O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomli toshkent davlat pedagogika universiteti sh. A. Do‘stmuhamedova, X. A. Tillashayxova



Download 5,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/362
Sana20.01.2022
Hajmi5,33 Mb.
#392806
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   362
Bog'liq
fayl

V.A.Kan-Kalik
  bunday  qobiliyatni  tadqiq  qilib 
shunday  yozgan  edi.  Pedagoglik  ishi  o‘z  tuzilishida  ikki  yuzdan  ortiq  tuzilmani 
tashkil  qiladi.  Muloqot  uning  eng  murakkab  tomonlaridan  biridir,  negaki  u  orqali 
pedagogik  faoliyatning  eng  asosiy  maqsadi  -  o‘qituvchi  shaxsining  o‘quvchi 
shaxsiga  ta’siri    amalga  oshiriladi.  Pedagogning  muhim  mahoratlaridan  yana  biri 
o‘quvchilar  bilan  uzoq  va  samarali  ta’sir  o‘tkazishni  tashkil  etishidir.  Odatda  bu 
mahoratni  pedagogning  kommunikativ  qobiliyati  bilan  bog‘laydilar.  Kasbiy 
pedagoglik  muloqotiga  ega  bo‘lish  -  shaxslararo  muloqotga  tegishli  bo‘lgan 
pedagog shaxsining muhim tomonidir.  
Aytib  o‘tish  joizki,  pedagogik  muloqot  chog‘ida  namoyon  bo‘ladigan 
kommunikativ  qobiliyat  -  bu  bolalar  ta’lim  va  tarbiyasi  bilan  bog‘liq  pedagogik 
ta’sir  doirasida  o‘ziga  xos  ravishda  namoyon  bo‘luvchi  muomala  qobiliyatidir. 
Shulardan kelib chiqqan holda, shunday xulosa qilish mumkin: 
Birinchidan,  insoning  barcha  kommunikativ  qobiliyatlari  ham  birdek 
namoyon  bo‘lavermaydi  va  pedagog  uchun  birdek  zarur  bo‘lmaydi.  Ikkinchidan, 
pedagog  egallashi  lozim  bo‘lgan  bir  qator  kommunikativ  malaka  va  ko‘nikmalar 
borki,  ular  boshqa  kasbdagi  kishilar  uchun  muhim  ahamiyatga  ega  emas. 
Jumladan, insonning boshqa kishilarni tushuna olishi, o‘z-o‘zini anglashi, muloqot 
jarayonida  to‘g‘ri  baholashi,  to‘g‘ri  qabul  qilishi,  boshqa  odamlar  bilan  to‘g‘ri 
munosabatga kirisha olishi, o‘z-o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishidir. 
Har  bir  ajratilgan  kommunikativ  qobiliyatlar  guruhini  batafsil  ko‘rib  chiqib, 
shu  bilan  birga  pedagogik  muloqot  davrida  bu  qobiliyatlarning  yaxshi 
rivojlanmaganligi  sababli  yuzaga  kelishi  mumkin  bo‘lgan  muammolarni  ko‘rsatib 
o‘tamiz.  
Insonni inson tomonidan bilish - insonni shaxs sifatida umumiy baholashdir. 
U  odatda  bir  ko‘rishda  olingan  taassurotlar  natijasida  jamlanib,  uning  shaxsini 
ayrim  tomonlari,  motivlari,  va  kelgusi  rejalarini  baholash;  tashqi  ko‘rinish  va 
odamning  ichki  hissiyotlari  o‘zaro  bog‘liqligini  baholash;  jestlari,  imo-ishoralari, 
mimika va pantomimikalarni o‘qib bilishda namoyon bo‘ladi. 
Odamni o‘z-o‘zini bilishi o‘z bilimlarini, o‘z qobiliyatlarini, o‘z xarakterini 
va  boshqa  shaxsning  o‘zidagi  xususiyatlarini  baholash;  sirtdan  qaraganda  odam 
qanday qabul qilinadi va u boshqa odamlar ko‘zida qanday namoyon bo‘lishini bila 
olishdir.  
Muloqat jarayonidagi holatni to‘g‘ri baholay bilish – bu holatni kuzata bilish 
qobiliyati,  undan  foydali  axborot  belgilarini  ajratib  olish  va  ularga  e’tiborni 
qaratish,  vujudga  kelgan  holatning  ijtimoiy  va  psixologik  mazmunini  to‘g‘ri 
baholash va qabul qilishdan iboratdir.  
Pedagogik  nuqtai  nazardan  qiziqarli  bo‘lgan,  lekin  kam  o‘rganilgan  va 
amaliyotda  ko‘pdan-ko‘p  muammolar  keltirib  chiqaradigan  turi  pedagogik 
muloqatning  noverbal  shakli  deb  nomlanadi.  Bu  bilan  bog‘liq  kommunikativ 
qobiliyat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: notanish odamlar bilan muomalaga kirisha 


306 
 
bilish,  ziddiyatlarni  oldini  ola  bilish,  yuzaga  kelgan  tushunmovchilik  va 
ziddiyatlarni  o‘z  vaqtida  yecha  bilish,  boshqa  odam  tomonidan  o‘zini  to‘g‘ri 
tushinishni  va  qabul  qilishni  ta’minlaydigan  tarzda  o‘zini  tuta  bilish,  boshqa 
odamga  o‘zining  qiziqishlari  va  hissiyotlarini  bayon  etishga  imkon  berish, 
muloqotdan o‘zi uchun yuqori darajada foyda ola bilish qobiliyati. 
Insonning  o‘z  -o‘ziga  nisbatan  qilgan  harakatlarida  namoyon  bo‘lgan 
qobiliyati,  o‘zining  xulq  -  atvoridagi  faoliyatini  boshqarishni  bilishi,  atrof-
muhitdagi  odamlar  bilan  o‘zaro  muloqat  qilganda  zarur  bo‘lgan  qobiliyatdir.  Bu 
narsa  bizni  boshqa  odamlar  tomonidan  to‘g‘ri  qabul  qilinishimiz  va  to‘g‘ri 
tushinishimizni  ta’minlaydi.  Bunga  yana  insonni  odatlaridan  va  kamchiliklaridan 
qutilishga  bo‘lgan  layoqati,  ya’ni  muloqatga  to‘siq  bo‘ladigan,  muloqat  uchun 
zarur bo‘lgan  foydali  malaka  va  ko‘nikmalar  shakllantirishga  bo‘lgan  qobiliyatini 
ko‘rsatish mumkin.  
Insonning  kommunikativ  qobiliyati  rivojlantirish  mumkin  bo‘lgan  jarayondir. 
Ularni shakllantirishda ijtimoiy- psixologik trening yaxshi natija beradi.  
Pedagogik muloqot maxsus jihatining namoyon bo‘lishi pedagog tomonidan 
rag‘batlantirish  va  jazolash  usulining  qo‘llanilishidir.  Agar  rag‘batlantirish  yoki 
jazolash  xizmatga  yarasha  odilona  bo‘lsa,  ular  o‘quvchilarning  yutuqlarini 
mustahkamlaydilar,  qo‘llaydilar.  Rag‘batlantirish  va  jazolash  usullarining 
mutahkamlash roli pedagogik adolatga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogik nuqtai nazardan 
olgan holda samarali va samara bo‘lmagan rag‘batlantirish tavsifini keltiramiz.  
     O‘qituvchi  o‘quvchilarning  ko‘pgina  sa’y-harakatlariga,  agar  ularning 
yaxshi ishlari uchun rag‘batlantirib,  ular qilgan xatolariga qattiq e’tibor qaratmasa 
va  buning  uchun  jazolamasa,  ijobiy  ta’sir  o‘tkazishi  mumkin.  Xulosa  kilib,  shuni 
aytish  joizki,  o‘qituvchining  barcha  ijobiy,  umuminsoniy  axlok  me’yorlariga  mos 
keluvchi  hislatlari  katta  ahamiyatga  ega.  Agar  biz  quyidagi  hislatlarini  olib 
karaydigan  bo‘lsak,  bularning  barchasi  ham  o‘ta  muhim  omillardir.  Jumladan, 
o‘qituvchining  tashki  qiyofasi  uning  obro‘si  shakllanishiga  ta’sir  etadi. 
O‘qituvchining  ozodaligi,  ixchamligi,  uning  poqizaligi,  saranjom-  sarishtaligi, 
o‘zini chiroyli tutishi qaddi-qomati va yurish-turishlari o‘quvchilarda juda yaxshi 
taassurot koldiradi.  

Download 5,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   362




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish