psixologik yetukligini bunday tushunish o‘spirinlik davrida shaxs
psixologik yetukligining tuzilishini quyidagicha aniqlash mumkin:
1-jadval
Psixologik mezon Ijtimoiy yo‘nalgan
ko‘rsatkich
Individual
yo‘nalgan
ko‘rsatkich
Integrativ sub’ektiv
sifatlar
Faollik
Talabalarga
mos
ravishda
faol
harakatning
namoyon bo‘lishi
Maqsadlariga
muvofiq ravishda
qiziqish
asosida
tegishli soxalarda
faollik ko‘rsatadi
Unumdorlik,
egiluvchanlik, o‘quv
faoliyatida o‘z xatti-
harakatlarini talablar
bilan solishtiradi
Mustaqillik
Atrofdagilar
talablariga
mos
kelish maqsadida
o‘quv
topshiriqlarini
bajarishda yuqori
o‘z-o‘zini
boshqarish
va
uyushtirish
O‘zini
mustaqil
tutib,
uning
maqsadlariga mos
keluvchi,
qiziqishlari
doirasiga kiruvchi
vaziyatlarda
o‘z-
o‘zini boshqarish
va
uyushtirish
Tashqi
ta’sir
va
bahodan qat’iy nazar,
talablarga
mos
ravishda
o‘quv
faoliyatida
hulq-
atvorni
mustaqil
boshqarish
va
uyushtirishga qodirlik
173
namoyon bo‘ladi
Mas’uliyat
O‘quv
maqsadlarini
amalga oshirishda
mas’uliyatlilik,
tirishqoqlik,
qat’iyatlilik
Shaxsiy
maqsadlarini
amalga oshirishda
mas’uliyatlilik,
tirishqoqlik,
qat’iyatlilik
O‘quv-ijtimoy
tizimda
shaxsiy
maqsadlarini amalga
oshirishda
mas’uliyatlilik
Hurmat
Boshqa insonlarga
hurmat
O‘ziga bo‘lgan
hurmat
O‘quv faoliyatida
o‘z-o‘ziga baho
berishning
haqqoniyligi
Optimizm
Tengdoshlariga
nisbatan
optimistik
tasavvur
O‘quv faoliyatida
o‘zi
haqida
optimistik tasavvur
O‘quv
faoliyatida
shaxsiy
kelajak
istiqbollarida
optimistik munosabat
Bu tarkibiy qismni alohida ko‘rib chiqamiz: bizning fikrimizcha, faol xatti-harakat
motivatsion ehtiyojlar bilan bog‘liq: ijtimoiy talablar va vazifalarni muvaffaqiyatli
bajarish ehtiyoji, yuqori maqsadlarga erishish, turli faoliyatda muvaffaqiyatga
erishishga intilish, shuningdek, bilish faoliyati bilan, o‘zida bilimlar, amaliy hyotiy
tajriba, qarashlar, tamoyillar, e’tiqod, dunyoqarash, ahloqiy, estetik sohalarda
qadriyatlar yo‘nalganligi tizimi, shaxsiy fikrni ishlab chiqish uchun ijtimoiy
hodisalarni va shaxsiy turli-tuman tajribani tahlil qilish va baholashni bilish, o‘z
bilimlari va tajribasidan kelib chiqqan holda mustaqil xulosalarni qilishga qodirlik.
Mustaqillik topshiriqda mustaqil mo‘ljal olishni, qo‘ylgan vazifaga mos harakatlar
usullarini tanlash ko‘nikmasi (shuningdek, mos vositalar, materiallar, ularni qayta
ishlash usullari) va ularni amaliyotda amalga oshirish, ishning mazmuni va
usullarini nazorat qilish va korreksiya qilish ko‘nikmasini taxmin qiladi. Bu hodisa
motivatsion va protsessual tarkib birligidan iborat. Birinchisi bilish jarayoniga
bo‘lgan ehtiyojni, ikkinchisi –maqsadga yo‘naltirilgan qidiruvni amalga oshirishga
yordam beruvchi mazkur predmet sohasi bilimlari va faoliyat usul-vositalarini aks
ettiradi. Bu jihatlar bir butunlikda mavjud bo‘lsa ham, ularning bo‘linishi o‘rinlidir.
Vaholanki, bilimlarni izlashga intilish mumkin, biroq, ularni topishni emas, balki
organik ehtiyojni boshdan kechirmagan holda ularni aniqlash mumkin.
Ma’suliyat shaxs xususiyati sifatida ijtimoiy qadriyatlarni, me’yor va qoidalarni
anglash natijasi sifatida birgalikdagi faoliyat davomida shakllanadi. Mas’uliyat
ijtimoiy muhim shaxsiy sifat hisoblanadi. O‘spirinlik davrida mas’uliyat boshqalar
uchun ahamiyatli bo‘lgan topshiriqlarni bajarish; xatti-harakatlarning topshiriqlarni
174
muvaffaqiyatli bajarishga yo‘nalganligi (qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intilish,
boshlagan ishini oxirigacha yetkazish); topshiriqni, uning xarakteri va natijasini
hissiy kechirish (jiddiy ish berishganidan xursand, muvaffaqiyati uchun
qayg‘uradi); topshirilgan vazifani bajarish uchun javob berish kerakligini anglab
yetish kabi ko‘rsatkichlar namoyon bo‘ladi.
O‘spirinda hurmat bilimlar - his-tuyg‘ular hulq-atvor asosida yuzaga keladi. Hulq-
atvor me’yorlari haqida bilimga egabo‘lishni biz hissiy javob qaytarish bilan
bog‘laymiz. Bu esa o‘z navbatida kattalarga bo‘lgan hurmatda namoyon bo‘ladi.
Vujudga kelgan vaziyatlarda bu jarayonni tushunish va uni baholash, uni hal qilish
variantlari o‘ylab topiladi. Shu yo‘sinda o‘spirinning olamni idrok qilishi
kengayib, o‘z mustaqil fikriga, qadriyatlar haqidagi tasavvurlarga egabo‘lish
shakllanadi.
Optimistning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri faollikdir. Faollik – nomaqbul
vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat. Bunday faollikni
bolalikdan shakllantirish lozim. U uchta tarkibiy qismdan iborat: vaziyatni anglash,
uni o‘zgartirish yo‘llarini aniqlash, ijobiy o‘zgartirish bo‘yicha bevosita faoliyat.
Shuni ta’kidlash joizki, differension-integratsion nazariya nuqtai nazaridan turli
tizimlarning ichki qismlari rivojlanishi integratsiya va differensiatsiya o‘rtasidagi
munosabatlar bilan xarakterlanadi. Psixologik yetuklik sub’ekt sifatlarining tizimi
sifatida yetuk, integratsiyalashgan tizim tavsifi bilan aniqlanadi deyish mumkin.
Shunday qilib, mazkur fenomen rivojlanishi uchun refleksiv qobiliyatlar; ixtiyoriy
o‘z-o‘zini boshqarishni rivojlanish darajasi; motivatsiyaning rivojlanishi;
shakllangan qadriyatli-ahloqiy soha kabi shart-sharoitlar zarur. Bunda shaxsning
yetukligini tushunish yetuk inson haqidagi tasavvurlar bilan bog‘liq. Sub’ekt
psixologiyasining asosiy nizomidan kelib chiqqan holda, talaba shaxsi ideal reallik
(anglash sub’ekti) sifatida ham, ijtimoiy reallikni (faoliyat sub’ekti) faol
boshlanishini anqlab beruvchi funksiya sifatida ham o‘rganilishi mumkin.
Ideal reallikda o‘z-o‘zini anglashning quyidagi: 1) o‘tmishdagi “Men”; 2) hozirgi
“Men”; 3) kelajakdagi “Men”; 4) ideal “Men”; 5) dinamik “Men” tarkibiy qismlari
insonning ma’naviy dunyosiga aylansa, demakki, unda psixologik yetuklik
vujudga kelganligidan dalolatdir.
O‘z-o‘zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt,
muddat talab qilinadi, shuning uchun o‘quvchilar, talabalar va respublikamizning
boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o‘tkazish orqali ko‘zlagan
maqsadga erishish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda yetuklik:
-mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish va qaror qabul qilish;
-yetakchi bo‘lishga intilish, o‘zi va atrofdagilarni boshqara olish;
175
-o‘zi va atrofdagilarni emotsional va ruhiy qo‘llab-quvvatlashga tayyor bo‘lish;
-o‘ziga ishonish va qat’iyat bilan harakat qilish;
-falsafiy mushohada qilish va fikrlarni umumlashtira olish;
-o‘z tamoyillarini himoya qilish, ilgari surgan qarashlarini tasdiqlay olish, tanlagan
yo‘lidan qaytmaslik, irodaviy mustahkam bo‘lish;
-shaxsiy individual qarashga egabo‘lish;
-hayotiy tajribani orttirish va uni yosh avlodga berishga tayyor bo‘lish;
-realizm, ratsionallik, qilingan ishlarni taxlil qilish, baholash va unga javob bera
olish;
-hayotiy ijtimoiy rollarda o‘zgarmaslik va ularni to‘g‘ri bajarishga intilishdir.
B.G.Ananevning fikricha, yetuklik mezonlarini ishlab chiqish va tahlilida “etuklik”
tushunchasi “katta bo‘lish”, “kamol topish” tushunchalari bilan uyg‘unlashib
sinonimik qatorni tashkil etishi mumkin. Lekin aslida, sub’ektiv faoliyat va shaxs
haqida gap ketganda ular, albatta, mazmun va mohiyat jihatdan bir-biridan farq
qiladi. Katta bo‘lib yetilish bu hali yetuklik emas. Inson yuqorida qayd etilgan
mezonlarni o‘zida mujassamlashtirgandagina yetuklikka yetgani haqida gapirish
mumkin. Bu o‘rinda yetuklik kasbiy, ijtimoiy-oilaviy, hayotiy-siyosiy, muloqot,
shaxslararo munsabatlar, farzand tarbiyasi bilan bog‘liq faoliyatlarda ifodalanishi
mumkin.
Abraxam Maslou tomonidan yetuk shaxsning 15 belgilari quyidagicha tavsiflanadi:
1.Haqiqiy ehtiyojlar, stereotiplar, xurofotlar, o‘rganilmagan narsalarga qiziqish
ta’siridan ozod bo‘lgan haqiqatni yanada to‘g‘ri qabul qilish.
2.O‘zlarini va boshqalarni o‘zlari kabi qabul qilish, sun’iy, yirtqich xatti-
harakatlarning yo‘qligi va boshqalardan bunday xatti-harakatni rad etish.
3.Kutilmagan holatlardagi soddalik va tabiiyligi. Belgilangan urf-odatlar va
marosimlarga rioya qilish, lekin ularga nisbatan hazil tuyg‘usi bilan munosabatda
bo‘lish.
4.Biznes yo‘nalishi. Bunday odamlar odatda o‘zlari bilan emas, balki hayot
vazifasi bilan band. Odatda ular o‘z faoliyatlarini universal qadriyatlar bilan
bog‘lashadi va uni hozirgi moment emas, balki abadiylik nuqtai nazaridan
ko‘rishga moyildirlar. Shuning uchun ular bir darajada faylasuflardir.
5.Ko‘p voqealarga nisbatan ajralish pozitsiyasi. Bu ularga nisbatan xotirjam
muammolarni bartaraf etishga va tashqi ta’sirlardan kamroq ta’sir ko‘rsatishga
yordam beradi. Ular ko‘pincha yolg‘izlikka moyil bo‘ladi.
176
6.Avtonomiya va atrof-muhitdan mustaqillik; buzilish omillari ta’siri ostida
barqarorlik.
7.Qabul qilishning yangiligi: har safar yangi ma’lum bo‘lgan joyni topish.
8.O‘z-o‘zidan yo‘qolib ketish hissi bilan tavsiflangan chegara tajribalari.
9.Insoniyat bilan umumiylik hissi.
10.Boshqa o‘zini o‘zi bajaradigan odamlar bilan do‘stlik: tor doiradagi odamlar,
ular bilan munosabatlar juda chuqur. Shaxslararo o‘zaro munosabatlarda
dushmanlikning namoyon bo‘lishining yo‘qligi.
11.Munosabatlardagi demokratiya. Boshqalardan o‘rganishga tayyor.
12.Barqaror ichki axloqiy me’yorlar. Yaxshi va yomonni keskin his etish:
maqsadlarga yo‘naltirilgan va mablag‘lar doimo ularga bo‘ysunadi.
13."Falsafiy" hazil tuyg‘usi. Hazil bilan umuman hayotga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan
munosabat.
14.
Ijodkorlik, insonning nima qilayotganidan qat’iy nazar va uning barcha
harakatlarida namoyon bo‘ladi.
15.
Ularga tegishli bo‘lgan madaniyatga tanqidiy munosabat: yaxshi tanlangan
va yomon rad etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |