O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova


Pedagogning individual faoliyat uslubi



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   362
Bog'liq
fayl

 
17.2.Pedagogning individual faoliyat uslubi 
          
     O‘qituvchilik  –  inson  jamiyati  tarixi  boshlangandan  e’tiboran  davom  etib,  shu 
bilan  birga  hamma  vaqt  jamiyat    va  jamoatchilik  tomonidan  e’tiborga  loyiq, 
e’zozlab kelingan kasbdir. 
       Nasiriddin  Tusiy  o‘zining  "O‘qituvchilarni  tarbiyalash  to‘g‘risida"  degan 
asarida  shunday  deydi:  "…O‘qituvchi  munozaralarni  olib  borishni,  rad  etib 
bo‘lmaydigan  darajadagi  isbot  qilishni  bilishi,  o‘z  fikrlarining  to‘g‘riligiga 
ishonishi,  nutqi  esa  mutlaqo  toza,  jumlalari  mantiqiy  ifodalanadigan  bo‘lishi 
lozim…  O‘qituvchi  nutki  hech  qachon  va  hech  qaerda  zaharxandali,  qo‘pol  yoki 
qattiq  bo‘lishi  mumkin  emas.  Dars  paytida  o‘qituvchining  o‘zini  tuta  olmasligi 
ishni buzishi mumkin…" 


307 
 
 Qobiliyatli,  ijodkor  inson  –u  har  doim  o‘ziga  xos  shaxsdir.  Pedagogda 
individuallikning  shakllanishi  bolani  ijodiy  shaxs  sifatida  tarbiyalashga  yordam 
beradi.  Har  qanday  katta  odam  ongli  ravishda  pedagoglik  kasbini  tanlar  ekan,  u 
tanlagan  yo‘lini  amalga  oshirish  chog‘ida  allaqachon  shaxs  bo‘lib  shakllanadi  va 
shak-shubhasiz  individualdir.  O‘qituvchi  va  tarbiyachilar    ichida  turli-tuman 
shaxslar  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  ular  bolalarni  o‘qitib  tarbiyalaganlarida  bu  bolalar 
ko‘pdan-ko‘p,  shu  bilan  birga  foydali  individual  xususiyatga  ega  bo‘lishlarining 
ehtimoli shuncha yuqoridir.  
Yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan,  har  bir  o‘qituvchi  va  tarbiyachi  ega  bo‘lishi    lozim 
bo‘lgan  pedagogik  faoliyatning  umumiy  talablari,  pedagogik  qobiliyatning 
ko‘pdan-ko‘p jihatlari bilan ularning individuallikka intilishlarini qanday bog‘lash 
mumkin?  Pedagogik  faoliyatning  individual  uslublarini  ko‘rib  o‘tamiz.  Ular 
quyidagicha namoyon bo‘ladi:  
Pedagogik faoliyatning individual yo‘nalishi haqida gapirganda, odatda shu 
nazarda tutiladiki, u yoki bu pedagogik ta’sir vositalari va o‘zini tutish shakllarini 
tanlashda  pedagog  o‘zining  individual  imkoniyatlaridan  kelib  chiqadi.  Har  xil 
individuallikga ega bo‘lgan pedagoglar ko‘pdan- ko‘p o‘quv va tarbiyaviy misollar 
ichidan aynan bir xilini tanlashi mumkin, lekin ulardan har xil foydalaniladi.  
Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, bu yuqori pedagogik tajribani qabul qilinishi va 
uni keng tarqatilishiga taalluqlidir. Uni tahlil qila turib pedagog doimo shuni yodda 
tutishi  lozimki,  bunday  tajriba,  malaka  amaliy  jihatdan  olib  qaralganda  uning 
muallifi  shaxsidan  ajralmas  bo‘ladi  va  o‘qituvchining  individualligi  hamda 
umumahamiyatga ega bo‘lgan pedagogik topilmalar birlashmasidan tashkil topadi.    
Shu sababli pedagogik tajribalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqa o‘qituvchilar yoki 
tarbiyachilar  tomonidan  ko‘chirib  olishning  kelajagi  yo‘q  hamda  bu  hol  yomon 
natijalar  beradi.  Buning  yuzaga  kelish  sababi  shundaki,  pedagogning  psixologik 
individualligini  aynan  qaytarish  qiyin,  ularsiz  natijalar  o‘z-o‘zidan  boshqacha 
bo‘lib  chiqadi.  Bu  holatdan  chiqib  ketish  uchun  pedagogik  tajribaning  muhim 
qismini ajratib olib, ongli ravishda muammo qo‘yish va uni ijodiy individual qayta 
ishlab,  hal etish  lozim.  Boshqacha qilib aytganda, har qanday  pedagogik tajribani 
shundayligicha  ko‘chirib  olmaslik  kerak:  undagi  asosiy  g‘oyani  aniqlab,  doimo 
o‘zligicha  qolmog‘i,  ya’ni  yorqin  individual  hislatlarga  ega  bo‘lmog‘i  lozim.  Bu 
holat  bolalarni  o‘qitish  va  tarbiyalash  samarasini  kamaytirmaydi,  balki  sezilarli 
darajada oshiradi, unga yuqori pedagogik tajribani o‘rganish orqali erishiladi.  
O‘qituvchi  tomonidan  tashkil  etilgan  o‘quv  jarayonida  sub’ektning  ta’lim 
olishi uning o‘ziga xosligi va xarakterida namoyon bo‘ladi, bu uning o‘quv usuliga 
ta’sir ko‘rsatadi. Shakllangan individual o‘quv usullari sxematik ravishda ikki qutb 
bilan  ko‘rsatilishi  mumkin:  “ijobiy”  –  “salbiy”.  Quyida  keltirilgan  jadval  o‘quv 
jarayonida  bunday  usullarni  ko‘rsatib  beradi.  O‘qituvchi  dars  jarayonida  buni 
inobatga olgan holda yondoshishi maqsadga muvofiqdir. 
O‘quv jarayonida o‘quvchilarning individual farqi 
(G.Klaus bo‘yicha) 
 

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish