milliy g‘urur
ni sof ijtimoiy psixologik
fenomen sifatida o‘rganish, uning yoshlarda mafkuraviy immunitetning
shakllanishidagi roliga aloqador psixologik mexanizmlarni tadqiq etishni
ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Chunki ko‘pincha milliy g‘urur tufayli ayrim shaxslarda
boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi g‘urur yoki milliy hislarni tan olmaslik
hollari kuzatilishi mumkin. Umuman, bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida
yotgan etnotsentrizm va milliy g‘ururning salbiy ko‘rinishlari boshqa millatlarning
tarixini, ularning an’analarini, tili va hokazolarini bilmaslikdan kelib chiqadi.
Milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlarning
maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa
millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vakiliga hurmat - izzat hissini
kuchaytirishdir. Chunki o‘zini hurmat qilmagan odam boshqani hurmat qilmaydi,
buning uchun esa o‘z psixologiyasini ham, o‘zgalar psixologiyasini ham bilishi
kerak. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barham berilishi mumkin. Bu narsa
millatlar psixologiyasiga ham xosdir. Ya’ni, fan jamiyatga shunday etnografik va
etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar
asosida katta guruh hisoblangan millatlar psixologiyasini ham boshqarish mumkin
bo‘lsin.
246
Fransuz psixologi G.Lebon omma va olomon psixologiyasini atroflicha
o‘rganishga harakat qilgan. XX asr boshlarida uning “Olomon, xalq psixologiyasi”
kitobi chiqdi. Kitobda u olomonga xos psixologik xususiyat va holatlarni
tasvirlaydi.
1.
Olomon hatti-haraktalarining stixiyali bo‘lishi. Bunda hatti-harakatlarni ayni
paytda hissiy holat boshqaradi. Olomon o‘ziga yoqadigan fikrnigina
eshitadi. Hatto, u bema’ni bo‘lsa ham.
2.
Olomon ichki strukturasi ma’lum tarzda shakllanmagan, vazifalar
taqsimlanmagan bo‘ladi. Natijada ta’sir kuchiga ega bo‘lganlider bo‘lmaydi.
3.
Odamlar o‘zlarida to‘planib qolgan norozilik kayfiyatini yoki energiyani
chiqarish uchun imkoniyatdan foydalanishga harakta qilishadi.
G.Lebon o‘zining asarida uyushmagan kishilar birligida inson hatti-
haraktalarining umumiy qonuniyatlarini ochishga harakat qilgan. Uning
ta’kidlashicha inson ko‘pchilik xususan, olmon ichida o‘z intellekt darajasini
tushirib yuboradi. Olomon ichida inson ancha ishonuvchan, jahldor, tajavuzkor,
sabrsiz, ahloqsiz, hatto hayvondek o‘zini tutishi mumkin deb hisoblaydi. G.Lebon
birinchilardan bo‘lib, olomon ta’sirida inson psixologiyasi va xulq-atvordagi
OLOMON
Sust
Odatiy olomon
Tasodifiy olomon
Ekspressiv
olomon
Faol
Аgressiv
olomon
Ekstatik olomon
Boʼysundiruvchi
olomon
Vaximali
olomon
247
spesifik o‘zgarishlarni o‘rgandi. Bu deindividualizatsiya – o‘z shaxsini yo‘qotish
deb nomlanadi. G.Lebon deindividualizatsiyalanish sabablarini ko‘rsatishga
harakat qilgan.
1. Deindividualizatsiyaning vaziyatli sabablari:
a) anonimlik b) emotsional qo‘zg‘aluvchanlikning yuqori darajasi v) inson
diqqatini o‘zgarishi hatti-haraktalarga emas balki atrofda sodir bo‘layotgan
narsalarga qaratilishi;
2. Yuqoridagi sabalar ta’sirida yuzaga chiqqan deindividualizatsiyani kuchayishiga
olib keluvchi ijtimoiy-psixologik holatlar:
a) guruhning yuqori faolligi b) individning ong va o‘zini boshqarish darajasini
tushib ketishi;
3. Deindividualizatsiyanin oqibati:
a) impulsiv haarkatlarning vujudga kelishi b) o‘zining hatti-harakatlarini boshqara
olmaslik v) atrofdagi insonlarning baholariga qiziqishning pasayishi g) hatti-
harakatlarni aqliy rejalashtirish va to‘g‘ri baholashga qodir bo‘lmaslik. Bularning
barchasi shaxssizlik holatiga olib keladi.
Omma kabi katta guruhda bir qator jarayonlar yuz beradi. Bu jarayoshlar
majoziy ma’noda odamdan odamga yuqib ketaveradi. Shu hodisaninng o‘zi
ommani boshqarishda va ularni boshqarishda qiyinchilik tug‘diradi. Lekin
olimlarning fikricha, bunday ko‘rinishdagi hodisalrning yuqishi shaxsnnig o‘zini
anglash darajasiga bog‘liq hisoblanadi. Quyida shu jarayonlarning ba’zilariga
to‘xtalib o‘tamiz.
Vahima shaxsning shunday holatiki, bunda u xavotir, xavsirash kuyiga
tushib qoladi. Shaxs vahimaga tushuyotgan vaziyat yuzasidan yoki ma’lumotning
ko‘pligidan yoki kamligida shunday natija kelib chiqadi. 1938 yil 30 oktyabrda
AQShning radiokallarindan birida G.Uellsning “Olamlar jangi” asari diktor
tomonidan boshidan oxirigacha o‘qib eshitirilgan. Diktor asarni o‘qishdan oldin 3
marta bu badiy asar ekanligini ogohlantirgan bo‘lsada, 1200000 odam vahimadan
psixoz holatiga tushib qolgan. Bunda ular marslliklar yerni ishg‘ol qilishadi degan
248
vahimaga tushishgan. Eng qizig‘i 400000 ga yaqin inson “shaxssan o‘z ko‘zlari
bilan marsliklarni ko‘rganliklarini” davo qilib chiqishgan.
Suggestiya bu ommada odamlarga ta’sir ko‘rsatish va o‘z fikrini o‘tkazish
bilan bog‘liq jarayosh hisoblanadi. Ta’sir qildirayotgan inson suggestor, ta’sir
qilinayotgan inson suggerend deb nomlanadi. Suggestiya shaxsning notanqidsiz
idrokki bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |